Sirojiddinova Nilufar Qodirali qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion ta’lim sharoitida maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8509.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shirbacheeva Gulchehra Shakirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.   
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.03.05.
Rasmiy opponentlar: Mamarajabova Zulfiya Norboevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Jumasheva Gulnora Habibullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion talim sharoitida maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion ta’lim sharoitida maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari   tabiatga ehtiyotkorlik va mas’uliyatni oshirishni virtual sayohat, media vositalarga asoslangan ekologik rivojlantiruvchi muhitga transformatsiyalash, bolaning foalligini innovatsion sharoitlarga moslashtirish, individuallashtirilgan ta’lim traektoriyasiga uzviyligini kompleks baholash asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish modeli ta’lim didaktikasini ekologik madaniyat elementlari va innovatsion axborot kommunikativ-aksiologik texnologiyalariga integratsiyalash, hamkorlikda mustaqil ishlash muhitini web platformalar va multimodal vositalar orqali vizuallashtirishga funksional bog‘lash asosida takomillashtirilgan;
 maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish metodikasi ta’limni ekologik simulyasiyalar bilan to‘yintirilgan mazmun bilan boyitish, amaliy faoliyatni virtual sayohat geymifikatsiya texnologiyalariga imitatsiyalash, multidissiplinar vositalarga revitalizatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
 maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish samaradorligi ekologik madaniyat elementlarini bolalarning yosh xususiyatlariga mosligini ta’minlash,   “Ilm-fan va tabiat” ni atrof-muhitga bo‘lgan munosabat, xulq-atvor va oila hamkorligida shakllantirish, sifat ko‘rsatkichlarini korreksion diagnozlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion ta’lim sharoitida maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
 innovatsion ta’lim sharoitida maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari   tabiatga ehtiyotkorlik va mas’uliyatni oshirishni virtual sayohat, media vositalarga asoslangan ekologik rivojlantiruvchi muhitga transformatsiyalash, bolaning faolligini innovatsion sharoitlarga moslashtirish, individuallashtirilgan ta’lim traektoriyasiga uzviyligini kompleks baholash asosida aniqlashtirishga oid  takliflar “Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 21-oktyabrdagi 11-05-6007/04-sonli dalolatnomasi) Natijada, tarbiyalanuvchilarini atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirishning pedagogik mazmuni rivojlantirilgan;
maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish modeli ta’lim didaktikasini ekologik madaniyat elementlari va innovatsion axborot kommunikativ-aksiologik texnologiyalariga integratsiyalash, hamkorlikda mustaqil ishlash muhitini web platformalar va multimodal vositalar orqali vizuallashtirishga funksional bog‘lash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 21-oktyabrdagi 11-05-6007/04-sonli dalolatnomasi). Natijada maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirishga innovatsion ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish samaradorligi oshgan;
maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish metodikasi ta’limni ekologik simulyasiyalar bilan to‘yintirilgan mazmun bilan boyitish, amaliy faoliyatni virtual sayohat geymifikatsiya texnologiyalariga imitatsiyalash, multidissiplinar vositalarga revitalizatsiyalash asosida takomillashtirishga  oid takliflar “Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan  (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 21-oktyabrdagi 11-05-6007/04-sonli dalolatnomasi). Natijada-maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini atrof muhitga munosabatini shakllantirishning modelini takomillashtirishga qulay sharoit yaratilgan;
maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish samaradorligi ekologik madaniyat elementlarini bolalarning yosh xususiyatlariga mosligini ta’minlash,   “Ilm-fan va tabiat” ni atrof-muhitga bo‘lgan munosabat, xulq-atvor va oila hamkorligida shakllantirish, sifat ko‘rsatkichlarini korreksion diagnozlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 21-oktyabrdagi 11-05-6007/04-sonli dalolatnomasi). Natijada-maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini atrof muhitga munosabatini shakllantirish bo‘yicha didaktik ta’minot boyitilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish