Tursunova Mashxura Avazbek qizining filologiya fanlari bo‘yicha 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida biznes diskursning struktur-semantik va kognitiv-pragmatik jihatlari” 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2994.
Ilmiy rahbar: Satimova Dilafruz Numonjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02. 
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Mamirjon Muhammedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Axmedova Mehrinigor Bahodirovna, filologiya fanlari dokroti, professor; 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida biznes diskursning struktur-semantik va kognitiv-pragmatik jihatlarini tadqiq etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon va o‘zbek tilshunosligida biznes diskursning rivojlanish tarixi, shuningdek, uning umumiy ta’rifini ochib berish barobarida biznes matn va diskursning mushtarak va farqli jihatlari tadqiq qilingan va asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida biznes diksursga doir birliklar (biznes leksema, biznes frazema) chuqur tahlil qilinib, uni tashkil etuvchi omillar, leksik-semantik tasnifi (tayanch biznes leksikasi, to‘ldiruvchi biznes leksikasi, dinamik-kontekstual biznes leksikasi) shakllantirilgan hamda mazkur diskursdagi leksik-semantik munosabatlar, xususan, sinonimiya (leksik, frazeologik, terminologik, absolyut, qisman, uslubiy neytral, uslubiy xoslangan, gradual, nogradual biznes sinonimlar), antonimiya (leksik, frazeologik, terminologik, mutlaq, nisbatli qarama-qarshi, o‘zaro bog‘langan biznes antonimlar), omonimiya (mutlaq biznes omonimlar, omofon va omograflar), polisemiya (monosemantik, polisemantik biznes birliklar) munosabatlari ochib berilgan;
    ingliz va o‘zbek tillarida biznes diskursning eng faol funksional kategoriyalari (nominalizatsiya, qo‘shma so‘zlar, murakkab tuzilmali gaplar, ko‘plik shakli, turli zamonlarning uyg‘un qo‘llanilishi, imperativlik, hurmatni ifodalovchi birliklar)ning struktural jihatlari asoslab berilgan, shuningdek, tarjima jarayonida yuzaga keluvchi translatologik muammolar ochiqlangan; 
    ingliz va o‘zbek tillarida biznes diskursning kognitiv-pragmatik jihatlari, ya’ni pragmatikaning biznes diskursda axborotni etkazish va qabul qilishdagi eng asosiy elementlari: presuppozisiya, implikatura, eksplikatura va deyksis doirasida kognitiv, kommunikativ, ijtimoiy, madaniy, kontekstual ma’nolar anglatishi, kommunikativ strategiyalar kesimida qo‘llanilishi, muloqot jarayonida til funksiyalari yordamida maqsadga yo‘naltirilishi ilmiy dalillangan va tavsiflangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida biznes diskursning struktur-semantik va kognitiv-pragmatik xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar quyidagicha joriylashtirildi:
 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida ilmiy ish natijalari amaliyotga joriy etildi. Unda tadqiqot jarayonida olib borilgan jahon va o‘zbek tilshunosligida biznes diskursning rivojlanish tarixi, biznes diskursiga umumiyta’rif, biznes matn va biznes diskursining mushtarak hamda farqli jihatlari tadqiq qilinganligi to‘g‘risidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalaridan foydalanilgan. Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy xulosalar asosida biznes diskursiga oid qiyosiy yondashuvlar elektron platforma kontentiga integratsiya qilinib, fan bo‘yicha raqamli ta’lim resurslarining ilmiy-nazariy asoslari mustahkamlandi.
ingliz va o‘zbek tili biznes diksursiga doir birliklar tahlili, leksik-semantik bo‘linishi va munosabatlari, xususan, sinonimiya, antonimiya, omonimiya, polisemiya tadqiqiga doir ilmiy xulosa va natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan davlat universiteti 2020-2022-yillarda bajarilgan FZ-20190815110 “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasining elektron ilmiy izohli matni va izohli lug‘atini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2025-yil 9-apreldagi №5110-09/04-25-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy jihatdan boyitilib, undagi diskurs leksik-semantik jihatlariga doir nazariy asoslar takomillashtirilgan; 
ingliz va o‘zbek tillarida biznes diskursning eng faol funksional kategoriyalari (nominalizatsiya, qo‘shma so‘zlar, murakkab tuzilmali gaplar, ko‘plik shakli, turli zamonlarning uyg‘un qo‘llanilishi, imperativlik)ning struktural jihatlari asoslab berilganligi, shuningdek, tarjima jarayonida yuzaga keluvchi translatologik muammolar ochiqlanganligi to‘g‘risidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi O‘zbekiston teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli radioeshittirishlarining 2025-yil mart va aprel oylari sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 21-apreldagi 05-09-515-sonli ma’lumotnomasi). Shuningdek, ilmiy-tadqiqot natijalaridan teleradiokompaniyaning ko‘plab ilmiy ommabop dasturlarini tayyorlash jarayonida manba sifatida qo‘llanildi. Natijada, biznes diskurs faol qo‘llaniladigan dasturlarni tayyorlash va tahlil qilish jarayonida mazkur tadqiqot natijalaridan foydalanish ularning ilmiy asoslanganlik darajasini oshirdi, mazmunan boyitdi hamda ushbu dasturlarning nazariy va tahliliy salmog‘ini kuchaytirdi.
ingliz va o‘zbek tillarida biznes diskursning kognitiv-pragmatik jihatlari, ya’ni pragmatikaning biznes diskursda axborotni etkazish va qabul qilishdagi eng asosiy elementlari: presuppozisiya, implikatura, eksplikatura va deyksis doirasida kognitiv, kommunikativ, ijtimoiy, madaniy, kontekstual ma’nolar anglatishi, kommunikativ strategiyalar kesimida qo‘llanilishi, muloqot jarayonida til funksiyalari yordamida maqsadga yo‘naltirilishiga doir ilmiy dalillar va tavsiflardan 2022 – 2024-yillarda Yaponiya akademik almashinuv xizmati IRCI tomonidan moliyalashtirilgan APC2C/10- sonli “Sustainable Collection of Research Data for the Protection of Intangible Cultural Heritage: Focus on Central Asia and Small Island Developing States (2022-2024 Fiscal Ear)” nomli xalqaro loyihada unumli foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi 2026-yil 14-yanvardagi 01-01/08-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida olib borilgan tadqiqotlar ilmiy jihatdan asoslanib, uning ilmiy salohiyati va natijalarining ishonchliligi yanada oshdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish