Aslonova Rushano Ilhomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim xizmatlarini geymifikatsiyalashning tashkiliy-iqtisodiy boshqaruvini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt3703.
Ilmiy rahbar: Shixiev Raxim Muxammetovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.04.12.
Rasmiy opponentlar: Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muminova Elnoraxon Abdukarimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida maktabgacha ta’lim tizimiga geymifikatsiyani joriy etish va uni samarali boshqarish bosqichlarini nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “maktabgacha ta’lim xizmatlarini geymifikatsiyalash” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim jarayonlariga o‘yin elementlari va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali bolalarning o‘quv motivatsiyasini oshirish hamda ta’lim xizmatlarining iqtisodiy samaradorligini ta’minlash jarayonini adaptiv analitika asosida individual ta’lim traektoriyalarini shakllantirish bilan uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim xizmatlarini geymifikatsiyalashning tashkiliy-iqtisodiy boshqaruvini maktabgacha ta’lim xizmatlarini geymifikatsiyalashda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) va sun’iy intellekt asosidagi smart-analitika tizimlari integratsiyasi orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
geymifikatsiyani baholashga mo‘ljallangan indikatorlar tizimi “Ishtirok darajasi” (ID=70%), “Kognitiv faollik” (KF=80%), “O‘yinli topshiriqlarni bajarish darajasi” (O‘TBD=75 ball), “Pedagoglarning raqamli kompetensiyasi” (PRK = 85 ball), “Interaktiv texnologiyalar ulushi” (ITU=80%) ko‘rsatkichlari samaradorligining maqbul darajasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
Qashqadaryo viloyatida geymifikatsiyalash asosida istiqbolli prognozlashning regressiv modeli asosida ARIMA, ko‘p omilli regressiya va ssenariy tahlil usullariga asoslangan holda 2030 yilga qadar maktabgacha ta’limda geymifikatsiya elementlarining qamrov darajasi, pedagog ehtiyoji va texnologik investisiya hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy yangiliklar amaliyotga taqdim etilgan va joriy qilingan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “maktabgacha ta’lim xizmatlarini geymifikatsiyalash” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim jarayonlariga o‘yin elementlari va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali bolalarning o‘quv motivatsiyasini oshirish hamda ta’lim xizmatlarining iqtisodiy samaradorligini ta’minlash jarayonini adaptiv analitika asosida individual ta’lim traektoriyalarini shakllantirish bilan uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirish borasidagi nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Soha iqtisodoyoti va menejmenti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘iga asosan 218-052 sonli guvohnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda ta’lim xizmatlarining iqtisodiy samaradorligini ta’minlash jarayonini adaptiv analitika asosida individual ta’lim traektoriyalarini shakllantirish bilan uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan “maktabgacha ta’lim xizmatlarini geymifikatsiyalash” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
maktabgacha ta’lim xizmatlarini geymifikatsiyalashning tashkiliy-iqtisodiy boshqaruvini maktabgacha ta’lim xizmatlarini geymifikatsiyalashda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) va sun’iy intellekt asosidagi smart-analitika tizimlari integratsiyasi orqali takomillashtirish taklifi Qashqadaryo viloyati hududiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2025 yil 3 iyuldagi 05/6-5-3965-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida DXSh va smart-analitika asosida ta’limda innovatsion boshqaruv modeli ishlab chiqilib va testdan o‘tkazilib, davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektor ishtirokida raqamli platformalar yaratilishi va smart-analitika vositalari pilot tarzda sinovdan o‘tkazilishi boshqaruvning ochiqligi, resurslardan foydalanish samaradorligi va xizmatlar sifati oshirish, pedagoglar faoliyatini shaffof baholash va real vaqtli monitoring imkoni yaratilgan;
geymifikatsiyani baholashga mo‘ljallangan indikatorlar tizimi “Ishtirok darajasi” (ID=70%), “Kognitiv faollik” (KF=80%), “O‘yinli topshiriqlarni bajarish darajasi” (O‘TBD=75 ball), “Pedagoglarning raqamli kompetensiyasi” (PRK=85 ball), “Interaktiv texnologiyalar ulushi” (ITU=80%) ko‘rsatkichlari samaradorligining maqbul darajasini ta’minlash orqali takomillashtirish taklifi Qashqadaryo viloyati hududiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2025 yil 3 iyuldagi 05/6-5-3965-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida geymifikatsiya samaradorligini raqamli ko‘rsatkichlar orqali baholash amaliyoti, ishtirok darajasi, kognitiv faollik, topshiriqlar bajarilishi, raqamli kompetensiya va texnologik vositalardan foydalanish ko‘rsatkichlari asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida samaradorlik baholash uchun indikator tizimi joriy qilinib, bu orqali bolalar ishtirokini o‘lchash, ta’lim sifatini monitoring qilish va o‘qituvchilarning faoliyatini tahlil qilish imkoniyati paydo bo‘lgan;
Qashqadaryo viloyatida geymifikatsiyalash asosida istiqbolli prognozlashning regressiv modeli asosida ARIMA, ko‘p omilli regressiya va ssenariy tahlil usullariga asoslangan holda 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan maktabgacha ta’limda geymifikatsiya elementlarining qamrov darajasi, pedagog ehtiyoji va texnologik investisiya hajmining prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi Qashqadaryo viloyati hududiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2025 yil 3 iyuldagi 05/6-5-3965-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2030 yilga qadar davrda geymifikatsiyani joriy etish bo‘yicha ARIMA va regressiv modellar asosida Qashqadaryo viloyati kesimida maktabgacha ta’limda geymifikatsiya elementlarining qamrov darajasi, pedagog ehtiyoji va texnologik investisiya hajmining prognozi asosida istiqbol ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.