Jo‘raeva Istora Baxromjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda tutgan o‘rni (Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari misolida 1991 – 2021 yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Tar1403
Ilmiy rahbar: Alimova Nargizaxon Odilovna – tarix fanlari falsafa nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.10.01.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avazbek Abdullaevich – tarix fanlari doktori, Babajanova Dilorom Babajanovna – tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991–2021 yillarda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida xotin-qizlarning tutgan o‘rnini tarixiy nuqtai nazardan o‘rganish va uning ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari xotin-qizlarining iqtisodiy sohalarda iste’molchi emas, balki ishlab chiqaruvchi kuch sifatida ishtirok etganligi manbalar, davriy matbuot va statistik materiallar tahlili asosida ochiqlanib, demografik ko‘rsatkichlar, xususan, mehnatga layoqatli ayollar soni, iqtisodiyotda band bo‘lganlariga nisbati asosida aniqlangan (jami mehnatga layoqatlilarning 66 foizi iqtisodiyotda band bo‘lib, ulardan 45 foizi xotin-qizlardan iborat edi);
mustaqillik yillarida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi maqsad va vazifa nuqtai nazaridan ikki davrga, birinchisi 1991-yildan 2016-yilgacha, unda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi ularning ijtimoiy ta’minotiga yo‘naltirilgani, ikkinchisi 2017-2021-yillar – barqaror ish bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratilgani bilan ajralib turishi isbotlangan;
1991 – 2021 yillarda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalardagi ishtiroki xorijiy davlatlar bilan qiyoslangan, masalan Yaponiya tajribasi misolida ajrimlar soni bo‘yicha solishtirilganda, turmushdan ajralganlik moddiy yordam ko‘rsatilishiga sabab bo‘la olmasligi kabi mezonlar mohiyati ochib berilgan;
1991 – 2021 yillarda xotin-qizlarning kundalik hayoti va dunyoqarashida kechgan o‘zgarishlar jumladan, jamiyat rivoji uchun katta xavf bo‘layotgan xotin-qizlar jinoyatchiligining sodir bo‘lishining mahalliy va hududiy omillar bilan bog‘liqligi xronologik ketma-ketlikda, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari kesimida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991 – 2021 yillar Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida xotin-qizlarning tutgan o‘rni masalasini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari xotin-qizlarining iqtisodiy sohalarda iste’molchi emas, balki ishlab chiqaruvchi kuch sifatida ishtirok etganligi manbalar, davriy matbuot va statistik materiallar tahlili asosida ochiqlanib, demografik ko‘rsatkichlar, xususan, mehnatga layoqatli ayollar soni, iqtisodiyotda band bo‘lganlariga nisbati asosidagi materiallardan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Tarix” bo‘limi manbalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 27-iyundagi 02-05/2612-son ma’lumotnomasi). Tadqim etilgan materiallar muzeyga tashrif buyuruvchilarda Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari xotin-qizlarining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi ishtiroki bo‘yicha bilim va tasavvurlarini yanada boyitilishiga xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi maqsad va vazifa nuqtai nazaridan ikki davrga, birinchisi 1991-yildan 2016-yilgacha, unda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi ularning ijtimoiy ta’minotiga yo‘naltirilgani, ikkinchisi 2017-2021-yillar – barqaror ish bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratilgani bilan ajralib turishiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” telaradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Dugonalar”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 12-iyundagi 05-09-896-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarda Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari xotin-qizlarining hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga doir yangi bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
1991 – 2021 yillarda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalardagi ishtiroki xorijiy davlatlar bilan qiyoslangan, masalan Yaponiya tajribasi misolida ajrimlar soni bo‘yicha solishtirilganda, turmushdan ajralganlik moddiy yordam ko‘rsatilishiga sabab bo‘la olmasligi kabi mezonlar mohiyatiga doir xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” telaradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Dugonalar”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 12-iyundagi 05-09-896-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar ko‘rsatuvlarni mazmunan boyitilishiga, teletomoshabinlarning mustaqillik yillarida xotin-qizlarning faoliyati haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
1991 – 2021 yillarda xotin-qizlarning kundalik hayoti va dunyoqarashida kechgan o‘zgarishlar jumladan, jamiyat rivoji uchun katta xavf bo‘layotgan xotin-qizlar jinoyatchiligining sodir bo‘lishining mahalliy va hududiy omillar bilan bog‘liqligi oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Jamoat Xavfsizligi departamentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida xotin-qizlar jinoyatchiligini oldini olish” doirasidagi targ‘ibotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Jamoat Xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining 2025-yil 15-sentyabrdagi 26-4275-son ma’lumotnomasi). Taqdim qilingan ma’lumotlar targ‘ibot materiallarini ilmiy jihatdan boyitilishiga va xotin-qizlar jinoyatchiligini oldini olish bo‘yicha yangi yondashuvlarni ishlab chiqilishiga xizmat qilgan.