Abdug‘aniev Otabek Allajonovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish jarayonlarini modellashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)», 08.00.06–Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1103.
Ilmiy rahbar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc.29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdugaforov Abduxalil, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish jarayonlarining ekonometrik modellarini tuzish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholini iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanganligi darajasini baholash mezoni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining aholi fiziologik ehtiyojlarini qondirish darajasi, uy xo‘jaliklari yakuniy iste’moli xarajatlari tarkibida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarga qilingan xarajatlar ulushi va daromadlar bo‘yicha aholi taqsimoti notekislik darajasi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
aholini iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash tizimining mantiqiy-tuzilmaviy modeli iqtisodiy va texnologik ko‘rsatkichlar asosida takomillashtirilgan;
aholini iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorlik dinamikasi eksponensial tekislash, Braun va Xol`t modellarining adaptatsiya parametrlarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish hajmi o‘sishining 2023 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish jarayonlarini modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholining iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini baholash mezoni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining aholi fiziologik ehtiyojlarini qondirish darajasi, uy xo‘jaliklari yakuniy iste’moli xarajatlari tarkibida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qilingan xarajatlar ulushi va daromadlar bo‘yicha aholi taqsimoti notekislik darajasi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha takliflar Surxondaryo viloyati Boysun tumanining qishloq xo‘jaligi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 26 sentyabrdagi 02/032-2624-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududda aholining iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasi aniqlangan;
aholini iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash tizimining mantiqiy-tuzilmaviy modeli iqtisodiy va texnologik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar Surxondaryo viloyatining qishloq xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 26 sentyabrdagi 02/032-2624-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi 2018 yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida fermer xo‘jaliklari soni 2017 yilga nisbatan 12 %ga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish uchun jalb etilgan texnikalar soni 10 %ga oshirilib, tumanda qo‘shimcha 285 mln. so‘m daromad qilishga erishilgan;
aholi iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorlik dinamikasini eksponensial tekislash, Braun va Xol`t modellarining adaptatsiya parametrlarini optimallashtirish bo‘yicha berilgan taklif Surxondaryo viloyatining qishloq xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 26 sentyabrdagi 02/032-2624-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligida axborot texnologiyalari va integral ko‘rsatkichlar tizimini qo‘llash imkonini kengaytirgan;
iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish hajmi o‘sishining 2023 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognozlari Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 26 sentyabrdagi 02/032-2624-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari asosida Surxondaryo viloyatida iste’mol savatiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishning 2023 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.