Muzaffarova Dilbar Mamalatif qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli platformalar orqali o‘quv jarayonlarini takomillashtirishning uslubiy jihatlari” 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4602.
Ilmiy rahbar: Bobojonov Azizjon Babaxanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.23.03
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Xusanboy Mahammadqosim o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini raqamli platformalar orqali takomillashtirishga qaratilgan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “talabaga yo‘naltirilgan platforma” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim oluvchining talab va imkoniyatlariga muvofiqlashtirilgan raqamli ta’lim muhitini shakllantirish orqali ta’lim resurslarini taqsimlash, akademik xizmatlarni personallashtirish va ta’lim natijalarining sifat hamda iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqaruv mexanizmi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
o‘quv jarayonini optimallashtirish, raqamli xizmatlardan foydalanishdagi xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy va noiqtisodiy natijalarni aniqlashga imkon beruvchi raqamli platformani joriy etishning maqsadga muvofiqligini baholashda “yuqori daraja” (0,75 < MMyu ≤ 1,0), “o‘rta daraja” (0,45 < MMo‘ ≤ 0,75) va “quyi daraja” (0 < MMq ≤ 0,45) miqdoriy mezonlari bo‘yicha afzallik shkalalaridan foydalanish taklifi asoslangan; 
raqamli platformalarni joriy etish samaradorligini baholash uchun diskontlangan ijtimoiy qiymat, “deadveight–attribution–drop-off”  koeffisientlari va vaqt tejalishi qiymatini o‘z ichiga olgan takomillashtirilgan SROI-PV modeli ishlab chiqish orqali oliy ta’limda raqamli transformatsiya investisiyalarining ijtimoiy qaytimi chegarasi (1 so‘m ≤ IQChRTI ≤ 4,5-5 so‘m) asoslangan;
O‘zbekistonda talabalarning raqamli platformadan foydalanishining trend modellari asosidagi 2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini raqamli platformalar orqali takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “talabaga yo‘naltirilgan platforma” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ta’lim oluvchining talab va imkoniyatlariga muvofiqlashtirilgan raqamli ta’lim muhitini shakllantirish orqali ta’lim resurslarini taqsimlash, akademik xizmatlarni personallashtirish va ta’lim natijalarining sifat hamda iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqaruv mexanizmi nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “IT biznes loyihasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2026-02-23 sanadagi № 55-son buyrug‘iga asosan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda ta’lim resurslarini taqsimlash, akademik xizmatlarni personallashtirish va ta’lim natijalarining sifat hamda iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqaruv mexanizmi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “talabaga yo‘naltirilgan platforma” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
o‘quv jarayonini optimallashtirish, raqamli xizmatlardan foydalanishdagi xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy va noiqtisodiy natijalarni aniqlashga imkon beruvchi raqamli platformani joriy etishning maqsadga muvofiqligini baholashda “yuqori daraja” (0,75 < MMyu ≤ 1,0), “o‘rta daraja” (0,45 < MMo‘ ≤ 0,75) va “quyi daraja” (0 < MMq ≤ 0,45) miqdoriy mezonlari bo‘yicha afzallik shkalalaridan foydalanish taklifi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 09-apreldagi № 02/01-01-233-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Alfraganus universiteti talabalarning raqamli profil to‘ldirish darajasi 64% dan 91% gacha oshgan, mentorlik uchrashuvlari qayd etilish aniqligi 48% dan 85% gacha ko‘tarilgan, ma’lumotlar takroriyligi 23% ga kamaygan, akademik monitoring aniqligi 34% ga ortib, real vaqtli boshqaruv va dalillarga asoslangan qaror qabul qilish mexanizmi shakllangan;
raqamli platformalarni joriy etish samaradorligini baholash uchun diskontlangan ijtimoiy qiymat, “deadweight–attribution–drop-off”  koeffisientlari va vaqt tejalishi qiymatini o‘z ichiga olgan takomillashtirilgan SROI-PV modeli ishlab chiqish orqali oliy ta’limda raqamli transformatsiya investisiyalarining ijtimoiy qaytimi chegarasi (1 so‘m ≤ IQChRTI ≤ 4,5-5 so‘m)ni asoslash taklifi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 09-apreldagi № 02/01-01-233-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida SROI-PV modelini qo‘llash orqali raqamli investisiyalarning ijtimoiy qaytimi empirik jihatdan aniqlanib, har bir sarflangan 1 so‘m investisiya evaziga 4,5-5 so‘m ijtimoiy qiymat yaratilishi ilmiy asoslangan holda tasdiqlangan;
O‘zbekistonda talabalarning raqamli platformadan foydalanishining trend modellari asosida ishlab chiqilgan 2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 09-apreldagi № 02/01-01-233-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarida raqamli platformalar orqali o‘quv jarayonlarini takomillashtirishning istiqboldagi asosiy parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish