Shalankova Ol`ga Evgenevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya haqida e’lon

I. Umumiy  ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ortiqcha vazn va semizligi bor homilador ayollarda preeklampsiyani bashorat qilish”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzu ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3. PhD/Tib6203.
Ilmiy rahbar: Babadjanova Shahida Dadajanovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD 06/2025.27.12. Tib.21.01.
Rasmiy opponentlar: Asrankulova Dilorom Baxtiyarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Smailova Lazat Kenjebekovna, tibbiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ortiqcha vaznli va semizligi bor ayollarda preeklampsiyani oldindan bashorat qilishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlarda tana vazni indeksi 25 kg/m² va undan yuqori bo‘lishining preeklampsiya xavfini 3,4 barobarga oshiruvchi patogenetik ahamiyati dalillangan hamda mazkur ko‘rsatkich muddatidan oldin tug‘ruq va noqulay perinatal natijalarni erta bashorat qilishning mustaqil prediktori ekanligi isbotlangan;
semizligi bo‘lgan homiladorlar qon zardobida adiponektin defisiti va leptin miqdorining patologik ortishi (nisbati 5 dan yuqori) preeklampsiya rivojlanishini tezlashtiruvchi trigger ekanligi ochib berilgan va mazkur adipokinlar disbalansining tizimli endotelial disfunksiyani keltirib chiqaruvchi asosiy molekulyar mexanizmi isbotlangan;
homiladorlikning I trimestrida adiponektin va leptin darajasidagi disbalansni aniqlash orqali preeklampsiyani doklinik bosqichda verifikatsiya qilish imkoniyatlari isbotlangan va yuqori xavf guruhidagi ayollarni erta skrining qilishning diagnostik qiymati ilmiy asoslangan;
preeklampsiyaning og‘ir shakllarini bashorat qilishda tana vazni indeksi va adipokinlarning diagnostik chegaraviy qiymatlari (leptin ≥ 28 ng/ml, adiponektin ≤ 7 mkg/ml, leptin/adiponektin ≥ 5) aniqlangan hamda ushbu markerlarning profilaktik choralar vaqtini optimallashtirishdagi prognostik ahamiyati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ortiqcha vazn va semizligi bor homilador ayollarda preeklampsiyani bashorat qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiliklari (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 12 fevraldaga 30/13 son xulosasi)ga ko‘ra.
birinchi ilmiy yangilik: homiladorlarda tana vazni indeksi 25 kg/m² va undan yuqori bo‘lishining preeklampsiya xavfini 3,4 barobarga oshiruvchi patogenetik ahamiyati dalillangan hamda mazkur ko‘rsatkich muddatidan oldin tug‘ruq va noqulay perinatal natijalarni erta bashorat qilishning mustaqil prediktori ekanligi isbotlangan. olingan natijalar metabolik buzilishlari bo‘lgan homiladorlarda preeklampsiyani erta bashoratlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar mazmuniga kiritildi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini muhofaza qilish ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon va Namangan filiallari akusherlik statsionarlari klinik amaliyotiga tegishli buyruq va joriy etish dalolatnomalari (Andijon filiali — 08.07.2025 yildagi 475-sonli bayonnoma; Namangan filiali — 09.07.2025 yildagi 176-sonli bayonnoma) asosida tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: metabolik buzilishlari bo‘lgan homilador ayollarni olib borish yondashuvlarini standartlashtirish, preeklampsiyaning og‘ir shakllari chastotasini kamaytirish, onalik va perinatal salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: intensiv davolash va muddatidan oldin tug‘dirish xarajatlarini kamaytirish bilan ifodalanadi; algoritmni qo‘llash bevosita tibbiy xarajatlarni kamida 30% ga kamaytirish imkonini berdi, bu yuqori xavf guruhidagi har bir bemor uchun o‘rtacha 18–20 million so‘mni tejashga to‘g‘ri keladi. Xulosa: taklif etilgan klinik-laborator bashoratlash algoritmi preeklampsiya xavfi yuqori bo‘lgan homiladorlarni erta aniqlash, og‘ir asoratlar chastotasini kamaytirish va tibbiy xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: semizligi bo‘lgan homiladorlar qon zardobida adiponektin defisiti va leptin miqdorining patologik ortishi (nisbati 5 dan yuqori) preeklampsiya rivojlanishini tezlashtiruvchi trigger ekanligi ochib berilgan va mazkur adipokinlar disbalansining tizimli endotelial disfunksiyani keltirib chiqaruvchi asosiy molekulyar mexanizmi isbotlangan. Ushbu qoida akusherlik statsionarlari va ayollar maslahatxonalarida semizlikka chalingan homiladorlarni olib borish algoritmlariga kiritilgan bo‘lib, bu joriy etish dalolatnomalari bilan tasdiqlangan (Andijon filiali – 2025 yil 8 iyuldagi 475-sonli bayonnoma; Namangan filiali – 2025 yil 9 iyuldagi 176-sonli bayonnoma). Ijtimoiy samaradorligi: semiz bemorlarga nisbatan shifokorlarning e’tiborini oshirish, dispanser kuzatuvini takomillashtirish va preeklampsiyani kech tashxislash holatlarini kamaytirish bilan namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: shoshilinch kasalxonaga yotqizish va asoratli tug‘ruqlar sonining kamayishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu bitta bemorni davolash uchun o‘rtacha xarajatlarni 15–20% ga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: taklif etilgan yondashuv semizligi bo‘lgan homiladorlarda adipokinlar disbalansini erta aniqlash, preeklampsiyani kech tashxislash holatlarini kamaytirish va bemorni davolash xarajatlarini o‘rtacha 15–20% ga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: homiladorlikning I trimestrida adiponektin va leptin darajasidagi disbalansni aniqlash orqali preeklampsiyani doklinik bosqichda verifikatsiya qilish imkoniyatlari isbotlangan va yuqori xavf guruhidagi ayollarni erta skrining qilishning diagnostik qiymati ilmiy asoslangan. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini muhofaza qilish ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallarining akusherlik statsionarlarida xavfni klinik-laborator baholash algoritmi tarkibida amaliyotga joriy etilgan (Andijon filiali – 2025 yil 8 iyuldagi 475-sonli bayonnoma; Namangan filiali – 2025 yil 9 iyuldagi 176-sonli bayonnoma). Ijtimoiy samaradorligi: erta prognozlash aniqligini oshirish va og‘ir onalik hamda perinatal asoratlar chastotasini kamaytirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: preeklampsiyaning og‘ir shakllarini davolash xarajatlarini kamaytirish va statsionar davolanish muddatini qisqartirish bilan bog‘liq bo‘lib, bu asoratlar xavfi yuqori bo‘lgan har bir bemor uchun 25 million so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: taklif etilgan erta skrining yondashuvi homiladorlikning I trimestrida preeklampsiya xavfini doklinik bosqichda aniqlash, og‘ir onalik va perinatal asoratlarni kamaytirish hamda yuqori xavfli har bir bemor uchun 25 million so‘mgacha mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: preeklampsiyaning og‘ir shakllarini bashorat qilishda tana vazni indeksi va adipokinlarning diagnostik chegaraviy qiymatlari (leptin ≥ 28 ng/ml, adiponektin ≤ 7 mkg/ml, leptin/adiponektin ≥ 5) aniqlangan hamda ushbu markerlarning profilaktik choralar vaqtini optimallashtirishdagi prognostik ahamiyati dalillangan. Mazkur qoidalar akusherlik statsionarlarining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Andijon filiali – 2025 yil 8 iyuldagi 475-sonli bayonnoma; Namangan filiali – 2025 yil 9 iyuldagi 176-sonli bayonnoma) va preeklampsiyani kuzatish hamda uning profilaktikasi taktikasiga oid qarorlar qabul qilishda qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy samaradorligi: metabolik buzilishlari bo‘lgan homilador ayollarni olib borish yondashuvlarini standartlashtirish, preeklampsiyaning og‘ir shakllari chastotasini kamaytirish, onalik va perinatal salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: intensiv davolash va muddatidan oldin tug‘dirish xarajatlarini kamaytirish bilan ifodalanadi; algoritmni qo‘llash bevosita tibbiy xarajatlarni kamida 30% ga kamaytirish imkonini berdi, bu yuqori xavf guruhidagi har bir bemor uchun o‘rtacha 18–20 million so‘mni tejashga to‘g‘ri keladi. Xulosa: taklif etilgan diagnostik chegaraviy mezonlar preeklampsiyaning og‘ir shakllarini erta bashoratlash, profilaktik choralar vaqtini optimallashtirish va yuqori xavf guruhidagi har bir bemor uchun o‘rtacha 18–20 million so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish