O‘ljabaev Javlonbek Abdug‘ani o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tug‘ruq jarayonidagi ayollarda intraoperatsion gemostaziologik asoratlarning molekulyar-genetik xavf omillari xususiyatlari” 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5069.
Ilmiy rahbar: Axmadjonova Gulnoza Murodovna tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD PhD.06/2025.27.12.Tib.21.01.
Rasmiy opponentlar: Kudryavseva Elena Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Suyarkulova Madxiya Erkinovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya). 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II . Tadqiqotning maqsadi Kesarcha kesish amaliyotida gemostaziologik asoratlar rivojlanish xavfini oshirishga olib keluvchi gemostaz tizimi faoliyatining xususiyatlarini o‘rganish hamda uning boshqarilishida ishtirok etuvchi genlarning polimorf variantlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
abdominal tug‘ruq amaliyoti rejalashtirilgan homiladorlarda gemostaz tizimi buzilishlarining etnogenetik xususiyatlari ITGA-2 va SERPINE1 genlari polimorfizmi hamda fibrinogen va D-dimer ko‘rsatkichlarining o‘zaro mutanosibligi asosida ochib berilgan bo‘lib, mazkur molekulyar va biokimyoviy markerlarning patologik bog‘liqligi tizimli gemostatik disbalansni keltirib chiqaruvchi determinant sifatida isbotlangan;
reproduktiv yoshdagi ayollarda gemostaz va qon tomir devori funksional holatiga mas’ul bo‘lgan FGB (G-455A), ITGA-2 (C807T) va PAI-1 (5G/4G) genlarining noqulay allel va genotiplari tarqalish chastotasi aniqlanib, mutant genotiplarning (A/A va T/T) gestatsion jarayondagi gemorragik asoratlar uchun irsiy moyillik omili ekanligi aniqlangan;
homiladorlik va tug‘ruq jarayonida gemostaz tizimidagi yashirin genetik nuqsonlarning klinik ahamiyati aniqlanib, molekulyar-genetik skrining natijalari kesarcha kesish amaliyoti davridagi asoratlarni erta verifikatsiya qilish va yuqori xavf guruhini shakllantirish imkonini beruvchi diagnostik ko‘rsatkich sifatida asoslangan;
SERPINE1 va ITGA-2 genetik markerlarining gemorragik asoratlar xavfini bashorat qilishdagi prognostik ahamiyati (AUC > 0,60) aniqlangan hamda jarrohlik taktikasini individualizatsiyalashning patogenetik asoslari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tug‘ruq jarayonidagi ayollarda intraoperatsion gemostaziologik asoratlarning molekulyar-genetik xavf omillari xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash 2025 yil 7 oktyabrdagi 26/24 son xulosasi)ga ko‘ra.
birinchi ilmiy yangilik: abdominal tug‘ruq amaliyoti rejalashtirilgan homiladorlarda gemostaz tizimi buzilishlarining etnogenetik xususiyatlari ITGA-2 va SERPINE1 genlari polimorfizmi hamda fibrinogen va D-dimer ko‘rsatkichlarining o‘zaro mutanosibligi asosida ochib berilgan bo‘lib, mazkur molekulyar va biokimyoviy markerlarning patologik bog‘liqligi tizimli gemostatik disbalansni keltirib chiqaruvchi determinant sifatida isbotlangan. Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 24 dekabrdagi 61-91/u-son xulosasi bilan tasdiqlangan “Tug‘ruq holatidagi ayollarda operatsiya ichi gemostatik asoratlar uchun molekulyar genetik xavf omillari” uslubiy tavsiyanomasida foydalanilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filialining 2024 yil 12 maydagi 24-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyati filialining 2024 yil 12 maydagi 24-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: homiladorlarda abdominal tug‘ruq bosqichlarida gemostaz buzilishlari va akusherlik asoratlari sonini kamaytirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: gemostaz tizimi buzilishi bo‘lgan bir nafar ayolni to‘liq genlar polimorfizmiga tikshirish 1312500 so‘mni tashkil etadi. SERPINE1 va ITGA-2 genlarini tekshirish 248400 so‘mgacha mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: taklif etilgan usul tadqiqot ko‘lamiga ko‘ra (n=80) 19872000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: reproduktiv yoshdagi ayollarda gemostaz va qon tomir devori funksional holatiga mas’ul bo‘lgan FGB (G-455A), ITGA-2 (C807T) va PAI-1 (5G/4G) genlarining noqulay allel va genotiplari tarqalish chastotasi aniqlanib, mutant genotiplarning (A/A va T/T) gestatsion jarayondagi gemorragik asoratlar uchun irsiy moyillik omili ekanligi aniqlangan. Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 24 dekabrdagi 61-91/u-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tug‘ruq holatidagi ayollarda operatsiya ichi gemostatik asoratlar uchun molekulyar genetik xavf omillari” uslubiy qo‘llanmasiga kiritilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filialining 2024 yil 12 maydagi 24-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyati filialining 2024 yil 12 maydagi 24-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi homiladorlarda abdominal tug‘ruq bosqichlarida gemostaz buzilishlari va akusherlik qon ketishining oldini olishning erta prediktorlarini aniqlashga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: gemostaz tizimi buzilishini oldini olishda tekshiruv olib borish bir nafar ayolda 1650000 so‘m mablag‘ sarf qilinishin talab etadi. Xulosa: qon ketish prediktorlarini erta aniqlash usuli tadqiqot ko‘lamiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 372600 so‘mni tadqiqot qo‘lamida esa (n=80) 29808000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: homiladorlik va tug‘ruq jarayonida gemostaz tizimidagi yashirin genetik nuqsonlarning klinik ahamiyati aniqlanib, molekulyar-genetik skrining natijalari kesarcha kesish amaliyoti davridagi asoratlarni erta verifikatsiya qilish va yuqori xavf guruhini shakllantirish imkonini beruvchi diagnostik ko‘rsatkich sifatida asoslangan. Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 24 dekabrdagi 61-91/u-son xulosasi bilan tasdiqlangan “Tug‘ruq holatidagi ayollarda operatsiya ichi gemostatik asoratlar uchun molekulyar genetik xavf omillari” uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filialining 2024 yil 12 maydagi 24-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyati filialining 2024 yil 12 maydagi 24-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi gemostaz buzilishlarini tug‘ruqdan oldingi bo‘lmagan bosqichda o‘z vaqtida aniqlashga va kasalxonada bo‘lish muddatini qisqartirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: gemostaz tizimi buzilishi bo‘lgan bir nafar ayolni qon ketish bilan statsionarda 1 kunlik davo muddati 3650000 so‘m mablag‘ sarf qilinishin talab etadi. Xulosa: taklif etilgan usul tadqiqot ko‘lamiga ko‘ra shifohonada bo‘lish vaqtini 3 kunga qisqartirishi 1 nafar bemor uchun 2760000 so‘mni tadqiqot qo‘lamida esa (n=80) 220800000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: SERPINE1 va ITGA-2 genetik markerlarining gemorragik asoratlar xavfini bashorat qilishdagi prognostik ahamiyati (AUC > 0,60) aniqlangan hamda jarrohlik taktikasini individualizatsiyalashning patogenetik asoslari dalillangan. Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 24 dekabrdagi 61-91/u-sonli “Tug‘ruq holatidagi ayollarda operatsiya ichi gemostatik asoratlar uchun molekulyar genetik xavf omillari” uslubiy tavsiyanomasida o‘z aksini topgan. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filialining 2024 yil 12 maydagi 24-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyati filialining 2024 yil 12 maydagi 24-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi akusherlik qon ketish xavfini bashorat qilish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: gemostaz tizimi buzilishida bo‘lgan bir nafar ayolni qon ketishida dori vositalari xarajatlari 650000 so‘m mablag‘ sarf qilinishini talab etadi. Xulosa: taklif etilgan usul tadqiqot ko‘lamiga ko‘ra akusherlik qon ketishlarini oldini olish uchun dori-darmon xarajatlarini kamaytirish hisobiga 41400 so‘m mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan va bir nafar bemor uchun tadqiqot qo‘lamida (n=80) 33120000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish