Safarov Muxammad Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizza bo‘g‘imi butsimon bog‘lamlari bir bosqichli autoplastikasi», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4321.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06.2025.27.12.Tib.19.01.
Rasmiy opponentlar:  Akramov Voxidjon Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kadirov Iftixor Muradjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oldingi va orqa butsimon bog‘lamlarning kam jarohatli bir bosqichli autoplastikasini takomillashtirish orqali tizza bo‘g‘imining ikkala butsimon bog‘lamlari uzilgan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oldingi va orqa butsimon bog‘lamlarni tiklash uchun Xamstring paylaridan suyak usti pardasi komponentini qo‘shgan holda autotransplantat olish usuli ishlab chiqilgan, bunda qo‘shimcha donor autotransplantatidan foydalanish zaruriyatining yo‘qolishi, paydan kerakli uzunlikni belgilab olish va umumiy jarrohlik shikastlanishini kamaytirishi isbotlangan;
suyak kanallarini shakllantirish ketma-ketligi asosida Xamstring transplantatlarini fiksatsiya qilish orqali oldingi va orqa butsimon bog‘lamlarni rekonstruksiya qilishning kam shikastli bir bosqichli usuli takomillashtirilgan;
osteoporotik o‘zgarishlari bo‘lgan bemorlarda suyak to‘qimasining mineral zichligi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida ikkala butsimon bog‘lamlarning bir vaqtning o‘zida autoplastikasini bajarishga ko‘rsatmalar asoslangan;
instrumental va artroskopik ma’lumotlarga asoslangan holda ikkala butsimon bog‘lamlar uzilishi diagnostikasi optimallashtirilgan, natijalarga ko‘ra bemorlarga davolash taktikasini belgilash va natijalarni bashorat qilish imkoniyati yaratilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish. 
Ilmiy ishlanmani boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 16 fevraldagi 3-son xulosasiga asosan:
birinchi ilmiy yangilik: oldingi va orqa butsimon bog‘lamlarni tiklash uchun Xamstring paylaridan suyak usti pardasi komponentini qo‘shgan holda autotransplantat olish usuli ishlab chiqilgan, bunda qo‘shimcha donor autotransplantatidan foydalanish zaruriyatining yo‘qolishi, paydan kerakli uzunlikni belgilab olish va umumiy jarrohlik shikastlanishini kamaytirishi isbotlangan. Usul donor zonasidan yanada oqilona foydalanish, jarrohlik bosqichlari sonini qisqartirish va donorlik asoratlari xavfini kamaytirish imkonini berdi, bu esa operatsiyadan keyingi kechish va davolashning funksional natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (17.07.2025 yildagi 206-son dalolatnoma) va Buxoro ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Travmatologiya va ortopediya bo‘limi (17.07.2025 yildagi 143-son dalolatnoma) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi:  optimallashtirilgan autotransplantat olish usulidan foydalanish qo‘shimcha donorlik aralashuvisiz etarli uzunlikdagi va sifatli transplantat olishni ta’minlaydi. Bu jarrohlik shikastlanishini kamaytiradi, donorlik sohasidagi og‘riq sindromining og‘irligini kamaytiradi va operatsiyadan keyingi erta davrda bemorlarning tiklanishini tezlashtiradi. Natijada, operatsiyaga chidamlilik oshadi va tizza bo‘g‘imi funksiyasining sub’ektiv va ob’ektiv ko‘rsatkichlari yaxshilanadi. Iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlik qo‘shimcha donorlik autotransplantatidan foydalanishni rad etish va jarrohlik aralashuvi vaqtini o‘rtacha 40-50 daqiqaga qisqartirish bilan bog‘liq. Bu xarajat materiallari va anesteziologik ta’minot xarajatlarini 720000 so‘mga kamaytirish, shuningdek, operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantirish va donorlik asoratlarini davolash xarajatlarini taxminan 430000 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: Suyak usti qismi komponentini o‘z ichiga olgan autotransplantatni olish usulini optimallashtirish qo‘shimcha donor materialisiz kerakli uzunlikdagi va sifatli transplantatni olishni ta’minlaydi. Ushbu usulning joriy etilishi davolash samaradorligini oshiradi va ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: suyak kanallarini shakllantirish ketma-ketligi asosida Xamstring transplantatlarini fiksatsiya qilish orqali oldingi va orqa butsimon bog‘lamlarni rekonstruksiya qilishning kam shikastli bir bosqichli usuli takomillashtirilgan. Suyak kanallarini shakllantirishning tartibga solingan ketma-ketligi va transplantatlarning standartlashtirilgan tortish burchaklaridan foydalanish tizza bo‘g‘imining qayta tiklanadigan biomexanikasini va texnik xatolar xavfini kamaytirishni ta’minladi. Ushbu usulni qo‘llash an’anaviy ikki bosqichli davolash usullariga nisbatan klinik va funksional ko‘rsatkichlarni yaxshilash, reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish va oyoq-qo‘llarning tayanch qobiliyatini erta tiklanishini ta’minlash imkonini bergan. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (17.07.2025 yildagi 206-son dalolatnoma) va Buxoro ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Travmatologiya va ortopediya bo‘limi (17.07.2025 yildagi 143-son dalolatnoma) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi. Oldingi va orqa butsimon bog‘lamlarni rekonstruksiya qilishning ishlab chiqilgan bir bosqichli kam jaroxatli usuli bitta jarrohlik aralashuvi bilan tizza bo‘g‘imining stabilliligini tiklash imkonini beradi. Bu bemorga tushadigan ruhiy-emotsional yuklamani kamaytiradi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davrini qisqartiradi, kundalik va kasbiy faoliyatga qaytishni tezlashtiradi. Operatsiya bosqichlarini standartlashtirish, ijobiy funksional natijalarni ta’minlaydi va bemorlarning davolanishdan qoniqishini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi. Oldingi va orqa butsimon bog‘lamlarni bir bosqichli rekonstruksiya qilish usulini qo‘llash takroriy kasalxonaga yotqizish va ikkinchi jarrohlik aralashuvini istisno qilish imkonini berdi. Bu statsionar davolanish xarajatlarini (o‘rtacha 6 yotoq kuni - 2028000 so‘m), shuningdek, takroriy operatsiya va anesteziya xarajatlarini taxminan 3500000 so‘mga tejashni ta’minladi. Xulosa: Ishlab chiqilgan oldingi va orqa butsimon bog‘lamlarni rekonstruksiya qilishning bir bosqichli kam jaroxatli usulini qo‘llash bitta jarrohlik aralashuvi davomida tizza bo‘g‘imining stabilliligini tiklashni ta’minlaydi. Bu usul klinik-funksional natijalarni yaxshilash, davolash muddatlarini qisqartirish va har bir bemor uchun o‘rtacha 5500000 so‘mgacha sog‘liqni saqlash mablag‘larini tejash imkonini beradi..
uchinchi ilmiy yangilik: osteoporotik o‘zgarishlari bo‘lgan bemorlarda suyak to‘qimasining mineral zichligi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida ikkala butsimon bog‘lamlarning bir vaqtning o‘zida autoplastikasini bajarishga ko‘rsatmalar asoslangan. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (17.07.2025 yildagi 206-son dalolatnoma) va Buxoro ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Travmatologiya va ortopediya bo‘limi (17.07.2025 yildagi 143-son dalolatnoma) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi. Suyak to‘qimasining mineral zichligini baholash va jarrohlik aralashuvlarining bosqichma-bosqichligini asoslash osteoporotik o‘zgarishlari bo‘lgan bemorlarda transplantatni fiksatsiya qilishning muvaffaqiyatsizligi va operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishga imkon beradi. Bu takroriy operatsiyalar ehtimolini. Iqtisodiy samaradorligi. Suyak to‘qimasining mineral zichligini hisobga olish va jarrohlik davolashning bosqichma-bosqichligini asoslash fiksatsion asoratlar va transplantat etishmovchiligi chastotasini kamaytirishga imkon berdi. Takroriy operatsiyalar va uzoq muddatli tiklovchi davolashning oldini olish takroriy kasalxonaga yotqizish, dori-darmonlar bilan davolash va reabilitatsiya xarajatlarini o‘z ichiga olgan holda har bir bemor uchun 8200000 so‘m miqdorida mablag‘larni tejashni ta’minladi. Xulosa: Har ikkala butsimon bog‘lamlar uzilishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashni rejalashtirishda suyak to‘qimasining mineral zichligini hisobga olish jarrohlik aralashuvlarining bosqichma-bosqichligini oqilona aniqlash imkonini beradi. Bu fiksatsiya asoratlari xavfini kamaytiradi, rekonstruksiya ishonchliligini oshiradi va takroriy operatsiyalarning oldini olish orqali iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: instrumental va artroskopik ma’lumotlarga asoslangan holda ikkala butsimon bog‘lamlar uzilishi diagnostikasi optimallashtirilgan, natijalarga ko‘ra bemorlarga davolash taktikasini belgilash va natijalarni bashorat qilish imkoniyati yaratilishi isbotlangan. Bog‘lam apparati, suyak tuzilmalari va suyak to‘qimasining mineral zichligi holatini kompleks baholashga asoslangan algoritmdan foydalanish differensial diagnostikada noaniqlikni kamaytirish va bemorlarni nostabillik darajasi va fiksatsion asoratlar xavfi bo‘yicha ob’ektiv guruxlash imkonini bergan. Ishlab chiqilgan algoritm asosida oldingi va orqa butsimon bog‘lamlarning bir yoki ikki bosqichli autoplastikasini asosli tanlash, shuningdek, bemorning individual anatomik va funksional xususiyatlarini hisobga olgan holda davolashning yaqin va uzoq muddatli natijalarini bashorat qilish imkoniyati yaratilgan. Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (17.07.2025 yildagi 206-son dalolatnoma) va Buxoro ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Travmatologiya va ortopediya bo‘limi (17.07.2025 yildagi 143-son dalolatnoma) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kompleks davolash-diagnostik algoritmni joriy etish tizza bo‘g‘imining ikkala butsimon bog‘lamlari uzilgan bemorlarni ob’ektiv tabaqalashtirishni ta’minlaydi va jarrohlik taktikasini individuallashtirish imkonini beradi. Bu diagnostik xatolar chastotasining pasayishiga, asossiz takroriy jarrohlik aralashuvlar sonining kamayishiga va davolashning funksional natijalarining yaxshilanishiga olib keladi. Algoritmni qo‘llash oyoq-qo‘llarning tayanch qobiliyatini erta tiklashga, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatlarini qisqartirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi. ishlab chiqilgan algoritmning iqtisodiy samaradorligi diagnostik xatolar va takroriy jarrohlik aralashuvlar sonini kamaytirish orqali erishiladi. Operatsiyadan oldingi tekshiruvni optimallashtirish va davolash taktikasini oqilona tanlash kasalxonada davolanishning o‘rtacha davomiyligini 9 kundan 6 kungacha qisqartirish imkonini berdi, bu esa 1014000 so‘mni tejashni ta’minladi (bitta yotoq kunining narxi 338000 so‘m). Takroriy operatsiyalar sonining kamayishi har bir bemor uchun o‘rtacha 1850000 so‘mni tejash imkonini berdi. Xulosa: Ishlab chiqilgan kompleks davolash va diagnostika algoritmi ikkala butsimon bog‘lamlar uzilishida tizza bo‘g‘imining holatini ob’ektiv baholash va optimal jarrohlik taktikasini asosli tanlash imkonini beradi. Uni qo‘llash davolashning funksional natijalarini yaxshilashga, takroriy aralashuvlar chastotasini kamaytirishga yordam beradi va har bir bemor uchun o‘rtacha 2860000 so‘mgacha moliyaviy mablag‘larni tejashni ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish