Egamberdiev Shuxrat Satimbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat tarmoqlarida mahalliylashtirishdan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish», 08.00.03–«Sanoat iqtisodiyoti» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2018.1.PhD/Iqt.280.
Ilmiy rahbar: Rasulov To‘lqin Sattarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, DSc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Iminov Odil Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muratova Shoxista Nimatullaevna, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat tarmoqlarida mahalliylashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliylashtirishning funksional jihatlarini ifodalovchi tuzilmaviy modeli davlatga tashqi omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish, xususan importyor davlatlarga tobe bo‘lishning oldini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni soliq va bojxona imtiyozlari orqali rag‘batlantirish, investorga patent va lisenziya berish tizimini soddalashtirgan holda mamlakat investision jozibadorligini oshirish usullari asosida takomillashtirilgan;
mahalliylashtirishni aks ettiruvchi davlat investisiya dasturida sanoat tarmoqlariga yo‘naltirilgan investisiya loyihalarining mulkka nisbatan egalik huquqi va tarif siyosati mezonlari asosida investisiya oqimini mahalliylashtirish jarayoniga yo‘naltiruvchi mexanizm taklif etilgan;
mahalliylashtirishning hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini aniqlashda investisiya, aholi bandligi, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish, mahsulot eksporti hajmining o‘zgarishi asosida sinergiya samarasini indeksli usulda hisoblash taklif etilgan;
sanoat korxonalari va ta’lim muassasalarining innovatsion korporativ hamkorlik aloqasini tashkil etish asosida mahalliylashtirish darajasini oshiruvchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizm takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sanoat tarmoqlarida mahalliylashtirishdan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliylashtirishning funksional jihatlarini ifodalovchi, davlatga tashqi omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish, xususan importyor davlatlarga tobe bo‘lishning oldini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni soliq va bojxona imtiyozlari orqali rag‘batlantirish, investorga patent va lisenziya berish tizimini soddalashtirgan holda mamlakat investision jozibadorligini oshirish usullari asosida takomillashtirilgan tuzilmaviy modeli O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi” to‘g‘risida 2019 yilga mo‘ljallangan maqsadli dasturlar qabul qilish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 5 sentyabrdagi BU-6-3-1/20-16-son hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2018 yil 26 dekabrdagi 11/JU-16-13895-son ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy yangilik mahalliylashtirish dasturlarini qabul qilish import o‘rnini bosuvchi va esportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish salohiyatini 103,2 fioizga oshirish imkonini bergan.
mahalliylashtirishni o‘zida aks ettiruvchi davlat investisiya dasturida sanoat tarmoqlariga yo‘naltirilgan investisiya loyihalarini mulkka nisbatan egalik huquqi va tarif siyosati mezonlari asosida investisiya oqimini mahalliylashtirish jarayoniga yo‘naltiruvchi mexanizm O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligining eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, mahalliylashtirishni oshirish hisobiga importni kamaytirish faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 5 sentyabrdagi BU-6-3-1/20-16-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik mahalliylashtirishni aks ettiruvchi investisiya dasturini qabul qilishga asos bo‘lgan.
mahalliylashtirishning hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga investisiya, aholi bandligi, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish, mahsulot eksporti hajmini o‘zgarishi asosida sinergiya samarasini aniqlovchi indeksli usul O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligining sanoat korxonalarini samarali joylashtirish hamda hududlar tabiiy va iqtisodiy resurslaridan oqilona foydalanishda qo‘llanilgan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 8 oktyabrdagi 6-mb-son qarorining 20-ilovasi bilan tasdiqlangan «3-sanoat shakli» (choraklik) «Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish to‘g‘risida xisoboti» asosida shakllangan ko‘rsatkichlarni samarasini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 5 sentyabrdagi BU-6-3-1/20-16-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2019 yil 22 maydagi 01/1-10-15/2-255-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy etilishi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni iqtisodiy rivojlanish indikatorlariga ta’sirini baholash orqali umumiy samarani hisoblash uslubiga asosan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish asosida hududlar iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalarini tahlil etish aniiligini oshirgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi kichik biznes sub’ektlarining mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 102,4 foizga oshirishga erishilgan;
sanoat korxonalari va ta’lim muassasalarining innovatsion korporativ hamkorlik aloqasini tashkil etish asosida mahalliylashtirish darajasini oshiruvchi takomillashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 5 sentyabrdagi BU-6-3-1/20-16-son hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2018 yil 26 dekabrdagi 11/JU-16-13895-son ma’lumotnomalari). Bu ilmiy yangilikning joriy etilishi, avtosanoat korxonalarida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish xajmini 104,5 foizga oshirishga imkon bergan.