Rajabova Muxayyo Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxslararo faollikni rivojlantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1168.
Ilmiy rahbar: Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Ganjiev Feruz Furqatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent, Haydarov Shahriyor Shuxrat o‘g‘li, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxslararo faollikni rivojlantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilaviy emotsional iqlim va bolaning ijtimoiy faolligi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, “prosotsial xulq-atvor”ning “xavotir” va “tortinchoqlik” bilan manfiy, “antisotsial xulq-atvor”ning esa “oiladagi nizolar” hamda “oilada bolaning rad etilishi” bilan ijobiy bog‘langanligi asosida, maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxslararo faollikning rivojlanishi emotsional xavfsizlik, ijtimoiy ishonch, oilaviy qabul va nizosiz muloqot muhiti bilan belgilanadigan ustuvor ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi dalillanga;
hissiy holatlar va ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion munosabatlar natijasida “prosotsial xulq-atvor”ning “bog‘liqlik, ishonchsizlik” hamda “yolg‘izlikka intilish” bilan manfiy, “optimizm” bilan ijobiy, “antisotsial xulq-atvor”ning esa “agressiya” va “xavotirlanish” bilan ijobiy bog‘langanligi aniqlanib, maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxslararo faollikning rivojlanishi ichki ishonch, ijobiy hissiy fon, jamoaga yaqinlashuv ehtiyoji va emotsional barqarorlik bilan belgilanadigan muhim ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi asoslangan;
oilaviy muhitning konstruktiv komponentlari bilan ota-ona munosabati uslublari o‘rtasidagi bog‘liqlik “bir-birini tushunish”ning “yaqin olish” bilan, “er-xotinlar o‘rtasidagi erkin muloqot”ning “kooperatsiya” bilan ijobiy, “o‘zaro ishonch”, “oilaning umumiy belgilari” hamda “muloqotning psixoterapevtliligi”ning esa “avtoritarizm” va qisman “infantilizatsiya” bilan salbiy bog‘langanligi asosida, maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxslararo faollikning rivojlanishi oiladagi ishonch, o‘zaro tushunish, erkin muloqot va psixologik qo‘llab-quvvatlashga tayangan ijobiy ota-ona pozisiyasi bilan belgilanadigan muhim ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi dalillanga;
maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxslararo faollikni rivojlantirishga qaratilgan dastur ta’sirida “prosotsial xulq-atvor” ko‘rsatkichining ishonchli ortgani, “antisotsial xulq-atvor”ning esa sezilarli pasaygani asosida, bolalarning shaxslararo faolligini takomillashtirishda hamkorlikka yo‘naltirilgan o‘yin faoliyati, ijtimoiy tashabbusni qo‘llab-quvvatlash, emotsional muvozanatni mustahkamlash va salbiy xulqiy reaksiyalarni konstruktiv muloqot usullari bilan almashtirish samarali ijtimoiy-psixologik xususiyatlar ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxslararo faollikni rivojlantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
oilaviy emotsional iqlim va bolaning ijtimoiy faolligi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, “prosotsial xulq-atvor”ning “xavotir” va “tortinchoqlik” bilan manfiy, “antisotsial xulq-atvor”ning esa “oiladagi nizolar” hamda “oilada bolaning rad etilishi” bilan ijobiy bog‘langanligi asosida, maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxslararo faollikning rivojlanishi emotsional xavfsizlik, ijtimoiy ishonch, oilaviy qabul va nizosiz muloqot muhiti bilan belgilanadigan ustuvor ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi dalillangan yangilik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 20 avgustdagi PM–464a–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarda shaxslararo faollikning rivojlanishi ijtimoiy ishonch, nizosiz muloqot muhiti bilan belgilanadigan ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligini o‘rganishga sharoit yaratilgan;
hissiy holatlar va ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion munosabatlar natijasida “prosotsial xulq-atvor”ning “bog‘liqlik, ishonchsizlik” hamda “yolg‘izlikka intilish” bilan manfiy, “optimizm” bilan ijobiy, “antisotsial xulq-atvor”ning esa “agressiya” va “xavotirlanish” bilan ijobiy bog‘langanligi aniqlanib, maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxslararo faollikning rivojlanishi ichki ishonch, ijobiy hissiy fon, jamoaga yaqinlashuv ehtiyoji va emotsional barqarorlik bilan belgilanadigan muhim ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi asoslanganligiga oid markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 20 avgustdagi PM–464a–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarda shaxslararo faollikning rivojlanishi ichki ishonch, jamoaga yaqinlashuv ehtiyoji bilan belgilanadigan ijtimoiy-psixologik xususiyatni o‘rganish samarasi oshgan;
oilaviy muhitning konstruktiv komponentlari bilan ota-ona munosabati uslublari o‘rtasidagi bog‘liqlik “bir-birini tushunish”ning “yaqin olish” bilan, “er-xotinlar o‘rtasidagi erkin muloqot”ning “kooperatsiya” bilan ijobiy, “o‘zaro ishonch”, “oilaning umumiy belgilari” hamda “muloqotning psixoterapevtliligi”ning esa “avtoritarizm” va qisman “infantilizatsiya” bilan salbiy bog‘langanligi asosida, maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxslararo faollikning rivojlanishi oiladagi ishonch, o‘zaro tushunish, erkin muloqot va psixologik qo‘llab-quvvatlashga tayangan ijobiy ota-ona pozisiyasi bilan belgilanadigan muhim ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi dalillanganlik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 20 avgustdagi PM–464a–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shaxslararo faollikning rivojlanishi oiladagi ishonch, psixologik qo‘llab-quvvatlashda ota-ona pozisiyasi belgilanadigan ijtimoiy-psixologik xususiyatni o‘rganish yaratilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxslararo faollikni rivojlantirishga qaratilgan dastur ta’sirida “prosotsial xulq-atvor” ko‘rsatkichining ishonchli ortgani, “antisotsial xulq-atvor”ning esa sezilarli pasaygani asosida, bolalarning shaxslararo faolligini takomillashtirishda hamkorlikka yo‘naltirilgan o‘yin faoliyati, ijtimoiy tashabbusni qo‘llab-quvvatlash, emotsional muvozanatni mustahkamlash va salbiy xulqiy reaksiyalarni konstruktiv muloqot usullari bilan almashtirish samarali ijtimoiy-psixologik xususiyatlar ekanligi dalillangan yangilik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 20 avgustdagi PM – 464a–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, salbiy xulqiy reaksiyalarni konstruktiv muloqot usullari bilan almashtirish samarali ijtimoiy-psixologik xususiyatlar ekanligini aniqlashga erishilgan.