Karimov Dilshod Turabboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaliklarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5745. 
Ilmiy rahbar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Oblomurodov Narzullo Naimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaliklarini moliyalashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘rmon xo‘jaliklari uchun xalqaro grantlar va moliyaviy institutlar mablag‘laridan samarali foydalanish monitoringini joriy etish orqali ekologik loyihalarning natijadorligi 12 foizga oshirish taklif etilgan;
o‘rmon xo‘jaliklarini moliyalashtirishda xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish asosida infratuzilmani yangilash va qo‘shimcha investisiyalarni jalb qilish jarayonini tezlashtirish natijasida sohadagi investisiya hajmini 15 foizga oshirish taklif etilgan;
ekologik xizmatlar uchun to‘lovlar PES (Paymens for Ecosystem Services)  milliy modeli asosida o‘rmon ekotizim xizmatlarini baholash, foydalanuvchi subektlarni aniqlash va mablag‘ yo‘naltirishning to‘rt bosqichli mexanizmini qo‘llash taklif etilgan;
BIOFIN (Biodiversity Finance Initiative) konsepsiyasi asosida o‘rmon resurslarini saqlash va rivojlantirish yo‘nalishida moliyaviy etishmovchilik darajasini (funding gap) aniqlash, moliyaviy manbalarini diversifikatsiyalash hamda byudjetdan tashqari resurslarni jalb qilishga qaratilgan milliy moliyalashtirish strategik modeli ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rmon xo‘jaliklarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘rmon xo‘jaliklari uchun xalqaro grantlar va moliyaviy institutlar mablag‘laridan samarali foydalanish monitoringini joriy etish orqali ekologik loyihalarning natijadorligi 12 foizga oshirish xususidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-mahitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan amaliyotga qo‘llash uchun qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-mahitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 03-03/1-03/3-9265-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘mita tomonidan jalb qilingan xalqaro grantlar va moliyaviy institutlar mablag‘larning samardorlik darajasi 2025-yil 1-iyul holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan 14 foizga oshirishga erishildi;
o‘rmon xo‘jaliklarini moliyalashtirishda xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish asosida infratuzilmani yangilash va qo‘shimcha investisiyalarni jalb qilish jarayonini tezlashtirish natijasida sohadagi investisiya hajmini 15 foizga oshirish mumkinligi xususidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-mahitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan amaliyotga qo‘llash uchun qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-mahitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 03-03/1-03/3-9265-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘mitaning investisiyalar qilgan mablag‘lari hajmi 2025-yil birinchi yarim yilligida o‘tgan hisobot davriga nisbatan 22 foizga oshdi;
ekologik xizmatlar uchun to‘lovlar PES (Paymens for Ecosystem Services)  milliy modeli asosida o‘rmon ekotizim xizmatlarini baholash, foydalanuvchi subektlarni aniqlash va mablag‘ yo‘naltirishning to‘rt bosqichli mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-mahitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan amaliyotga qo‘llash uchun qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-mahitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 03-03/1-03/3-9265-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yil birinchi yarim yilligida o‘tgan hisobot davriga nisbatan moliyalashtirish hajmi kamida 15-20 foizga oshirish, davlat byudjetining yukini qisqartirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish imkonini berdi.
BIOFIN (Biodiversity Finance Initiative) konsepsiyasi asosida o‘rmon resurslarini saqlash va rivojlantirish yo‘nalishida moliyaviy etishmovchilik darajasini (funding gap) aniqlash, moliyaviy manbalarini diversifikatsiyalash hamda byudjetdan tashqari resurslarni jalb qilishga qaratilgan milliy moliyalashtirish strategik modeli O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-mahitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan amaliyotga qo‘llash uchun qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-mahitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 03-03/1-03/3-9265-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yil birinchi yarim yilligida o‘tgan hisobot davriga nisbatan moliyalashtirish moliyalashtirish hajmini kamida 20-25 foizga oshirish, davlat byudjetining bosimini kamaytirish va uzoq muddatli ekologik barqarorlikka erishish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish