Muxammadiev Ramz Zoirjon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida tibbiyot muassasalari moliyalashtirish tizimini tashkiliy-uslubiy jihatdan takomillashtirish” 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Iqt6062
Ilmiy maslahatchi: Isroilov Bohodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Omonov Akrom Abdinazarovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Tuxliev Bozor Karimovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Berdiyarov Baxriddin Tovbasharovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va nazorat tizimi hamda moliyaviy resurslar samaradorligini baholash uslubiyatini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot muassasalarini o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish uslubiyati pullik xizmat va boshqa qonuniy manbalardan olingan tushumlarni yagona jamg‘armaga jamlash orqali mustaqil moliyalashtirish tartibini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
aholi ehtiyojmand qatlamini hisobga olish va ularga davlat yoʻllanmasi bo‘yicha mablag‘ ajratish uslubiyatini takomillashtirish maqsadida ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar hujjatlar asosida tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan manzilli moliyalashtirish taklif etilgan;
byudjet mablag‘idan foydalanishning maqsadli va samarali nazoratini taʼminlash maqsadida ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarini aniq kasalliklar ro‘yxati va bazaviy narxlar asosida moliyalashtirish uslubiyatini joriy etish asoslangan;
tibbiy xizmatlar bozorida raqobatni shakllantirish maqsadida kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi bo‘yicha davolanishda tibbiyot muassasalarini fuqaroning ixtiyoriy tanlovi asosida moliyalashtirish mexanizmi taklif qilingan;
davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan kafolatlangan tibbiy yordamning yillik hajmlarini tasdiqlash hamda tibbiyot muassasalarini ushbu hajmlar asosida moliyalashtirish uslubiyatini joriy etish taklif etilgan;
imtiyozli paket bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatish doirasida aniqlangan yondosh kasalliklarni davolash xarajatlari uchun tibbiyot muassasasiga davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan bemorning kasallik tarixi asosida qo‘shimcha moliyalashtirish tartibini joriy qilish tavsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish uslubiyatini pullik xizmat ko‘rsatish hamda boshqa qonuniy manbalardan olingan mablag‘larni yagona jamg‘armaga jamlash tartibini joriy etish asosida takomillashtirish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 7-fevraldagi “Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 6-sonli buyrug‘i bilan (Adliya vazirligidan 2024-yil 7-martda 3500 raqam bilan  ro‘yxatdan o‘tgan) amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2025-yil 16-apreldagi 04-8431-son maʼlumotnomasi). Mazkur taklif asosida tibbiyot muassasalariga ajratiladigan maqsadli ajratmalar va biznes, homiylik evaziga olingan mablag‘larni xarajat qilishning yagona tizimi va huquqiy mexanizmi shakllandi hamda 2024-yilda jamg‘armaning 11 foiz mablag‘lari samarasiz foydalanishini oldi olingan. Vaqtincha bo‘sh mablag‘larni belgilangan tartibda tijorat banklari depozitlariga joylashtirish evaziga jamg‘armaga qo‘shimcha 2,1 mlrd.so‘mdan ortiq mablag‘ tushirilgan;
Aholi ehtiyojmand qatlamini hisobga olish va ularga davlat yoʻllanma asosida mablag‘ ajratish uslubiyatini sug‘urta tizimi orqali manzilli amalga oshirish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-sentyabrdagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-156-son Farmoni 2-bandida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2025-yil 16-apreldagi 04-8431-son maʼlumotnomasi). Mazkur taklif asosida tibbiyot tizimida elektron tibbiy statistika va xizmat ko‘rsatishning yoʻlga qo‘yilishi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilanishi hamda byudjet mablag‘larini tejalishiga xizmat qiladi. Taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida qog‘oz uchun sarflanadigan 700 mln.so‘mdan ziyod mablag‘lar tejalgan;
Byudjet mablag‘laridan foydalanish maqsadligini samarali nazoratini taʼminlash maqsadida byudjet hisobidan ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida davolanadigan kasalliklar ro‘yxati va bazaviy narxlar asosida moliyalashtirishni joriy etish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-sentyabrdagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-156-son Farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2025-yil 16-apreldagi 04-8431-son maʼlumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etishi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda byudjet mablag‘larini tejalishiga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini ovoragarchiliksiz sifatli xizmat olishini taʼminlashga xizmat qilmoqda;
Tibbiy xizmatlar bozorida raqobatni shakllantirish maqsadida kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi bo‘yicha davolanishda tibbiyot muassasalarini fuqaroning ixtiyoriy tanlovi asosida moliyalashtirish mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-sentyabrdagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-156-son Farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2025-yil 16-apreldagi 04-8431-son maʼlumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda bemor davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotida tibbiy xizmatlardan foydalanishni ixtiyoriy tanlash imkoniyati yaratildi.
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan kafolatlangan tibbiy yordamning yillik hajmlarini tasdiqlash hamda tibbiyot muassasalarini ushbu hajmlar asosida moliyalashtirish uslubiyatini joriy etish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 7-fevraldagi “Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 6-son buyrug‘i (2025-yil 16-apreldagi 04-8431-son maʼlumotnoma bilan tasdiqlangan) asosida mazkur takliflar amaliyotga joriy etildi. Natijada tibbiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ustidan samarali nazorat mexanizmi yoʻlga qo‘yildi. Shu bilan birga, mablag‘larning maqsadsiz sarflanishining oldini olish hamda ularni byudjetga qaytarish tizimi yaratildi. Mazkur choralar korrupsiya va suiisteʼmolchilik holatlarining kamayishiga, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar qamrovi va samaradorligining oshishiga xizmat qilmoqda.
Imtiyozli paket bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatish doirasida aniqlangan yondosh kasalliklarni davolash xarajatlari uchun tibbiyot muassasasiga davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan bemorning kasallik tarixi asosida qo‘shimcha moliyalashtirish tartibini joriy qilish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-sentyabrdagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-156-son Farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2025-yil 16-apreldagi 04-8431-son maʼlumotnomasi). Ushbu taklif doirasida tibbiyot tashkilotlari tomonidan 20 ta imtiyozli toifadagi shaxslar, jumladan, etim bolalar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan va Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalarning a’zolariga imtiyozli tibbiy xizmat ko‘rsatilgan; 

Yangiliklarga obuna bo‘lish