Ruziev Baxtiyor Salimboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari aktivlari sifatini oshirish amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3 PhD/Iqt 4467.
Ilmiy rahbar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash bosqichida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari aktivlari sifatini oshirish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari aktivlari sifatini oshirishda tijorat banklarining muammoli kreditlari ulushini (NPL) 1,2 foizga kamaytirish orqali umumiy aktivlar daromadliligini (ROA) 0,4 foizga oshirish mumkinligi asoslanib taklif etilgan;
tijorat banklarida aktivlar sifat darajasini ta’minlashda kredit risklarini tarmoqlar (S) va hududlar (R) kesimida diversifikatsiyalash orqali tijorat banklarining muammoli kreditlari hajmini 1,5 foizga pasaytirish taklif etilgan;
muammoli aktivlar (NPL) bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar (expected losses)ni hisobga olgan holda progressiv rezerv normalarini joriy etish ehtimoliy yo‘qotishlar bo‘yicha zaxira xarajatlarini 0,3 foizga qisqartirish takif etilgan;
tijorat banklari aktivlari sifatini sog‘lomlashtirish maqsadida ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillarini tizimli joriy etish bank aktivlari barqarorlik indeksini (SBI) 0,8 punktga oshirish va muammoli aktivlar ulushini esa 0,5 foizga kamaytirish yo‘llari asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari aktivlari sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining muammoli kreditlari ulushini (NPL) 1,2 foizga kamaytirish orqali umumiy aktivlar daromadliligini 0,4 foizga oshirish xususidagi taklifi Ipoteka otp group amaliyotiga joriy qilish natijasida (Ipoteka otp groupning 06.03.2025 yildagi 7/15383-sonli ma’lumotnomasi) bankning riskli aktivlari bo‘yicha olinadigan daromad hajmini 2025 yil 1 aprel holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan 96,0 mlrd. so‘mga oshirishga erishildi;
kredit risklarini tarmoqlar va hududlar kesimida diversifikatsiyalash tijorat banklari muammoli kreditlari hajmini 1,5 foizga pasaytirish imkonini beruvchi taklifi Ipoteka otp group amaliyotga joriy qilish natijasida (Ipoteka otp groupning 06.03.2025 yildagi 7/15383-sonli ma’lumotnomasi) bankning tarmoqlar va hududlar hissasiga to‘g‘ri keluvchi muammoli kreditlari hajmini 2025 yil 1 aprel holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan 2,8 foizga qisqartirish imkonini berdi;
muammoli aktivlar (NPL) bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni hisobga olgan holda progressiv rezerv normalarini joriy etish ehtimoliy yo‘qotishlar bo‘yicha zaxira xarajatlarini 0,3 foizga qisqartirish xususidagi taklifi Ipoteka otp groupning (Ipoteka otp groupning 06.03.2025 yildagi 7/15383-sonli ma’lumotnomasi) 2025 yil uchun ishlab chiqilgan “Kredit siyosati”ning aktivlar sifatini oshirish va ehtimoliy yo‘qotishlar bo‘yicha zaxiralar shakllantirishga qo‘yilgan talablarining tegishli moddalariga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritildi;
tijorat banklari aktivlari sifatini oshirishda ESG (Environmental, Social, Governance) mexanizmlarini joriy etish bank aktivlari barqarorlik indeksini 0,8 punktga oshirish va muammoli aktivlar ulushini esa 0,5 foizga kamaytirish xususidagi taklifini Ipoteka otp group amaliyotga joriy qilish natijasida (Ipoteka otp groupning 06.03.2025 yildagi 7/15383-sonli ma’lumotnomasi) bankning substandart aktivlari hajmini 2025 yil 1 aprel holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan 15,0 foizga oshirish va umidsiz aktivlari hajmi esa 0,8 foizga pasaytirish imkonini berdi.