Ergasheva Lobar Raxmatilla qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklaridan bevosita soliqlarni undirishni takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4495. 
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklaridan undiriladigan bevosita soliqlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklaridan undiriladigan foyda solig‘i stavkasini yuridik shaxslar uchun amal qiladigan yagona standart stavka bilan uyg‘unlashtirish orqali bank aktivlari o‘sishi 7 foizga hamda marjasiga ta’sirini o‘zgarishini 1,5 foizga kamaytirish taklif etilgan;
tijorat banklarida maxsus zaxiralar hisobini raqamli platformalar va sun’iy intellekt asosida optimallashtirish natijasida nazorat samaradorligini 35 foizga oshirish, foyda solig‘iga tortilmaydigan mablag‘lar qayta hisobga olinganda foyda solig‘i bazasining 25 foizga o‘sishi hamda banklarning likvidlik darajasini 14 foizga oshirish taklif etilgan;
foyda solig‘idan tushumlarni umumdavlat va mahalliy byudjetlar o‘rtasida taqsimlashning samaradorligi ilmiy asoslanib, amaldagi banklar uchun foyda solig‘ining 5 foizini mahalliy byudjetga yo‘naltirish orqali hududiy moliyaviy barqarorlikni ta’minlash taklif etilgan;
tijorat banklariga yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kreditlar bo‘yicha foyda solig‘i stavkasini 6 foiz bandga kamaytirish orqali soliq preferensiyasi joriy etilgan taqdirda banklarning investision faolligi, kredit resurslari hajmi va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish samaradorligiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari faoliyatini soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
tijorat banklaridan undiriladigan foyda solig‘i stavkasini yuridik shaxslar uchun amal qiladigan yagona standart stavka bilan uyg‘unlashtirish orqali bank aktivlari o‘sishi 7 foizga hamda marjasiga ta’sirini o‘zgarishini 1,5 foizga kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 315 va 337-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 18-sentyabrdagi 16/1-106295-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, davlat byudjeti daromadlari o‘rtacha yillik 12-15 foizga ortishi, bandlik darajasi oshishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari barqarorlashishi kutilgan.
tijorat banklarida maxsus zaxiralar hisobini raqamli platformalar va sun’iy intellekt asosida optimallashtirish natijasida nazorat samaradorligini 35 foizga oshirish, foyda solig‘iga tortilmaydigan mablag‘lar qayta hisobga olinganda foyda solig‘i bazasining 25 foizga o‘sishi hamda banklarning likvidlik darajasini 14 foizga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan amailotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 18-sentyabrdagi 16/1-106295-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat banklarining maxsus zaxiralari hisobini raqamli platformalar va sun’iy intellekt asosida avtomatlashtirilgan monitoring qilish orqali soliq hisob-kitoblarida shaffoflik va aniqlik darajasi oshgan.
foyda solig‘idan tushumlarni umumdavlat va mahalliy byudjetlar o‘rtasida taqsimlashning samaradorligi ilmiy asoslanib, amaldagi banklar uchun foyda solig‘ining 5 foizini mahalliy byudjetga yo‘naltirish orqali hududiy moliyaviy barqarorlikni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-1011-sonli “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 18-sentyabrdagi 16/1-106295-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududiy investision faollikni rag‘batlantirish, ijtimoiy infratuzilmani barqaror moliyalashtirish hamda byudjet tizimining barqarorligini ta’minlashga xizmat qilgan.
tijorat banklariga yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kreditlar bo‘yicha foyda solig‘i stavkasini 6 foiz bandga kamaytirish orqali soliq preferensiyasi joriy etilgan taqdirda banklarning investision faolligi, kredit resurslari hajmi va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish samaradorligiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PQ-4389-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 18-sentyabrdagi 16/1-106295-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,  tijorat banklarini soliqqa tortish bo‘yicha soliq ma’murchiligini takomillashtirish, bank va soliq tashkilotlari o‘rtasida samarali aloqani yo‘lga qo‘yish, soliq tekshiruvlari shaffofligini oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish