To‘xtaeva Ra’no Norto‘xtaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sovet davlatining moliyaviy siyosati va uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siri (1917-1991 yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tar216
Ilmiy maslahatchi: Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. DSc 03/2025.27.12.Tar.11.01
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Shodmonova Sanobar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboevich va iqtisod fanlari doktori, professor Navro‘z-zoda Baxtiyor Negmatovich
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1917–1991 yillarda O‘zbekistonda sovet davlatining moliyaviy siyosati va uning ijtimoiy, iqtisodiy hayotga ta’sirini tarixiy nuqtai nazardan tahlil etishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Turkiston ASSR, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikalari hududlarida sovet hokimiyatining dastlabki yillarida moliyaviy jarayonlar, pul tizimining beqarorligi va iqtisodiy tartibning izdan chiqishi, aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan ushbu moliyaviy inqirozlar jarayonida pul muomalasida o‘zgarishlar amalga oshirilishiga to‘g‘ri kelganligi, Turkiston ASSRda milliy valyutalarni joriy etish, turli xil pullarning muomalaga kiritilishi hamda pulning qadrsizlanishi davlat byudjetiga tushumlarni kamaytirib, uni shakllantirishda jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirganligi aniqlandi;
BXSR va XXSRda ham moliya va soliq tizimida islohotlar olib borilgan bo‘lsa-da, bu o‘zgarishlar barqaror iqtisodiy muhitni ta’minlay olmaganligi, davlat byudjetiga tushumlar asosan mahsulot ko‘rinishidagi soliqlar, rekvizisiyalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri markazlashtirilgan taqsimot orqali amalga oshirilganligi, pul muomalasidagi beqarorlik, bozor munosabatlarining yo‘qolishi va markazlashgan rejalashtirishga o‘tish jarayonida ushbu respublikalarda moliyaviy tizimning to‘la shakllanishi ancha murakkab kechganligi ochib berilgan;
O‘zbekiston SSR tashkil etilgan dastlabki yillarda yuz bergan moliyaviy-iqtisodiy muammolar va amalga oshirilgan pul islohotlari mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va markazlashgan moliya tizimini shakllantirishda muhim o‘rin tutganligi, Ikkinchi jahon urushi sharoitida esa davlat byudjeti tarkibi va mazmunida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilib, uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siri yanada kuchayganligi, urushdan keying yillarda iqtisodiy o‘sish sharoitida pul muomalasi mahsulot, ish va xizmat bahosining tushishi kabi muammolarni keltirib chiqarganligi, bunday beqaror vaziyat, o‘z navbatida, aholi ijtimoiy turmushining og‘irlashuviga olib kelganligi aniqlangan;
1960-yillarda amalga oshirilgan pul islohoti respublika iqtisodiyotining rivojlanish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi, bu islohot dastlab iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va moliyaviy tizimni tartibga solish maqsadida o‘tkazilgan bo‘lsa-da, uning natijalari kutilganidek bo‘lmaganligi, aksincha, mazkur chora-tadbir iqtisodiyotda “turg‘un” holatning kuchayishiga sabab bo‘lib, bir qator jiddiy muammolarni yuzaga keltirganligi, jumladan, mahsulotlarning tannarxi oshib borganligi, natijada, bozorlarda chayqovchilik va yashirin savdo kabi holatlar ko‘payganligi, mazkur holatlar esa shahar va qishloq aholisi turmush darajasining sezilarli darajada pasayishiga olib kelganligi arxiv hujjatlari va tarixiy manbalar asosida dalillangan;
sovet hokimiyatining so‘nggi o‘n yilliklarida yuritilgan moliyaviy siyosat aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ham muayyan o‘zgarishlar va qarama-qarshi jarayonlarni keltirib chiqarganligi, bu davrda ijtimoiy ta’minot, maosh va pensiya tizimining shakllanishi, shuningdek, narx-navo va miqdorli taqsimot siyosati orqali aholini moddiy rag‘batlantirish yoki nazorat qilish mexanizmlari keng qo‘llanilganligi tarixiy hujjatlar va arxiv manbalari orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sovet davlatining moliya siyosati va uning ijtimoiy–iqtisodiy hayotga ta’siri (1917–1991 yy.)ga oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va takliflardan:
Turkiston ASSR, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikalari hududlarida sovet hokimiyatining dastlabki yillarida moliyaviy jarayonlar, pul tizimining beqarorligi va iqtisodiy tartibning izdan chiqishi, aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan ushbu moliyaviy inqirozlar jarayonida pul muomalasida o‘zgarishlar amalga oshirilishiga to‘g‘ri kelganligi, Turkiston ASSRda milliy valyutalarni joriy etish, turli xil pullarning muomalaga kiritilishi hamda pulning qadrsizlanishi davlat byudjetiga tushumlarni kamaytirib, uni shakllantirishda jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirganligiga oid ilmiy–tarixiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-martdagi 06-31-414-son ma’lumotnomasi). Bu yoshlarga mamlakatimizdagi moliyaviy islohotlar tarixiga oid ko‘plab ma’lumotlarni etkazishga yordam bergan;
BXSR va XXSRda ham moliya va soliq tizimida islohotlar olib borilgan bo‘lsa-da, bu o‘zgarishlar barqaror iqtisodiy muhitni ta’minlay olmaganligi, davlat byudjetiga tushumlar asosan mahsulot ko‘rinishidagi soliqlar, rekvizisiyalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri markazlashtirilgan taqsimot orqali amalga oshirilganligi, pul muomalasidagi beqarorlik, bozor munosabatlarining yo‘qolishi va markazlashgan rejalashtirishga o‘tish jarayonida ushbu respublikalarda moliyaviy tizimning to‘la shakllanishi ancha murakkab kechganligiga oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 11-maydagi 175-son dalolatnomasi). Mazkur jarayon keng jamoatchilik orasida O‘zbekistonda moliyaviy jarayonlar tarixiga oid ilmiy ma’lumotlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston SSR tashkil etilgan dastlabki yillarda yuz bergan moliyaviy-iqtisodiy muammolar va amalga oshirilgan pul islohotlari mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va markazlashgan moliya tizimini shakllantirishda muhim o‘rin tutganligi, Ikkinchi jahon urushi sharoitida esa davlat byudjeti tarkibi va mazmunida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilib, uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siri yanada kuchayganligi, urushdan keying yillarda iqtisodiy o‘sish sharoitida pul muomalasi mahsulot, ish va xizmat bahosining tushishi kabi muammolarni keltirib chiqarganligi, bunday beqaror vaziyat, o‘z navbatida, aholi ijtimoiy turmushining og‘irlashuviga olib kelganligi kabi ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondlarini takomillashtirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 29-maydagi 02-06/1733-son ma’lumotnomasi). Bu esa yoshlarning o‘lkamiz tarixiy-madaniy merosi haqidagi tushunchalarini yanada boyitishga ko‘maklashadi;
1960-yillarda amalga oshirilgan pul islohoti respublika iqtisodiyotining rivojlanish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi, bu islohot dastlab iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va moliyaviy tizimni tartibga solish maqsadida o‘tkazilgan bo‘lsa-da, uning natijalari kutilganidek bo‘lmaganligi, aksincha, mazkur chora-tadbir iqtisodiyotda “turg‘un” holatning kuchayishiga sabab bo‘lib, bir qator jiddiy muammolarni yuzaga keltirganligi, jumladan, mahsulotlarning tannarxi oshib borganligi, natijada, bozorlarda chayqovchilik va yashirin savdo kabi holatlar ko‘payganligi, mazkur holatlar esa shahar va qishloq aholisi turmush darajasining sezilarli darajada pasayishiga olib kelganligiga oid ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyati hokimligi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar dasturini takomillashtirishda foydalanildi (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2023-yil 29-iyundagi 07/2786-son ma’lumotnomasi). Bu esa Qashqadaryo viloyati aholisi orasida moliyaviy islohotlar tarixini o‘rganishga, aholi iqtisodiy bilimining ortishiga xizmat qilgan.
sovet hokimiyatining so‘nggi o‘n yilliklarida yuritilgan moliyaviy siyosat aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ham muayyan o‘zgarishlar va qarama-qarshi jarayonlarni keltirib chiqarganligi, bu davrda ijtimoiy ta’minot, maosh va pensiya tizimining shakllanishi, shuningdek, narx-navo va miqdorli taqsimot siyosati orqali aholini moddiy rag‘batlantirish yoki nazorat qilish mexanizmlari keng qo‘llanilganligi tarixiy hujjatlar va arxiv manbalaridan iborat ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyati hokimligi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar dasturini takomillashtirishda foydalanildi (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2023-yil 29-iyundagi 07/2786-son ma’lumotnomasi). Bu esa Qashqadaryo viloyati aholisi orasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tarixini o‘rganishga, aholi iqtisodiy bilimining ortishiga xizmat qilgan.