Kendjaev yakub Yusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston sanoatchilarining qo‘shgan hissasi”, “07.00.01 – O‘zbekiston tarixi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1664
Ilmiy rahbar: Rajabova Nilufar Nasrillaevna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Xolmuminov Xusan Eshmuminovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Babadjanov Hasan Baxtiyorovich.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Urush yillarida fashizm ustidan erishilgan g‘alabada O‘zbekiston sanoat sohasida mehnat qilganlarning hissasi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston aholisining Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga barcha soha vakillari singari sanoatchilarning ham qo‘shgan hissasi alohida ahamiyatga ega ekanligi, respublikada urush yillarida front uchun mahsulot ishlab chiqargan korxonalar va ular tayyorlagan mahsulotlarni korxonalar kesimida yangi tarixiy manbalar, nashr etilgan hujjatlar to‘plamlari, vaqtli matbuot nashrlari bo‘lmish Ikkinchi jahon urushi frontlarida o‘zbek tilida nashr etilgan front gazetalari sahifalarida e’lon qilingan materiallar asosida dalillangan;
O‘zbekistonda sanoatning harbiy izga ko‘chirilishi va uning natijalari, sanoatda ishlovchi ishchilar hamda ularning oilalarining og‘ir yashash sharoitlari, mehnatdagi qiyinchiliklar, urush davridagi sanoatning iqtisodiyotdagi ulushi hamda aholining sanoatdagi mehnat bilan bandligi masalalari asoslangan;
Sovet Ittifoqining g‘arbiy viloyatlaridan ko‘chirilgan 104 ta sanoat korxonalarining O‘zbekiston hududiga joylashtirilishi, respublikada urush yillarida sanoatning yangi tarmoqlarining vujudga kelishi, yangi zavod fabrikalarining qurilishi, sanoatning harbiy izga ko‘chirilishi oqibatida xalq xo‘jaligi hamda aholi uchun zarur iste’mol mollari ishlab chiqarishning kamayib ketishi oqibatida yuzaga kelgan muammolarga aniqlik kiritildi;
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda sanoat ishchilar xomashyo bilan ta’minlash sohalarida paydo bo‘lgan muammolarni bartaraf etishda rahbariyat tomonidan ko‘rilgan chora tadbirlar, sanoatni ishchi kuchi bilan ta’minlashda fabrika va zavodlar qoshida tashkil qilingan maktablarning o‘rni va roli, arxiv hujjatlari va narativ manbalarga tayangan holda dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonliklarning Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasini tashkiliy asoslarni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy takliflar va tadqiqotlar natijalari negizida:
O‘zbekiston aholisining Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga barcha soha vakillari singari sanoatchilarning ham qo‘shgan hissasi alohida ahamiyatga ega ekanligi, respublikada urush yillarida front uchun mahsulot ishlab chiqargan korxonalar va ular tayyorlagan mahsulotlarni korxonalar kesimida yangi tarixiy manbalar, nashr etilgan hujjatlar to‘plamlari, vaqtli matbuot nashrlari bo‘lmish Ikkinchi jahon urushi frontlarida o‘zbek tilida nashr etilgan front gazetalari sahifalarida e’lon qilingan materiallar asosida “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariyalarini tayyorlashda foydalanildi (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 9-sentyabrdagi 06-28-844-son ma’lumotnomasi). Ushbu aniqlangan materiallar urush davri tarixiga oid kam o‘rganilgan arxiv hujjatlari haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirishga yordam berdi;
O‘zbekistonda sanoatning harbiy izga ko‘chirilishi va uning natijalari, sanoatda ishlovchi ishchilar hamda ularning oilalarining og‘ir yashash sharoitlari, mehnatdagi qiyinchiliklar, urush davridagi sanoatning iqtisodiyotdagi ulushi hamda aholining sanoatdagi mehnat bilan bandligi masalalari haqidagi ma’lumotlardan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 9-sentyabrdagi 06-28-844-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishgan.
Sovet Ittifoqining g‘arbiy viloyatlaridan ko‘chirilgan 104 ta sanoat korxonalarining O‘zbekiston hududiga joylashtirilishi, respublikada urush yillarida sanoatning yangi tarmoqlarining vujudga kelishi, yangi zavod fabrikalarining qurilishi, sanoatning harbiy izga ko‘chirilishi oqibatida xalq xo‘jaligi hamda aholi uchun zarur iste’mol mollari ishlab chiqarishning kamayib ketishi oqibatida yuzaga kelgan muammolarga oid materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat xodimlari ekskursiyalarda foydalanilmoqda (Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi 2024-yil 9-iyun №42/692-son ma’lumotnomasi). Natijada urush davri tarixiga doir kam tadqiq etilgan arxiv hujjatlari asosidagi ma’lumotlarni boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda sanoat ishchilar xomashyo bilan ta’minlash sohalarida paydo bo‘lgan muammolarni bartaraf etishda rahbariyat tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar, sanoatni ishchi kuchi bilan ta’minlashda fabrika va zavodlar qoshida tashkil qilingan maktablarning o‘rni va roli, arxiv hujjatlari va narativ manbalarga tayangan holda olingan yangi ma’lumolardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat xodimlari ekskursiyalarda foydalanilmoqda (Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi 2024-yil 9-iyun №42/692-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyuruvchilar urush davri tarixiga doir muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.