Usmonov Adxamjon A’zamjonovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tashkilotda boshqaruv samardorligini oshirishning uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.3.DSc/Iqt773.
Ilmiy maslahatchi: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.23.04  raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tashkilotda boshqaruv samardorligini oshirishning uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “boshqaruv samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tashkilot faoliyatida mavjud resurslar, inson omili va tashkiliy imkoniyatlardan eng maqbul darajada foydalanib, belgilangan maqsadlarga optimal natija bilan erishish jarayonini ifodalovchi, manfaatlarning muvozanatlashgan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmi asosida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda samarali boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida yangicha yondashuv nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
Agentlikning markaz – hudud – tuman bo‘g‘inlari kesimida boshqaruv reglamentini joriy etish samarasini baholash RAG (yashil-sariq-qizil) tamoyiliga ko‘ra qaror qabul qilish sikli (1-5; 6-8; ≥9 kun), ijro kechikishlari ulushi (≤10; 11–20; >20 foiz), bir murojaat/loyihaga to‘g‘ri keladigan muvofiqlashtirish soatlari (≤1,0; 1,1–3,0; >3,0 soat) indikatorlari orqali miqdoriy yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan;
tashkilotdagi “yoshlar ehtiyojlari indeksi” (EI) yoshlarga oid dasturlar uchun byudjet mablag‘lari yoki grantlar hajmi avtomatik tarzda muayyan yo‘nalishdagi ehtiyojlar qiymatiga proporsional va mavjud ta’minlanganlik darajasiga inversiyali tarzda taqsimlashni joriy etish orqali takomillashtirilgan;
ish beruvchilar, ta’lim muassasalari va NNTlar bilan hamkorlikni natijaga bog‘lashda hamkorlik faoliyatini joriy etish asosida ishga joylashish koeffisienti (0,35-0,45) hamda 3-6 oy mobaynida ishda saqlanish ulushi (0,85-0,95) orqali baholash va rag‘batni shu natijalarga proporsional belgilash taklifi asoslangan;
Yoshlar ishlari agentligi faoliyati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi kadrlar qo‘nimsizligi bo‘yicha qurilgan regression model asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tashkilotda boshqaruv samardorligini oshirishning uslubiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra, “boshqaruv samaradorligi” kategoriyasining iqtisodiy mazmuni tashkilot faoliyatida mavjud resurslar, inson omili va tashkiliy imkoniyatlardan eng maqbul darajada foydalanib, belgilangan maqsadlarga optimal natija bilan erishish jarayonini ifodalovchi, manfaatlarning muvozanatlashgan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmi asosida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda samarali boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida yangicha yondashuv nuqtayi nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Biznesni boshqarish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda Mazkur ilmiy taklif natijasida talabalarda boshqaruv samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan, tashkilot faoliyatida mavjud resurslar, inson omili va tashkiliy imkoniyatlardan eng maqbul darajada foydalanib samarali qarorlar qabul qilish nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan “boshqaruv samaradorligi” kategoriyasiga oid nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
Agentlikning markaz – hudud – tuman bo‘g‘inlari kesimida boshqaruv reglamentini joriy etish samarasini baholash RAG (yashil–sariq–qizil) tamoyiliga ko‘ra qaror qabul qilish sikli (1–5; 6–8; ≥9 kun), ijro kechikishlari ulushi (≤10; 11–20; >20 foiz), bir murojaat yoki loyihaga to‘g‘ri keladigan muvofiqlashtirish soatlari (≤1,0; 1,1–3,0; >3,0 soat) indikatorlari orqali miqdoriy yondashuv asosida takomillashtirilganligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qabul qilingan (Yoshlar ishlari agentligining 2026-yil 25-martdagi 3-11-21-1990-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qaror qabul qilish jarayonining o‘rtacha davomiyligi 9,1 kundan 5,7 kungacha kamaygan, ijro kechikishlari ulushi 21,6 foizdan 11,2 foizgacha pasaygan, bir murojaat yoki loyiha bo‘yicha muvofiqlashtirishga sarflanadigan vaqt 3,3 soatdan 1,8 soatgacha tushgan.
Tashkilotdagi “yoshlar ehtiyojlari indeksi” (EI) yoshlarga oid dasturlar uchun byudjet mablag‘lari yoki grantlar hajmi avtomatik tarzda muayyan yo‘nalishdagi ehtiyojlar qiymatiga proporsional va mavjud ta’minlanganlik darajasiga inversiyali tarzda taqsimlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qabul qilingan (Yoshlar ishlari agentligining 2026-yil 25-martdagi 3-11-21-1990-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarga oid dasturlarni moliyalashtirishda resurslarning manzilli taqsimlanish darajasi oshgan, ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni qamrab olish ko‘lami kengaygan, mavjud ta’minlanganlik darajasi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga ajratiladigan qo‘shimcha mablag‘lar hajmi maqbullashtirilgan hamda byudjet mablag‘lari va grantlardan foydalanish samaradorligi yaxshilangan.
Ish beruvchilar, ta’lim muassasalari va NNTlar bilan hamkorlikni natijaga bog‘lashda hamkorlik faoliyatini joriy etish asosida ishga joylashish koeffisienti (0,35-0,45) hamda 3 - 6 oy mobaynida ishda saqlanish ulushi (0,85-0,95) orqali baholash va rag‘batni shu natijalarga proporsional belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qabul qilingan (Yoshlar ishlari agentligining 2026-yil 25-martdagi 3-11-21-1990-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ish beruvchilar, ta’lim muassasalari va NNTlar bilan hamkorlik samaradorligini baholashda aniq natija ko‘rsatkichlariga tayanish kuchaygan, ishga joylashish darajasi va 3-6 oy davomida ishda saqlanish ulushi asosiy mezon sifatida qo‘llanila boshlagan, hamkor tashkilotlarni rag‘batlantirish tartibi esa erishilgan natijalarga mos ravishda belgilangan.
Agentlik faoliyati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi kadrlar qo‘nimsizligi bo‘yicha qurilgan regression model asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi faoliyatiga joriy etilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2026-yil 25-martdagi 3-11-21-1990-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif asosida kadrlar siyosatini yuritishga yoʻnaltirilgan strategik reja ishlab chiqishga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish