Narkulova Shaxnoza Shakarbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmogʻi nomi): “OTT imijini shakllantirishda ijtimoiy media marketing konsepsiyasidan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4544.
Ilmiy rahbari: Muradova Nargiza Uljaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Ziyodulla Ahmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor, Zufarova Nozima Gulamiddinovna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: OTT imijini shakllantirishda SMM konsepsiyasini ishlab chiqishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim tashkiloti imiji” tushunchasining iqtisodiy mazmuni oliy ta’lim muassasasining ta’lim xizmatlari sifati, innovatsion faolligi va institutsional ishonch darajasini aks ettiruvchi hamda abiturientlar, talabalar, ish beruvchilar va hamkorlar qarorlariga ta’sir ko‘rsatish orqali uning bozor mavqei va rivojlanish salohiyatini ta’minlovchi nomoddiy iqtisodiy resurs nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotining raqamli muhitda SMM boshqaruv tizimini rasmiy ijtimoiy tarmoqlari faoliyati natijalari bo‘yicha akkauntlarning kontenti, targʻibot uslubi va raqamli mavqeini baholash bo‘yicha “ichki imij auditi”ni tashkil etish asosida takomillashtirish taklifi asoslangan;
Samarqand viloyatida joylashgan oliy ta’lim tashkilotlarida “jalb etilganlik darajasi” (engagement rate)ning o‘zgarish diapazonini (1,2%–5,6%) jahon standartlari bo‘yicha amaldagi ko‘rsatkichlar (7–8%) darajasiga imijni shakllantirishga yo‘naltirilgan SMM konsepsiyalaridan foydalanish orqali etkazish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim tashkiloti imijini shakllantirishda ijtimoiy media marketing konsepsiyasidan foydalanish ta’sirini ifodalovchi ekonometik model asosida Samarqand viloyati oliy ta’lim tashkilotlari asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari imijini shakllantirishda SMM konsepsiyasini ishlab chiqishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim tashkiloti imiji” tushunchasining iqtisodiy mazmunini oliy ta’lim muassasasining ta’lim xizmatlari sifati, innovatsion faolligi va institutsional ishonch darajasini aks ettiruvchi hamda abiturientlar, talabalar, ish beruvchilar va hamkorlar qarorlariga ta’sir ko‘rsatish orqali uning bozor mavqei va rivojlanish salohiyatini ta’minlovchi nomoddiy iqtisodiy resurs nuqtai-nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Brend menejmenti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (darslik SamISI Kengashining 2025-yil 2-iyuldagi 11-sonli majlisida muhokama qilingan va №268-2/07-ro‘yxatga olish raqami bilan nashr ruxsatnomasi berilgan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda nomoddiy iqtisodiy resurs nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan “oliy ta’lim tashkiloti imiji” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim tashkilotining raqamli muhitda SMM boshqaruv tizimini rasmiy ijtimoiy tarmoqlari faoliyati natijalari bo‘yicha akkauntlarning kontenti, targʻibot uslubi va raqamli mavqeini baholash bo‘yicha “ichki imij auditi”ni tashkil etish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-iyundagi 4/17-6/25-8-11-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida OTT ijtimoiy tarmoqlari ER ko‘rsatkichini o‘rtacha 2,8% oshirishga erishilgan;
Samarqand viloyatida joylashgan oliy ta’lim tashkilotlarida “jalb etilganlik darajasi” (engagement rate)ning o‘zgarish diapazonini (1,2%–5,6%) jahon standartlari bo‘yicha amaldagi ko‘rsatkichlar (7–8%) darajasiga imijni shakllantirishga yo‘naltirilgan SMM konsepsiyalaridan foydalanish orqali etkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-iyundagi 4/17-6/25-8-11-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim tashkilotlarida “jalb etilganlik darajasi”ning o‘zgarish diapazonini jahon standartlari bo‘yicha amaldagi ko‘rsatkichlar darajasiga imijni shakllantirishga yo‘naltirilgan SMM konsepsiyalaridan foydalanish orqali etkazish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim tashkiloti imijini shakllantirishda ijtimoiy media marketing konsepsiyasidan foydalanish ta’sirini ifodalovchi ekonometik model asosida Samarqand viloyati oliy ta’lim tashkilotlari asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-iyundagi 4/17-6/25-8-11-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ijtimoiy media marketing konsepsiyasidan foydalanishning istiqboldagi asosiy parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.