Mamatov Mamajan Axmatjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taminlash mexanizmini takomillashtirish” 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt823
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Toshbolta To‘htaevich, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.02
Rasmiy opponentlar: Gofurov Ubaydulla Vahabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Butaboev Maxammadjon Tuychievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon Davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yashil iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti sifatida moliya-bank tizimi tomonidan iqlim va ekologik xavflarning avtomatik ravishda inobatga olinishini ta’minlovchi yashil taksonomiyani ishlab chiqish orqali davlat imtiyozlari, “yashil bond”, “yashil kredit” va boshqa moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni haqiqiy ekologik loyihalarga yo‘naltirish taklifi asoslangan;
mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan resurs-ekologik konsepsiyasi mavjud kameralistik, keynschilik va institutsional konsepsiyalarga nisbatan tabiiy-resurs cheklovlarining ustuvor xususiyatini hisobga olgan holda resurs samaradorligi va yopiq sikl zanjirlari orqali importga bog‘liqlikni kamaytirish nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
mamlakat iqtisodiy xavfsizligining tarkibiy qismi va barqaror rivojlanish mexanizmi sifatida yashil iqtisodiyot institutlarining faoliyat yo‘nalishlarini, bozor va rejali, rasmiy va norasmiy tartibga solish instrumentlarining kombinatsiyasini qo‘llashda energiya tarkibini diversifikatsiya qilish dasturini ishlab chiqarish tarmoqlariga bog‘lash orqali yondashish asoslangan;
ekologik-iqtisodiy xavflarni tizimli monitoring qilish, makroiqtisodiy siyosatga integratsiyalash, hududlar kesimida ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni boshqarish orqali yangi standart va talablarga aholi va biznes faoliyatining muvofiqligini ta’minlash orqali yashil iqtisodiy xavflarni monitoring qilish va boshqarish bo‘yicha institutsional mexanizmni takomillashtirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda qazib olinadigan tabiiy resurslar, qayta tiklanadigan energiya resurslari ulushi va atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalarning YaIM o‘sish sur'atiga ta’sirining qisqa va uzoq muddatli korrelyasion bog‘liqligi asosida 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
yashil iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti sifatida moliya-bank tizimi tomonidan iqlim va ekologik xavflarning avtomatik ravishda inobatga olinishini ta’minlovchi yashil taksonomiyani ishlab chiqish orqali davlat imtiyozlari, “yashil bond”, “yashil kredit” va boshqa moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni haqiqiy ekologik loyihalarga yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2026 yil 30 martdagi 04-11-1466-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yashil iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti sifatida moliya-bank tizimi tomonidan iqlim va ekologik xavflarning avtomatik ravishda inobatga olinishini ta’minlovchi yashil taksonomiyani ishlab chiqish orqali davlat imtiyozlari, “yashil bond”, “yashil kredit” va boshqa moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni haqiqiy ekologik loyihalarga yo‘naltirilgan.
mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan resurs-ekologik konsepsiyasi mavjud kameralistik, keynschilik va institutsional konsepsiyalarga nisbatan tabiiy-resurs cheklovlarining ustuvor xususiyatini hisobga olgan holda resurs samaradorligi va yopiq sikl zanjirlari orqali importga bog‘liqlikni kamaytirish nuqtai-nazaridan takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2026 yil 30 martdagi 04-11-1466-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan resurs-ekologik konsepsiyasi mavjud kameralistik, keynschilik va institutsional konsepsiyalarga nisbatan tabiiy-resurs cheklovlarining ustuvor xususiyatini hisobga olgan holda resurs samaradorligi va yopiq sikl zanjirlari orqali importga bog‘liqlikni kamaytirildi.
mamlakat iqtisodiy xavfsizligining tarkibiy qismi va barqaror rivojlanish mexanizmi sifatida yashil iqtisodiyot institutlarining faoliyat yo‘nalishlarini, bozor va rejali, rasmiy va norasmiy tartibga solish instrumentlarining kombinatsiyasini qo‘llashda energiya tarkibini diversifikatsiya qilish dasturini ishlab chiqarish tarmoqlariga bog‘lash orqali yondashish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2026 yil 30 martdagi 04-11-1466-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakat iqtisodiy xavfsizligining tarkibiy qismi va barqaror rivojlanish mexanizmi sifatida yashil iqtisodiyot institutlarining faoliyat yo‘nalishlarini, bozor va rejali, rasmiy va norasmiy tartibga solish instrumentlarining kombinatsiyasini qo‘llashda energiya tarkibini diversifikatsiya qilish dasturini ishlab chiqildi.
ekologik-iqtisodiy xavflarni tizimli monitoring qilish, makroiqtisodiy siyosatga integratsiyalash, hududlar kesimida ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni boshqarish orqali yangi standart va talablarga aholi va biznes faoliyatining muvofiqligini ta’minlash orqali yashil iqtisodiy xavflarni monitoring qilish va boshqarish bo‘yicha institutsional mexanizmni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2026 yil 30 martdagi 04-11-1466-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ekologik-iqtisodiy xavflarni tizimli monitoring qilish, makroiqtisodiy siyosatga integratsiyalash, hududlar kesimida ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni boshqarish orqali yangi standart va talablarga aholi va biznes faoliyatining muvofiqligini ta’minlash orqali yashil iqtisodiy xavflarni monitoring qilish va boshqarish bo‘yicha institutsional mexanizm ishlab chiqildi.
O‘zbekistonda qazib olinadigan tabiiy resurslar, qayta tiklanadigan energiya resurslari ulushi va atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalarning YaIM o‘sish sur'atiga ta’sirining qisqa va uzoq muddatli korrelyasion bog‘liqligi asosida 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2026 yil 30 martdagi 04-11-1466-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda qazib olinadigan tabiiy resurslar, qayta tiklanadigan energiya resurslari ulushi va atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalarning YaIM o‘sish sur'atiga ta’sirining qisqa va uzoq muddatli korrelyasion bog‘liqligi asosida 2030-yilga qadar prognoz qiymatlaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2026 yil 30 martdagi 04-11-1466-son ma’lumotnomasi).
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, dissertatsiyada shakllantirilgan xulosalar hamda ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga doir masalalarni nazariy jihatdan chuqurlashtirishda qo‘llanishi mumkin. Xususan, mazkur natijalar ushbu yo‘nalish bo‘yicha konseptual yondashuvni ishlab chiqish, nazariy asoslarni tizimlashtirish va ilmiy tahlil doirasini kengaytirishda muhim ilmiy manba vazifasini bajaradi.