Shaumarov Said Sanatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Energiyasamarali binolarning oldindan belgilangan xossalar majmuiga ega g‘ovak betondan tashqi to‘siq konstruksiyalarini loyihalashning metodologik asoslarini ishlab chiqish»,
05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari; 05.09.01 – Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar ixtisosliklari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/T292.
Ilmiy maslahatchilar: Adilxodjaev Anvar Ishanovich, texnika fanlari doktori, professor; Shipacheva Elena Vladimirovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Askarov Baxtiyor Askarovich, texnika fanlari doktori, professor; Hasanov Bahridin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor; Abbasov Yorkin Sodikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oldindan belgilangan xossalar majmuiga ega g‘ovak beton optimal strukturasining shakllanish mexanizmlarini ilmiy asoslash va energiyasamarali bino tashqi to‘siq konstruksiyalarini loyihalashning metodologik asoslarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichini qanoatlantiradigan yacheykali beton makrostrukturasining  matematik modelini g‘ovaklik parametri orqali issiqlik o‘tish jarayonlarini tavsiflovchi differensial tenglamalar tizimi  takomillashtirilgan;
g‘ovakli beton strukturasining fraktal xususiyati tasdiqlangan, uning xossalari va fraktal o‘lchami orasidagi bog‘liqlik imitatsiyali modellashtirish usuli asosida aniqlangan;
g‘ovaklarning geksogonal, kub va “ixtiyoriy” tartibdagi joylashuvi asosida yacheykali beton fraktal o‘lchami va g‘ovakligi o‘rtasidagi bog‘lanish hamda “material-g‘ovaklar” chegarasining asosiy yo‘nalishidan kelib chiqib beton xossalarining anizotropligi aniqlangan;
O‘zbekistonning iqlimiy zonalarida joylashgan fuqaro binolari issiqlik himoyasining II va III darajalari uchun g‘ovak betondan issiqlik izolyasiya va konstruksion-issiqlik izolyasiya materiallarining issiqlik himoya xossalariga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqilgan;
energiyasamarali binolarning oldindan belgilangan xossalar majmuiga ega g‘ovak betondan tashqi to‘siq konstruksiyalarini loyihalashning metodologik asoslari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Energiyasamarali binolarning oldindan belgilangan xossalar majmuiga ega g‘ovak betondan tashqi to‘siq konstruksiyalarini loyihalashning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
issiqlik o‘tish jarayonlarini tavsiflovchi takomillashtirilgan differensial tenglamalar tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan yacheykali beton optimal g‘ovakli strukturasini aniqlash metodikasi  “O`zsanoatqurilishmateriallari” O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tassarufidagi «Ideal Invest Solutions» MChJga joriy etilgan (“O`zsanoatqurilishmateriallari” O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2019 yil 4 dekabrdagi 05/13-3122-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘ovak beton issiqlik himoya xossalarini saqlab qolgan holda uning mustahkamligini 16-18% oshirish imkonini bergan;
g‘ovak beton xossalari va strukturasining fraktal o‘lchami orasidagi bog‘liqliqqa muvofiq uning mustahkamlik va issiqlik-texnik xossalarini tadqiq etishning fotooptik usuli mazkur «Ideal Invest Solutions» MChJga joriy etilgan (“O`zsanoatqurilishmateriallari” O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2019 yil 4 dekabrdagi 05/13-3122-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarilayotgan gazbeton bloklari sifatini baholash vaqti 2,7 marta kamaytirish imkoni yaratilgan;
g‘ovaklarning optimal joylashuviga muvofiq yacheykali beton fraktal o‘lchami va g‘ovakligi o‘rtasidagi bog‘lanishga asoslangan  beton qorishmasining 500 i 700  kg/m3 o‘rtacha zichlikdagi takomillashtirilgan tarkiblari va ishlab chiqarilgan g‘ovak beton konstruksiyalari sifatini nazorat qilish metodikasi «Ideal Invest Solutions» MChJga joriy etilgan (“O`zsanoatqurilishmateriallari” O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2019 yil 4 dekabrdagi 05/13-3122-son ma’lumotnomasi). Natijada, bloklarga ajratish jarayonida yuzaga keladigan nuqsonlarni 12%ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
fuqaro binolari issiqlik himoyasining II va III darajalari uchun g‘ovak betondan issiqlik izolyasiya va konstruksion-issiqlik izolyasiya materiallarining issiqlik himoya xossalariga qo‘yiladigan talablar «Ideal Invest Solutions» MChJga joriy etilgan (“O`zsanoatqurilishmateriallari” O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2019 yil 4 dekabrdagi 05/13-3122-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasining turli iqlimiy zonalaridagi fuqaro binolari uchun takomillashtirilgan strukturali g‘ovak betondan tashqi to‘siq konstruksiyalarini  ishlab chiqarishga erishilgan;
energiyasamarali binolarning oldindan belgilangan xossalar majmuiga ega g‘ovak betondan tashqi to‘siq konstruksiyalarini loyihalashning takomillashtirilgan metodologik asoslari «Ideal Invest Solutions» MChJga joriy etilgan (“O`zsanoatqurilishmateriallari” O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2019 yil 4 dekabrdagi 05/13-3122-son ma’lumotnomasi). Natijada, quruq issiq iqlim sharoitida fuqaro binolarining g‘ovak betondan tashqi devorlarini talab etilgan mustahkamlik va issiqlik himoya xossalari bilan ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish