Shayxiev Boburbek Ulug‘bekovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Transformatsiyalash jarayonida tijorat banklarining depozit bazasini mustahkamlash yo‘llari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6099
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadriddin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Sultanmuratova Dilrabo Shaylavbekovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi transformatsiya jarayonida tijorat banklarida depozit bazasini mustahkamlash yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari resurs bazasi barqarorligini ta’minlash maqsadida depozit siyosatini differensial foiz stavkalarini belgilashni va muddatli depozit mahsulotlarini optimallashtirish xamda depozit portfelini diversifikatsiya qilish orqali depozitlar hajmini oshirish hamda likvidlik tebranishlarini pasaytirish imkoniyati asoslangan;
tijorat banklarida omonatlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida depozit operatsiyalari bo‘yicha operasion xarajatlarning optimal chegarasini 10 foiz darajasida belgilash asoslangan;
tijorat banklarida uzoq muddatli depozitlarni jalb qilishni rag‘batlantirish hamda ularni uzoq muddatli kreditlar bilan muvofiqlashtirishda depozitlar qoplanish darajasini «yaxshi» (≥115%), «o‘rta» (105–114%) va «past» (<105%) toifalariga ajratgan holda belgilash taklif etilgan;
tijorat banklarining depozit bazasini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha ishlab chiqilgan optimistik ssenariysiga asoslangan 2030 yilga kadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transformatsiyalash jarayonida tijorat banklarining depozit bazasini mustahkamlash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari resurs bazasi barqarorligini ta’minlash maqsadida depozit siyosatini differensial foiz stavkalarini belgilashni va muddatli depozit mahsulotlarini optimallashtirish xamda depozit portfelini diversifikatsiya qilish orqali depozitlar hajmini oshirish hamda likvidlik tebranishlarini pasaytirish taklifi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 5-dekabrdagi 05-16/1216-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida depozitlarni boshqarish jarayoni mustahkamlanib, monitoring tizimi takomillashgani hisobiga mehnat sarfi 4,8 foizga, operatsion xarajatlar esa 1,2 foizga kamayishiga erishilgan;
tijorat banklarida omonatlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida depozit operatsiyalari bo‘yicha operatsion xarajatlarning optimal chegarasini 10 foiz darajasida belgilash taklifi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 5-dekabrdagi 05-16/1216-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2025-yil yakuniga ko‘ra yuridik shaxslar depozitlari 10,5 foizga va jismoniy shaxslar depozitlari 12,7 foizga oshishiga erishilgan;
tijorat banklarida uzoq muddatli depozitlarni jalb qilishni rag‘batlantirish hamda ularni uzoq muddatli kreditlar bilan muvofiqlashtirishda depozitlar qoplanish darajasini “yaxshi” (≥115%), “o‘rta” (105–114%) va “past” (<105%) toifalariga ajratgan holda belgilash taklifi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 5-dekabrdagi 05-16/1216-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida, uzoq muddatli depozitlar ulushi oshgan holda bankning transformatsiya riski kamaydi va bir yildan ortiq muddatli depozitlar hajmi 138 mlrd. so‘mga ko‘paygan;
tijorat banklarining depozit bazasini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha ishlab chiqilgan optimistik ssenariysiga asoslangan 2030-yilga kadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqish taklifi (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 5-dekabrdagi 05-16/1216-son ma’lumotnomasi). Mazkur model amaliyotga joriy etilgach, bankning uzoq muddatli resurslar strategiyasini takomillashtirish, depozit portfelining tarkibini aniqlashtirish va ularni boshqarish bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonining aniqligi oshgan.