Berdiev G‘ayrat Ibragimovichning
doktorlik (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyotda uy xo‘jaligi sektorini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt673.
Ilmiy maslahatchi: Mambetjanov Kaxramon Kurbandurdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.02.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Alisher Fayzievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rasulova Dilfuza Valievna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotda uy xo‘jaliklari sektorini davlat tomonidan tartibga solish va rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “uy xo‘jaligi sektorini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni aholi uy xo‘jaliklari iqtisodiy faoliyatini davlatning moliyaviy, soliq, ijtimoiy va huquqiy vositalari orqali muvofiqlashtirish, ularning daromad manbalari va iste’mol strukturasini barqarorlashtirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy muvozanatni ta’minlashga qaratilgan institutsional boshqaruv tizimi jihatidan takomillashtirilgan;
institutsional iqtisodiyot nazariyasi tamoyillari bilan uzviy bog‘liq holda iqtisodiy, sotsiologik va huquqiy yondashuvlarni o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi metodologik integratsiya modelini ishlab chiqish orqali uy xo‘jaliklari faoliyatini iqtisodiy faollik indeksi, ijtimoiy barqarorlik koeffisienti va huquqiy ta’minlanganlik darajasi asosida baholash tizimi takomillashtirilgan;
milliy iqtisodiyotdagi ichki tarkibiy o‘zgarishlar va iqtisodiy shoklar sharoitida uy xo‘jaliklari iqtisodiy faolligining YaIM o‘sishiga ta’sirini baholash imkonini beruvchi dinamik integratsiya modeli orqali uy xo‘jaliklari sektorini umumiy iqtisodiy o‘sishdagi hissasining (23% ≤ IO‘ux ≤ 26%) chegara diapazoni asoslangan;
davlat tomonidan tartibga solishning neoinstitusional va ijtimoiy iqtisodiyot nazariyalariga ko‘ra xorijiy davlatlar tajribasi asosida O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan innovatsion davlat-uy xo‘jaligi hamkorlik algoritmi orqali davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi iqtisodiy va ijtimoiy mexanizmlarning integratsiyasini ta’minlab, uy xo‘jaliklari sektorida samaradorlikni 15-18 foizga oshirish imkoni asoslangan;
“ustuvor rivojlanish nazariyasi” va “bandlik iqtisodiyoti konsepsiyasi” tamoyillariga muvofiq uy xo‘jaliklarining iqtisodiy faolligini oshirish uchun mehnat bozori, kichik biznes va mikromoliya institutlari bilan o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlovchi iqtisodiy rag‘batlantirish tizimini joriy etish asosida uy xo‘jaliklari real daromadlari hamda investision faolligini oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda uy xo‘jaliklari sektorining iqtisodiy faolligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni iqtisodiy-matematik modellashtirish hamda asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini kompleks miqdoriy baholash metodikasi asosida 2030-yilga qadar progonoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy iqtisodiyot (O‘zbekiston)da uy xo‘jaligi sektorini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra “uy xo‘jaligi sektorini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni aholi uy xo‘jaliklari iqtisodiy faoliyatini davlatning moliyaviy, soliq, ijtimoiy va huquqiy vositalari orqali muvofiqlashtirish, ularning daromad manbalari va iste’mol strukturasini barqarorlashtirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy muvozanatni ta’minlashga qaratilgan institutsional boshqaruv tizimi jihatidan takomillashtirish taklifidan 60410100–Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Guliston davlat universiteti rektorining 2025-yil 28-noyabrdagi "231-O" - sonli buyrug‘i asosidagi nashr ruxsatnomasi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 12-bandi ijrosini ta’minlashda ham foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi 06/02/10-558-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida uy xo‘jaliklari daromad manbalarini diversifikatsiya qilish, ularning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va oilaviy byudjetlarni boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha hududiy “Oilaviy iqtisodiyot maktablari” tarmog‘ini tashkil etish mexanizmi ishlab chiqildi. Shuningdek, ushbu yondashuv uy xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularning daromadlari barqarorligini ta’minlash va mahalliy byudjet daromad bazasini kengaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
Institusional iqtisodiyot nazariyasi tamoyillari bilan uzviy bog‘liq holda iqtisodiy, sotsiologik va huquqiy yondashuvlarni o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi metodologik integratsiya modelini ishlab chiqish orqali uy xo‘jaliklari faoliyatini iqtisodiy faollik indeksi, ijtimoiy barqarorlik koeffisienti va huquqiy ta’minlanganlik darajasi asosida baholash tizimini takomillashtirish taklifidan 60410100–Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Guliston davlat universiteti rektorining 2025-yil 28-noyabrdagi "231-O" - sonli buyrug‘i asosidagi nashr ruxsatnomasi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 3-bandi ijrosini ta’minlashda ham foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi 06/02/10-558-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida kambag‘allikdan chiqqan oilalarning ijobiy tajribasini monitoring qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini va huquqiy himoyalanganligini oshirish, tadbirkorlik subektlari bilan integratsiya qilish va moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash bo‘yicha maqsadli indikatorlar orqali rag‘batlantirish mexanizmi yaratildi;
Milliy iqtisodiyotdagi ichki tarkibiy o‘zgarishlar va iqtisodiy shoklar sharoitida uy xo‘jaliklari iqtisodiy faolligining YaIM o‘sishiga ta’sirini baholash imkonini beruvchi dinamik integratsiya modeli orqali uy xo‘jaliklari sektorini umumiy iqtisodiy o‘sishdagi hissasining (23%≤IO‘ux≤ 26%) chegara diapazonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 2-bandi ijrosini ta’minlashda ham foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi 06/02/10-558-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida uy xo‘jaliklari sektorining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi va iqtisodiy faolligini monitoring qilish mexanizmi takomillashtirilib, iqtisodiy o‘sishning hududlar kesimidagi asimmetriyasini qisqartirish va uy xo‘jaliklarining iste’mol-investisiya faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha metodik asoslar yaratil hamda iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda aholi daromadlarining o‘sishi va ularning iqtisodiy faolligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni inobatga oluvchi analitik tizim joriy etildi. Natijada, uy xo‘jaliklari sektorining iqtisodiy faolligini oshirish orqali mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlashga, daromadlar tengsizligini kamaytirishga hamda ichki bozor talabini mustahkamlashga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy model shakllantirildi.
Davlat tomonidan tartibga solishning neoinstitusional va ijtimoiy iqtisodiyot nazariyalariga ko‘ra xorijiy davlatlar tajribasi asosida O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan innovatsion davlat-uy xo‘jaligi hamkorlik algoritmi orqali davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi iqtisodiy va ijtimoiy mexanizmlarning integratsiyasini ta’minlab, uy xo‘jaliklari sektorida samaradorlikni 15-18%ga oshirish imkoni asoslangan 60410100–Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Guliston davlat universiteti rektorining 2025-yil 28-noyabrdagi "231-O" - sonli buyrug‘i asosidagi nashr ruxsatnomasi) hamda mazkur ilmiy natija O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 2- va 3-bandlarii ijrosini ta’minlash doirasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi 06/02/10-558-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi hamkorlikning institutsional mexanizmlari tizimlashtirilib, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning uy xo‘jaliklari manfaatlariga yo‘naltirilgan boshqaruv modeli ishlab chiqildi hamda ijtimoiy himoya, bandlik va iqtisodiy faollik siyosatlarini yagona mexanizm asosida muvofiqlashtirish imkonini beruvchi integratsion boshqaruv platformasi taklif etildi, natijada, uy xo‘jaliklari sektorining iqtisodiy samaradorligi, moliyaviy barqarorligi va ijtimoiy faolligi oshib, davlatning iqtisodiy siyosatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yanada takomillashtirildi;
“Ustuvor rivojlanish nazariyasi” va “bandlik iqtisodiyoti konsepsiyasi” tamoyillariga muvofiq uy xo‘jaliklarining iqtisodiy faolligini oshirish uchun mehnat bozori, kichik biznes va mikromoliya institutlari bilan o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlovchi iqtisodiy rag‘batlantirish tizimini joriy etish asosida uy xo‘jaliklari real daromadlari hamda investision faolligini oshirish taklifi 60410100–Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Guliston davlat universiteti rektorining 2025-yil 28-noyabrdagi "231-O" - sonli buyrug‘i asosidagi nashr ruxsatnomasi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ–12-son “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorining 1-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi 06/02/10-558-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida uy xo‘jaliklarining iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi iqtisodiy mexanizmlar tizimlashtirilib, mehnat bozori, mikromoliya va kichik biznes o‘rtasidagi institutsional integratsiya mexanizmi takomillashtirildi hamda aholining iqtisodiy faolligini barqarorlashtirish orqali real daromadlar o‘sishi va oilaviy investisiya salohiyatining kengayishi ta’minlandi. Natijada, bandlik darajasining oshishi, oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi hamda uy xo‘jaliklari sektorining milliy iqtisodiyotdagi faol roli mustahkamlandi.
O‘zbekistonda uy xo‘jaliklari sektorining iqtisodiy faolligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni iqtisodiy-matematik modellashtirish hamda asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini kompleks miqdoriy baholash metodikasi asosida 2030-yilga qadar progonoz ko‘rsatkichlari 60410100–Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Guliston davlat universiteti rektorining 2025-yil 28-noyabrdagi "231-O" - sonli buyrug‘i asosidagi nashr ruxsatnomasi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ–12-son “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorining 20-21-bandlarii ijrosini ta’minlash doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi 06/02/10-558-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida uy xo‘jaliklari sektorining iqtisodiy faolligi va uning YaIMdagi ulushi bo‘yicha prognozlashtirish tizimi yaratilgan hamda 2030-yilgacha milliy iqtisodiy siyosatni uy xo‘jaliklari sektorining o‘sish sur’atlariga moslashtirish va resurslarni samarali taqsimlash mexanizmi ishlab chiqilgan.