Ruzieva Shaxlo Raupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanish”, 08.00.11–“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.1.PhD/Iqt5164
Ilmiy rahbari: Sharopova Nafosat Radjabovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Shamshieva Nargizaxon Nosirxo‘ja qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasasining raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni universitet ichki salohiyati hamda tashqi omillarga moslashuvchanlik qobiliyati asosida yuqori darajadagi ta’lim xizmatlarini, barqaror brend qiymatini, ijtimoiy nufuzini va xalqaro miqyosdagi raqobatbardosh mavqeini shakllantirish va mustahkamlashni ta’minlaydigan murakkab tizimli jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalaridan foydalanish talabalar raqobatbardoshligini ta’minlashning xorijiy hamkorlik (0,16 ≤ XH ≤ 0,18), ish beruvchi xulosasi (0,114 ≤ IBX ≤ 0,135), to‘lov (0,07 ≤ T ≤ 0,09) vositalari ta’sirining maqbul diapazonlarini aniqlash orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha marketing strategiyasini shakllantirish mazkur jarayonda ijtimoiy tarmoqlar hamda kommunikatsiya strategiyalaridan foydalanishning «past daraja» (0,1 ≤ ITKSPD ≤ 0,55), «o‘rta daraja» (0,56 ≤ ITKSPD ≤ 0,75), «yuqori daraja» (0,76 ≤ ITKSPD ≤ 1,0) miqdoriy chegaralariga muvofiq dastaklarni qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi infratuzilmani rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, moliyaviy resurslarni samarali boshqarish va pedagogik salohiyatni mustahkamlash o‘rtasidagi ko‘p omilli regressiya modeli asosida talabalar hamda bitiruvchilar sonining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasasining raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni universitet ichki salohiyati hamda tashqi omillarga moslashuvchanlik qobiliyati asosida yuqori darajadagi ta’lim xizmatlarini, barqaror brend qiymatini, ijtimoiy nufuzini va xalqaro miqyosdagi raqobatbardosh mavqeini shakllantirish va mustahkamlashni ta’minlaydigan murakkab tizimli jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Qaror qabul qilishda marketing tadqiqotlari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2025-yil 22-noyabrdagi 465-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikka erishishni ta’minlaydigan murakkab tizimli jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “oliy ta’lim muassasasining raqobatbardoshligi” tushunchasi bo‘yicha talabalarning nazariy bilimlarini kengaytirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalaridan foydalanish talabalar raqobatbardoshligini ta’minlashning xorijiy hamkorlik (0,16 ≤ XH ≤ 0,18), ish beruvchi xulosasi (0,114 ≤ IBX ≤ 0,135), to‘lov (0,07 ≤ T ≤ 0,09) vositalari ta’sirining maqbul diapazonlarini aniqlash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirli tomonidan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 19-dekabrdagi 20/01-01-609-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanish darajasi 17 foizga oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha marketing strategiyasini shakllantirish mazkur jarayonda ijtimoiy tarmoqlar hamda kommunikatsiya strategiyalaridan foydalanishning «past daraja» (0,1 ≤ ITKSPD ≤ 0,55), «o‘rta daraja» (0,56 ≤ ITKSPD ≤ 0,75), «yuqori daraja» (0,76 ≤ ITKSPD ≤ 1,0) miqdoriy chegaralariga muvofiq dastaklarni qo‘llash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirli tomonidan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 19-dekabrdagi 20/01-01-609-sonli ma’lumptnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ijtimoiy tarmoqlar hamda kommunikatsiya strategiyalaridan foydalanishning miqdoriy chegaralariga muvofiq dastaklarni qo‘llash orqali oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha marketing strategiyasini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi infratuzilmani rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, moliyaviy resurslarni samarali boshqarish va pedagogik salohiyatni mustahkamlash o‘rtasidagi ko‘p omilli regressiya modeli asosida talabalar hamda bitiruvchilar sonining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 19-dekabrdagi 20/01-01-609-sonli ma’lumptnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Buxoro viloyatida jami talabalar soni 2030-yilda 180 mingga yetishi, bitiruvchilar soni18 mingdan ortishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish