Egamov Temur Muzaffarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqalar iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5845.
Ilmiy rahbar: Rajabov Alibek Xushnudbekovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa  doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Mullabaev Baxtiyorjon Bulturbaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Norboev Sarvar Azodovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirishga  qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni kamaytirishga raqamli transformatsiya – DT (Digital Transformation), inson kapitali rivojlanishi – HCD (Human Capital Development), IFR (Investment and Financial Resources) omillarini bilvosita ijobiy ta’siri (indirect effect), infratuzilma sifati – IQ (Infrastructure Quality), innovatsiya va texnologiyalarni qabul qilish – ITA (Innovation and Technology Adoption) omillarini bevosita ijobiy ta’siri (direct effect) ustuvorligini tavsiflovchi SEM (Structural Equation Modeling) modeli taklif etilgan; 
mintaqa shahar va tumanlarini iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari asosida “K-means” klasterlash usuli bo‘yicha “past tafovutli guruh – (Urganch sh., Urganch)”,  “o‘rta tafovutli guruh – (Hazorasp, Xonqa, Gurlan, Shovot, Xiva)”, “yuqori tafovutli guruh – (Bog‘ot, Qo‘shko‘pir, Xiva sh., Yangiariq, Tuproqqal’a, Yangibozor)” ga ajratish taklif etilgan; 
mintaqalar iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni kamaytirishda “ADF” va “PP” birlik ildiz test natijalari, uzoq va qisqa muddatli ta’sirlarni baholash asosida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmiga mos ravishda qisqa muddatli (+0.11%; +0.23%; +0.77%) va uzoq muddatli (+5.61%; +7.03%; +4.26%) ta’sir darajasini aniqlash modeli taklif etilgan; 
mintaqa iqtisodiy rivojlanishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni kamaytirishga raqamli transformatsiya – DT (Digital Transformation), inson kapitali rivojlanishi – HCD (Human Capital Development), IFR (Investment and Financial Resources) omillarini bilvosita ijobiy ta’siri (indirect effect), infratuzilma sifati – IQ (Infrastructure Quality), innovatsiya va texnologiyalarni qabul qilish – ITA (Innovation and Technology Adoption) omillarini bevosita ijobiy ta’siri (direct effect) ustuvorligini tavsiflovchi SEM (Structural Equation Modeling) modeli bo‘yicha berilgan taklifi Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 11-apreldagi 191-12-0-Q/25-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 29-dekabrdagi 06-15-09/14117-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqa iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni kamaytirishga raqamli transformatsiya, inson kapitali rivojlanishi hamda investisiya va moliyaviy resurslar omillari orqali bilvosita ijobiy ta’sir darajasini, infratuzilma sifati, innovatsiya va texnologiyalarni qabul qilish omillari orqali esa bevosita ijobiy ta’sirlarini shuningdek, ushbu ta’sirlar orqali yuqoridagi omillarning umumiy ta’sir darajalarini aniqlash imkonini bergan;
mintaqa shahar va tumanlarini iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari asosida “K-means” klasterlash usuli bo‘yicha “past tafovutli guruh – (Urganch sh., Urganch)”,  “o‘rta tafovutli guruh – (Hazorasp, Xonqa, Gurlan, Shovot, Xiva)”, “yuqori tafovutli guruh – (Bog‘ot, Qo‘shko‘pir, Xiva sh., Yangiariq, Tuproqqal’a, Yangibozor)” ga ajratish bo‘yicha berilgan taklifi Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 11-apreldagi 191-12-0-Q/25-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 29-dekabrdagi 06-15-09/14117-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqa shahar va tumanlarini iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari asosida klasterlarga (sinflarga) ajratish hamda ular iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni kamaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash imkoniyati yaratilgan;
mintaqalar iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni kamaytirishda “ADF” va “PP” birlik ildiz test natijalari, uzoq va qisqa muddatli ta’sirlarni baholash asosida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmiga mos ravishda qisqa muddatli (+0.11%; +0.23%; +0.77%) va uzoq muddatli (+5.61%; +7.03%; +4.26%) ta’sir darajasini aniqlash modeli bo‘yicha berilgan taklifi Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 11-apreldagi 191-12-0-Q/25-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 29-dekabrdagi 06-15-09/14117-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqa iqtisodiy rivojlanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmiga uzoq va qisqa muddatli ta’sirini hisoblash va bu orqali mintaqani iqtisodiy rivojlantirish uchun aniq instrumentlarni belgilash imkonini bergan;
mintaqa iqtisodiy rivojlanishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlarini bo‘yicha berilgan takliflar Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 11-apreldagi 191-12-0-Q/25-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 29-dekabrdagi 06-15-09/14117-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2026-2030-yillar davr oralig‘ida mintaqa yalpi hududiy mahsulot hajmini 1.36 marta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmini 1.23 marta, sanoat mahsuloti hajmini 1.43 marta hamda chakana savdo tovar aylanmasi hajmini 1.34 marta oshishi imkoniyatini asoslash orqali mintaqa iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish