Temirov Azamat Avazxon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Arrali jinning ta’minlagich konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash 05.02.03 “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5935 
Ilmiy rahbar: Raxmonov Xayriddin Qodirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” DSc.08/2025.27.12.T.14.01    
Rasmiy opponentlar: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutidan texnika fanlari doktori, professor Rosulov Ruzimurod Xasanovich, Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot institutidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim Esanov Anvar Axmatovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani jinlashda arrali jin uskunasiga paxta xomashyosini bir tekis holda, meʼyorda va uzlyuksiz taʼminlab berish orqali arrali jin mashinasining ishlash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’minlash valiklaridagi yuklamani kamaytirish hamda tola ajratish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi diametri 110mm bo‘lgan bufer barabani va uning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
yangi konstruksiyada 110 mm diametrdagi bufer barabani ta’minlagich shaxtasida taʼminlash valiklari oʼqidan tanlab olingan bazaviy masofa 300mm balandlikda oʼrnatilganligi hisobiga arrali jinning samaradorlik ko‘rsatkichlarining oshganligi aniqlangan;
buferli barabanini o‘rnatish orqali olingan natijalarda bir xil sifat ko‘rsatkichlariga ega paxta xomashyosida bir soatda jindan chiqadigan tola miqdori amaldagiga nisbatan 39 kg ga ko‘payganligi aniqlangan;
takomillashtirilgan ta’minlagichga ega bo‘lgan arrali jinni korxonada joriy qilinganda paxta xomashyosini arrali jin ishchi kamerasiga muqobil uzatib berilishi orqali jinlash jarayonidan olinadiga tolaning o‘rtacha 1,5 % qismi bir sinfga oshgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta xomashyosini arrali jinlash uskunasi ta'minlagichlarining konstruksiyasini takomillashtirish orqali ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan arrali jinning ta'minlagichi “Boyovut techno cluster” MChJ korxonasiga 2024 yilda joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 30 yanvar №03/25-212-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqotning korxonaga joriy etilishi natijasida paxta xomashyosini arrali jin ishchi kamerasiga muqobil uzatib berilishi orqali jinlash jarayonidan olinadiga tolaning o‘rtacha 1,5 % qismi bir sinfga oshirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish