Qabilov Bekzod Uktam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kultivator yig‘ma ishchi organining resursini oshirish” 05.07.02–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2936
Ilmiy rahbar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12. T.03.02
Rasmiy opponentlar: Qosimov Karimjon, texnika fanlari doktori, professor Rustamov Raxmatali, texnika fanlari doktori, professor tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga loyiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: Resursi yuqori bo‘lgan yig‘ma ishchi organlarni qo‘llash hisobiga ekinlarning qator oralariga ishlov berishda ish sifati va unumini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zaxira sirtlari hisobiga yuqori resurslikni ta’minlovchi tumshug‘i va modulli qanotlari mustaqil almashinuvchan yassi paralellogramm shaklidagi, panjaning yig‘ma konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
tuzilmali panja resursining 2 martagacha yuqori bo‘lishi shartidan kelib chiqqan holda modullarining ratsional shakli o‘ta mastaxkamlik va ishonchliligini ta’minlovchi zaxirasining parametrlari aniqlangan;
tuzilmali panja resursini oshirish va ish sifatini ta’minlash shartidan uning qamrash kengligi, modulining uvalash va ochilish burchaklari, uzunligi, eni, xavfli kesimining maqbul qiymatlarini aniqlash uchun analitik bog‘lanishlar olingan;
tuzilmali panja moduli ustarasining eyilish jadalligi va miqdorining bajarilgan ish xajmiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlarini ifodalovchi empirik bog‘lanishlarning matematik modellar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitida ekin qator oralariga ishlov berishda qo‘llaniladigan kultivatorlarning ish organlarini takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kultivator yig‘ma ishchi organi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-texnik echimga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intelektual mulk markazi”ning “Tuproqqa ishlov beruvchi yig‘ma ishchi organ” (FAP 02305-2023 y) uchun foydali modelga patenti olingan. Natijada kultivator yig‘ma ishchi organining konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
Ekinlari qator oralariga ishlov berish uchun ishlab chiqilgan kultivatorning yig‘ma ishchi organining nusxalari Jizzax viloyatining Sh.Rashidov va Zafarobod tumanlari fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 28-avgust 05/01-05/02-05/04-02-884-son ma’lumotnomasi). Natijada ekin qator oralariga ishlov berishda yonilg‘i sarfi 1,17-1,18 martaga va foydalanishdagi harajatlar 21-23 foizga kamaygan;
Ishlab chiqilgan takomillashtirilgan kultivatorning yig‘ma ishchi organning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 28-avgust 05/01-05/02-05/04-02-884-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega takomillashtirilgan kultivatorning yig‘ma ishchi organini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.