Ubaydullaev Farxod Baxtiyarullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oddiy soxta kashtan va yapon soforasi ko‘chatlarini etishtirishning agrotexnikasini yaratish”, 06.03.01– O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx193.
Ilmiy rahbar: Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Farxod Isomiddinovich,biologiya fanlari doktori; Hamroev Husen  Fatulloevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oddiy soxta kashtan (Aesculus hippocastanum L.) va yapon soforasi (Sophora japonica L.) standart urug‘ko‘chatlarini etishtirishning ilg‘or agrotexnikasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba O‘zbekistonda oddiy soxta kashtan va yapon soforasi urug‘larining unib chiqish qobiliyatini oshirish va urug‘ko‘chatlarining o‘sishiga geteroauksin eritmasining maqbul konsentratsiyali me’yorlari aniqlangan;
oddiy soxta kashtan urug‘ko‘chatlarining parvarishlashda o‘sish sur’atini oshirishga va sifatini yaxshilashga gibberellin o‘stiruvchi moddasining maqbul konsentratsiyali eritma me’yorlari va uni qo‘llash muddatlari aniqlangan;
urug‘ko‘chatlarni sug‘orishning samarali muddati va me’yorlari aniqlangan;
oddiy soxta kashtan va yapon soforasi urug‘ko‘chatlarining o‘sishiga va sifatiga mineral o‘g‘itlarning maqbul me’yorlari va ularni qo‘llash muddati aniqlangan;
oddiy soxta kashtan va yapon soforasi urug‘ko‘chatlarining turli organlaridagi asosiy ozuqa elementlarining miqdori va ko‘chatzor tuprog‘ida harakatdagi ozuqa moddalar miqdori aniqlangan;
oddiy soxta kashtan va yapon soforasi urug‘ko‘chatlarining hisob-texnologik xaritasi ishlab chiqilgan va u asosida iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oddiy soxta kashtan va yapon soforasi standart ko‘chatlarini etishtirishda parvarishlashning ilg‘or agrotexnikasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijalari asosida:
“Oddiy soxta kashtan va yapon soforasi ko‘chatlarini jadal etishtirish agrotexnikasi bo‘yicha” tavsiyanoma tayyorlanib, ushbu tavsiyanoma O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 26 noyabrdagi 03/18-4024-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Burchmullo” davlat o‘rmon xo‘jaligining ko‘chatzorida 10 ming donadan ziyod oddiy soxta kashtan va yapon soforasining standart urug‘ko‘chatlari etishtirilgan.
Toshkent viloyatining Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligida Soxta kashtan urug‘ko‘chatlarini parvarishlashda N120P90K30 mineral o‘g‘itlar va 75mg/l konsentratsiyada gibberllin purkash agrotexnikasi, yapon soforasi urug‘ko‘chatlariga N60P30K30 mineral o‘g‘itlarini berish agrotexnikasi joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 26 noyabrdagi 03/18-4024-son ma’lumotnomasi). Natijada, 10 ming dona oddiy soxta kashtan urug‘ ko‘chatidan 249890898 so‘m, 10 ming dona yapon soforasi o‘rug‘ko‘chatlaridan olingan daromad 99939693 so‘mga teng bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish