Mardonaqulov Sharofuddin O‘ralovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alyuminiy-kremniy qotishmasidan eyilishbardoshligi yuqori bo‘lgan quyma mahsulotlar olishda matematik model asosidagi resurs tejamkor texnologiyani takomillashtirish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi” hamda 05.02.02-“Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6325
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat Texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Karimov Kamolxon Abbosovich, texnika fanlari doktori, professor; To‘raxo‘jaeva Shirinxon Nodir qizi, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: F.R.Norxudjaev texnika fanlari doktori, professor, X.A.Axmedov texnika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi alyuminiy-kremniy qotishmasidan eyilishbardoshligi yuqori bo‘lgan quyma mahsulotlar olishda matematik model asosidagi resurs tejamkor texnologiyani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alyuminiy-kremniy qotishmalarini suyuqlantirishning resurs tejamkor texnologiyasi pech vannasi yuzasida hosil bo‘lgan oksid pardoning yaxlitligini ta’minlash asosida metallning kislorod bilan orasida to‘siq hosil qilish yordamida takomillashtirilgan;
matematik model asosida alyuminiy-kremniy qotishmasini qolipga quyish texnologiyasi kovshning yuzasidagi oksidlarning qolip ichiga tushishini bartaraf etish uchun uning yuzasini qisman berkitish asosida bir me’yorda quyishni ta’minlash yordqamida takomillashtirilgan;
alyuminiy-kremniy qotishmasidan kichik xajmdagi quyma mahsulotlar olishda kovshdan kovshdan qolipga suyuq metallni quyishning jo‘mrakli texnologiyasi kovsh ichidagi metal xajmi bilan qolip xajmini me’yorlash asosida xajmlarning mutanosibligini ta’minlash yirdamida takomillashtirilgan;
alyuminiy-kremniy qotishmasidan eyilishbardosh quyma mahsulotlar olish texnologiyasi quymaning qolip ichida kristallanishini boshqarish asosida yo‘naltirilgan kristallar hosil qilish yordamida takomillashtirilgan;
alyuminiy-kremniy qotishmalarini suyuqlantirishda shixtani yuklash uchun qo‘llaniladigan mahsus quvurning pech vannasiga nisbatan og‘ish burchagi shixtaning vannaga tushushida hosil bo‘ladigan to‘lqinlanishning qiymatlari asosida vanna yuzasidagi oksid pardoning yaxlitligini saqlash yordamida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alyuminiy-kremniy qotishmasidan eyilishbardoshligi yuqori bo‘lgan quyma mahsulotlar olishda matematik model asosidagi resurs tejamkor texnologiyani takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
alyuminiy-kremniy qotisshmalarini suyuqlantirishning resurs tejamkor texnologiyasi „O‘zbekiston texnologik metallar kombinati“ AJ ga joriy etilgan («O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJ ning 28 noyabr 2025 yildagi №03/03-2108-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida alyuminiy ko‘rinishidagi metal yo‘qotisshlar midori 7-9 % ga kamaygan;
matematik model asosida alyuminiy-kremniy qotishmasini qolipga quyish texnologiyasi „O‘zbekiston texnologik metallar kombinati“ AJ ga joriy etilgan («O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJ ning 28 noyabr 2025 yildagi №03/03-2108-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida quymaning eyilishbardoshligi 9-11 % ga oshgan;
alyuminiy-kremniy qotishmasidan kichik xajmdagi quyma mahsulotlar olishda kovshdan kovshdan qolipga suyuq metallni quyishning jo‘mrakli texnologiyasi „O‘zbekiston texnologik metallar kombinati“ AJ ga joriy etilgan («O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJ ning 28 noyabr 2025 yildagi №03/03-2108-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida metallning sachrashi oqibatida bo‘ladigan resurs yo‘qotishlar 12-14 % ga kamaygan.