Jolimbetova Raviya Majit qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘istonda g‘o‘zaning kolleksion navlari asosida o‘rtacha sho‘rlangan tuproq sharoitiga bardoshli ashyolar yaratish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Qx1666
Ilmiy rahbar: Aytjanov Baxıtjan Uzakbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.10.01.
Rasmiy opponentlar: Xojambergenov Nasim Mamenovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdumalikov Ulug‘bek Ziyodilla o‘g‘li, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘istonning o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida PSUEAITI g‘o‘za kolleksiyasida mavjud bo‘lgan Xitoy, Afrika, Avstraliya, Hindiston, Pokiston va AQSh davlatlaridan keltirilgan kolleksion nav, namunalarni mahalliy navlar bilan duragaylash asosida tezpishar, mahsuldor hamda tolasi IV tipga mansub bo‘lgan boshlang‘ich ashyolar yaratish va amaliy seleksiya uchun tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
birinchi marotaba Qoraqalpog‘istonning o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida PSUEAITI g‘o‘za kolleksiyasida mavjud bo‘lgan  G.hirsutum L. turiga mansub Xitoy, Afrika, Avstraliya, Hindiston, Pokiston, AQSh nav, namunalari va mahalliy navlar ishtirokida olingan duragaylarni asosiy qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholangan; 
xorijiy nav, namunalar ishtirokida olingan duragaylarni  Qoraqalpog‘istonning o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida bardoshli avlodlari aniqlanib, F1 duragaylarda oilalar bo‘yicha F2 duragay avlodlarda yakka tanlovlar bo‘yicha ajratib olingan; 
Qoraqalpog‘istonning o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoiti erlarda ekolo-geografik uzoq nav, namunalar va mahalliy navlar ishtirokida olingan  F1-F2-F3 avlodlarda asosiy xo‘jalik belgilarining irsiylanishi  o‘zgaruvchanligi matematik tahlil qilinib, vilt kasalligiga bardoshli yangi shakllar ajratib olingan;
ekolo-geografik uzoq, ya’ni Xitoy, Afrika, Avstraliya, Hindiston, Pokiston, AQSh nav, namunalari va mahalliy navlar ishtirokida olingan duragaylarning qimmatli xo‘jalik belgilarini yuqori ko‘rsatkichlarini bir genotipda jipslash va olingan seleksion ashyolarni tezpisharlik va vilt bilan zararlanishini boshqa ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari bilan korrelatsion bog‘lanishi aniqlangan;
xorijiy nav, namunalar ishtirokida olingan duragaylardan Qoraqalpog‘istonning o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida tezpishar, mahsuldor, tola chiqimi va sifati yuqori bo‘lgan yangi ajratib olingan oilalar boshlang‘ich ashyo sifatida tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘istonning o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida g‘o‘za kolleksiyasida mavjud bo‘lgan ekolo-geografik uzoq, ya’ni Xitoy, Afrika, Avstraliya, Hindiston, Pokiston va AQSh davlatlaridan keltirilgan kolleksion nav, namunalarni mahalliy navlar bilan duragaylash asosida tezpishar, mahsuldor hamda tolasi IV tipga mansub bo‘lgan yangi seleksion ashyo yaratishdagi ahamiyati bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Tadqiqotlarda ekolo-geografik uzoq bo‘lgan nav, namunalari, mahalliy navlar va F3 duragay oilalari hamda andoza S-4727 navidan olingan namunalarda tolaning ip yigiruvchanlik koeffisienti SCI, mikroneyr Mic, tola uzunligi (dyuym), solishtirma nisbiy uzulish kuchi Str (g/tex) va tola birxilligi UI (%) kabi ko‘rsatkichi sifat ko‘rsatkichi tahlil qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 8-iyul 02/017-2274-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tola sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha mikroneyri 4,3-4,5, tola uzunligi 1,19 dyuym va undan yuqori tolasi IV tipga mansub, yangi oilalar ajratib olingan hamda tezpishar, mahsuldor, Qoraqalpog‘istonning o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida mos bo‘lgan o‘simliklar tanlab olingan;
G‘o‘zani xorijiy davlatlaridan keltirilgan kolleksion nav, namunalarni mahalliy navlar bilan duragaylash Qoraqalpog‘istonni o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida olingan F3 oilalarida tezpisharlik belgisi ko‘saklar yirikligi va tola chiqimi ijobiy, ko‘saklar soni va mahsuldorligi bilan salbiy holatda bog‘langanligi hamda vilt bilan zararlanishi bo‘yicha tezpisharlik va tola chiqimi belgilari bilan ijobiy, mahsuldorlik va tola uzunligi belgilari bilan salbiy bog‘liqliklar mavjudligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu jarayonda vegetatsiya davri va vilt kasalligi bilan nisbatan yuqori ijobiy bog‘langan oilalar ajratib olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 8-iyul 02/017-2274-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘simlik o‘suv davri va vilt bilan zararlanishi bilan boshqa qimmatli-xo‘jalik belgilari ijobiy tomonga o‘zgarishi isbotlangan; 
Qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha seleksion tanlovlar asosida ajratib olingan duragaylaridan F3 (Xitoy. 06058 x KK-3535) kombinatsiyasi va F3 (AQSh. 011571xSulton) kombinatsiyalarini 4 ta oilalarining tezpisharligi, bir tup o‘simlik mahsuldorligi, tola chiqimi, tola indeksi va tola uzunligi bo‘yicha andoza S-4727 navidan yuqori bo‘lganligi hamda ushbu oilalarni boshlang‘ich ashyolar sifatida tavsiya etilgan. Mazkur yangi oilalar Qoraqalpog‘iston dehqonchilik institutning tajriba xo‘jaligida 1,3 gektar maydonda ko‘paytirilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 8-iyul 02/017-2274-sonli ma’lumotnomasi). Natijada F3 (Xitoy. 06058 x KK-3535) kombinatsiyasini 4 ta oilalarida tezpisharligi 109 kundan, 113 kungacha, bir tup o‘simlik mahsuldorligi 88,4 grammdan, 92,6 grammgacha, tola chiqimi 38,5 foizdan, 40,2 foizgacha, tola indeksi 7,8 grammdan, 8,1 grammgacha va tola uzunligi 1,16 dyuymdan, 1,19 dyuymgacha hamda F3 (AQSh. 011571xSulton) kombinatsiyasini 4 ta oilalarni vegetatsiya davri 110-113 kun, bir tup o‘simlik mahsuldorligi 82,7-98,4 gramm, tola chiqimi 38,8-40,0 foiz, tola indeksi 7,8-8,3 gramm va tola uzunligi 1,17-1,22 dyuym bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish