Xikmatov Jamshid Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soyaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga o‘g‘itlar qo‘llash usullari va me’yorlarining ta’siri (Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx1333
Ilmiy rahbar: Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yormatova Dilorom Yormatovna, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Maxmudov O‘tkir Haydarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida soyaning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, donining texnologik sifat ko‘rsatkichlari va simbiotik faoliyatiga mineral o‘g‘itlar me’yorlari fonida suspenziya qo‘llashning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ilk bor Toshkent viloyatining o‘tloqi – botqoq tuproqlari sharoitida soyaning “Nurafshon” navidan yuqori va sifatli don hosili etishtirish uchun mineral o‘g‘itlarning N30 P90 K60 kg/ga me’yorlari qo‘llanilgan fonda o‘simlikning shonalash, gullash va dukkak hosil qilish davrlarida Fitovak stimulyatori, karbamid o‘g‘iti va IFO MACROMIX murakkab o‘g‘itlarini qo‘shib suspenziya shaklda bargdan oziqlantirish maqbul ekanligi aniqlangan;
soyani parvarishlashda mineral o‘g‘itlarning P90 K60 va N30 P90 K60 kg/ga me’yorlariga qo‘shimcha ravishda Fitovak stimulyatori, karbamid o‘g‘iti va IFO MACROMIX murakkab o‘g‘itlarini alohida-alohida yoki birgalikda qo‘shib suspenziya holatida qo‘llanilishi o‘simlikning quruq massa to‘plashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, pishish davrida mineral o‘g‘itlar hisobiga bir tup o‘simlikning umumiy quruq massasi 6,1 – 13,0 g ga, bargdan oziqlantirish tadbirini o‘tkazilishi hisobiga 1,0 – 6,7 g ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
soyada mineral o‘g‘itlarning P90 K60 va N30 P90 K60 kg/ga me’yorlarda qo‘llanilishi va qo‘shimcha ravishda bargdan oziqlantirish tadbirlarini o‘tkazilishi o‘simlikning pastki qismidagi dukkaklarining joylashish balandligiga ta’sir ko‘rsatib, mineral o‘g‘itlar hisobiga o‘g‘isiz fonda parvarish qilinganga nisbatan pastki dukkaklarning joylashish balandligi 1,2 – 2,3 sm ga, Fitovak stimulyatori, karbamid o‘g‘iti va IFO MACROMIX murakkab o‘g‘itlarini o‘zlarini alohida-alohida yoki birgalikda soyani bargidan oziqlantirilishi hisobiga 0,3 – 1,1 sm gacha yuqoriroqda joylashganligi aniqlangan;
mineral o‘g‘itlar me’yorlari va bargidan oziqlantirishning soya o‘simligi ildizida shakllanadigan tuganaklar soni va vazniga ta’sir ko‘satib, mineral o‘g‘itlar qo‘llanilishi hisobiga o‘simlik ildizidagi tuganaklar soni dukkak hosil qilish davrida 15,8 – 32,1 dona/o‘simlik, vazni 0,24 – 0,43 g/o‘simlikka, Fitovak stimulyatori, karbamid o‘g‘iti va IFO MACROMIX murakkab o‘g‘itlarini o‘zlarini alohida-alohida yoki birgalikda suspenziya shaklida bargidan oziqlantirilishi hisobiga o‘simlik ildizidagi tuganaklar soni 3,7 – 11,6 dona/o‘simlik, vazni 0,05 – 0,20 g/o‘simlikka yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
don hosildorligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar mineral o‘g‘itlarning N30 P90 K60 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda kuzatilib (31,7 – 40,2 s/ga), Fitovak stimulyatori, karbamid o‘g‘iti va IFO MACROMIX murakkab o‘g‘itlarini birgalikda qo‘shib suspenziya shaklida qo‘llanilgan variantlarda esa 38,6 – 40,2 s/ga ni tashkil etganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatining o‘tloqi botqoq tuproqlari sharoitida soyaning “Nurafshon” navini asosiy ekin sifatida etishtirishda mineral o‘g‘itlar me’yorlariga bog‘liq holda bargidan oziqlantirish tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
soyaning “Nurafshon” navini asosiy ekin sifatida parvarishlashda mineral o‘g‘itlar me’yorlariga bog‘liq holda bargidan oziqlantirish tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan “Soyaning “Nurafshon” navini parvarishlashda mineral o‘g‘itlar me’yorlari va suspenziya qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 8-yanvardagi №05/05-03-7-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma viloyatdagi mavjud fermer xo‘jaliklari va klasterlarida soya etishtirish uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
bahorgi muddatda soyaning “Nurafshon” navini parvarishlashda turli mineral o‘g‘itlar me’yorlari fonida o‘simlikning shonalash, gullash va dukkak hosil qilish davrlarida Fitovak immunostimulyatori va IFO MACROMIX murakkab o‘g‘itlarini o‘zlarini alohida-alohida yoki birgalikda suspenziya shaklida bargidan oziqlantirish texnologiyasi O‘rtachirchiq tumanidagi “Jumanov Mirzaxmad” fermer xo‘jaligining 3,0 gektar, “Abdulla Abduxoliq” fermer xo‘jaligining 5,0 gektar maydonida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 8-yanvardagi №05/05-03-7-son ma’lumotnomasi). Natijada, soyani don hosildorligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar mineral o‘g‘itlarning N30 P90 K60 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda o‘simlikning shonalash davrida Fitovak immunostimulyatori 300 ml/ga + IFO MACROMIX murakkab o‘g‘iti 1,0 l/ga, gullash va dukkak hosil qilish davrida Fitovak immunostimulyatori 400 ml/ga + IFO MACROMIX murakkab o‘g‘itini 1,0 l/ga me’yorlarda bargidan suspenziya shaklida qo‘shib qo‘llanilgan variantdan olinib, 37,6 – 39,5 s/ga ni tashkil etgan holda bargdan oziqlantirish o‘tkazilmagan variantga nisbatan 6,7 – 7,5 s/ga miqdorida qo‘shimcha don hosili olishni ta’minlagan va rentabellik darajasi nazorat variantiga nisbatan 36,0 – 38,1 % ga yuqori bo‘lgan;
soyaning “Nurafshon” navini parvarishlashda mineral o‘g‘itlarning N30 P90 K60 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda o‘simlikning shonalash, gullash va dukkak hosil qilish davrlarida karbamid o‘g‘iti asosida tayyorlangan suspenziya va Fitovak immunostimulyatorini o‘zlarini alohida-alohida yoki birgalikda suspenziya shaklida bargidan oziqlantirish texnologiyasi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Markaziy tajriba uchastkasining 2,5 gektar maydonida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 8 yanvardagi №05/05-03-7-son ma’lumotnomasi). Natijada, soyaning shonalash davrida Fitovak immunostimulyatori 300 ml/ga + karbamid o‘g‘iti 3,0 kg/ga, gullash va dukkak hosil qilish davrida Fitovak immunostimulyatori 400 ml/ga + karbamid o‘g‘itini 5,0 kg/ga me’yorlarda qo‘shib qo‘llanilgan variantdan 35,9 – 38,1 s/ga miqdorida don hosili olinib, bargdan oziqlantirish o‘tkazilmagan variantga nisbatan 5,1 – 6,1 s/ga miqdorida qo‘shimcha don hosili olishni ta’minlagan va rentabellik darajasi suspenziya qo‘llanilmagan variantga nisbatan 31,7 – 33,7 % ga yuqori bo‘lgan.