Toshboev Xujamberdi Mingyasharovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Etilen monomerini pirogaz tarkibidan ajratib olish va gazni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3019.
Ilmiy rahbar: Nurullaev Shavkat Payzievich, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Saydaxmedov Shamshidinxo‘ja Muxtorovich, texnika fanlari doktori, professor; Xurmamatov Abdug‘affor Mirzabdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: etilen monomerini pirogaz tarkibidan ajratib olish va gazni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etilenni ishlab chiqarish uchun hozirgi kunda qo‘llanilayotgan uglevodorodlarni yuqori haroratlarda piroliz qilish jarayonini atmosfera bosimi ostida 600 ÷ 850 ℃ harorat oralig‘ida, 6÷12 sekund vaqt ichida piroliz qilish rejimlariga o‘zgartirish orqali etilen monomerini hosil bo‘lishi 32,65 % dan 33,325 % gacha oshishi asoslangan;
piroliz jarayonida uglevodorodlarning keraksiz polimerlanish reaksiyalariga uchrashini to‘xtatish maqsadida petroflow markali ingibitorlar tanlanib, 0,5-1,5 % miqdorlarda qo‘shish maqsadga muvofiqligi isbotlangan; 
piroliz jarayoni mahsulotini deetanizator kub reboylerlariga kirishida kolonnaning quyi qismidan chiquvchi oqimlarga polimerlanishni kamaytiruvchi ingibitorni purkab turish tavsiyasi  ilmiy asoslangan;
etilen monomerini pirogaz tarkibidan ajratish jarayonida “sariq moy” ajralish sig‘imini  35 m3 hajmliga almashtirish orqali etilen monomerini pirogaz tarkibidan tozaroq va tezroq ajralishi isbotlangan;
etilenni monomerini pirogaz tarkibidan ajratib olish texnologiyasini takommillashtirish orqali  issiqlikni utilizasiya qilib turish, atsetilen miqdorini 7÷8 rrm gacha pasaytirib, etilen sifatini oshirish, asosiy mahsulotlarni hosil bo‘lish darajasini 65÷70% gacha ko‘tarish va koks hosil bo‘lishini kamaytirishga yo‘nalganligi, etilen monomerini hosil bo‘lish miqdori 33,466 % gacha bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Etilen monomerini pirogaz tarkibidan ajratib olish va texnologik qurilmani takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
etilen monomerini pirogaz tarkibidan ajratish jarayonida “sariq moy”ni hosil bo‘lishini kamaytirish usuli “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” MChJda amaliyotga joriy qilingan (“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJning 2024-yil 16-avgustdagi 030/3390-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “sariq moy”ni ajratib olish jarayonida hajmi 35 m3 sig‘imli idishdan foydalanish bu turdagi moyni ishqordan separatorda ajratib olish vaqtini 2,0 soatga kamaytirish imkonini bergan;
etilen monomerini pirogaz tarkibidan ajratib olishning takomillashtirilgan texnologiyasi “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” MChJda amaliyotga joriy qilingan (“Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” MChJning 2024-yil 16-avgustdagi 030/3390-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonga keraksiz polimerlanishga qarshi  petroflov markali yangi avlod ingibitori tanlanib, 0,5-1,5 % miqdorda qo‘shish maqsadga muvofiq ekanligi aniqlangan, optimallashtirilgan parametr va takomillashtirilgan texnologiya asosidagi etilen monomeri chiqish miqdori 32,65 % dan 33,466 % gacha oshishiga imkon bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish