Muxammadiev Salmon Muxtor o‘glining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ba’zi 3d-metallarning gidroksibenzoy kislota hosilalari asosidagi aralash ligandli koordinatsion birikmalari sintezi va tadqiqoti», 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K984.
Ilmiy rahbar: Daminova Shahlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi “O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.12.05.
Rasmiy opponentlar: Trobov Xamza Tursunovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nazarov Yusufjon Eshqobilovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: ba’zi 3d-metallarning gidroksibenzoy kislota hosilalari asosida aralash ligandli koordinatsion birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Co(II), Cu(II), Ni va Zn(II) ionlarining gidroksibenzoy kislota va 2-aminobenzimidazol hosilalari ishtirokida nisbati M:L1:L2 = 1:2:2 bo‘lgan 16 ta yangi kompleks birikmalari va nisbati L1:L2 = 1:1 bo‘lgan 5 ta so-kristallari sintez qilingan;
kompleks hosil bo‘lish jarayoni termodinamik jihatdan o‘z-o‘zidan borishi (G < 0, S = 1039 - 1059 J/mol·K) aniqlangan va Gibbs erkin energiyasining absolyut qiymatlari bo‘yicha Irving-Vilyams qonuniyatiga mos keluvchi termodinamik barqarorlik qatori Zn< Co < Ni < Cu tuzilgan;
sintez qilingan komplekslarning elektron spektrlari tahlili asosida 350-800 nm oralig‘ida d-d o‘tishlarning mavjudligi, ligand-metall o‘tishlarning 48-57 nm oraliqda siljishi va taqiqlangan soha kengligi 1.30-4,74 eV ekanligi aniqlangan; 
ilk bor RTT usulida oktaedrik geometriyada bo‘lgan [Cu(MAB)2(SA)2], tetraedr [Co(MAB)2(SA)2] va polimer tuzilishdagi [Cu(SSA)(H2O)]ₙ·(ABI)n kompleks birikmalarning, shuningdek tarkibi [(SSA)·(ABI)], [(SSA)2·(ABI)2], [(SSA)2·(MAB)2·2H2O], [(SA)·(ABI)], [(SA)·(MAB)] bo‘lgan so-kristallarning kristall va molekulyar tuzilishlari isbotlangan; 
Benesi-Hildebrand usuli asosida kompleks birikmalarning eritmadagi barqarorlik konstantalari hisoblangan, ularning muvozanat holatidagi barqarorligi Cu2+>Ni2+>Co2+>Zn2+ tartibida kamayishi va bu Irving-Uilyams qatoriga to‘la mos kelishi aniqlangan; 
kompleks birikmalarning termik barqarorligi Zn(II) ≈ Cu(II) > Ni(II) > Co(II) qatorida kamayishi aniqlangan, aktivlangan holatda ularning tartiblangan tuzilishga ega ekanligi hamda jarayonning tashqi issiqlik ta’sirida kechishi ΔS, ΔH va ΔG qiymatlari asosida isbotlangan;
sintez qilingan [Cu(MAB)2(SA)2] va [Co(MAB)2(SA)2] komplekslarining bakteriyalarga qarshi biologik faolligi yuqori ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) ionlarining gidroksibenzoy kislota hosilalari bilan aralash ligandli koordinatsion birikmalarini sintezi, ularning tarkibi va tuzilish xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[Cu(MAB)2(SA)2], [Co(MAB)2(SA)2], [Cu(SSA)(H2O)]n·(ABI)n tarkibli kompleks birikmalar va so‑kristallar [(SSA)2·(ABI)2], [(SSA)2·(MAB)2·2H2O], [(SA)·(MAB)] rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.ac.uk/structures/; CCDC depozit raqamlari: 2485535, 2500937, 2500938, 2380553, 2500939, 2500947). Natijada, o‘xshash yangi kompleks birikmalarni sintez qilish va ularning tuzilishini tavsiflash imkoniyati yaratilgan;
Sintez qilingan kompleks birikmalardan O‘zbekiston FA akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti Kompleks birikmalar laboratoriyasida bajarilgan “Maʼlum dori vositalarining biologik va biofarmatsevtik xossalarini oshirish maqsadida ularning metallar bilan komplekslari va qo‘shma kristallarini olish orqali modifikatsiya qilish” nomli bazaviy moliyalashtirilgan fundamental loyiha doirasida kompleksli sistemalardagi o‘zaro ta’sirlarini miqdoriy tahlil qilish mezonlarini takomillashtirish, shuningdek ayrim ilmiy taklif va xulosalarni shakllantirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 17 noyabrdagi 4/1255-2868-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olingan metallokompleks birikmalarining fizik-kimyoviy xossalari va hisoblangan termik kattaliklari hamda polifunksional organik ligandlar funksional guruhlari spektral xossalari bo‘yicha aniqlangan fundamental qonuniyatlardan yangi supramolekulyar kompleks birikmalar sintezida foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish