Izatillaev Ne’matullo Abdusalomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «2-gidroksi 1-naftaldegidning ayrim 3d-metallar bilan kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalari», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K861.
Ilmiy rahbar: Eshqurbonov Furqat Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.12.05.
Rasmiy opponentlar: Daminova Shaxlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, professor; Tashpulatov Xurshid Shukurovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: 2-gidroksi 1-naftaldegid va 1,2-fenilendiaminning ayrim 3d-metallar bilan aralash ligandli kompleks birikmalari sintezi, olingan kompleks birikmalarning molekulyar va kristall tuzilishlari, fizik-kimyoviy xossalari hamda biologik faolliklarini zamonaviy tadqiqot usullari yordamida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ni(II), Co(II), Cu(II), Zn(II) ionlarining 2-gidroksi 1-naftaldegid (2-hnaf) va 1,2-fenilendiamin (1,2-fen) bilan 10 ta yangi aralash ligandli kompleks birikmalari sintez qilingan: [Zn2(2-hnaf)2(NO3)2(H2O)2], [Cu(2-hnaf)2H2O], [Co(2-hnaf)2H2O], [Ni(2-hnaf)2H2O], [CuC24H18O2N2], [NiC24H18O2N2], [Co(2-hnaf)2(1,2-fen)2]Cl∙etOH, [Cu(2-hnaf)2(1,2-fen)2]Cl∙etOH, [CoC24H18O2N2], [Ni(2-hnaf)2(1,2-fen)2]Cl∙etOH shulardan [Zn2(2-hnaf)2(NO3)2(H2O)2] va [Co(2-hnaf)2(1,2-fen)2]Cl∙etOH tarkibli aralash ligandli komplekslar uchun Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasidan (Cambridge Crystallographic Data Center) tegishli, 2395105 va 2471163 depozit  nomerlari olingan; 
olingan aralash ligandli kompleks birikmalarning termik barqarorligi, ligandlarning koordinatsiyalash usullari va koordinatsion tugun geometriyasi aniqlangan; 
Cu(II) ionining 2-gidroksi-1-naftaldegid (2-hnaf) va 1,2-fenilendiamin (1,2-fen) bilan hosil qilgan kompleksida ligandlar o‘zaro kondensatsiyalanib, yagona molekulani tashkil etishi natijasida hosil bo‘lgan tetradentatli ligand markaziy atom bilan besh va olti a’zoli xelat halqalar hosil qilishi isbotlangan;
sintez qilingan misning 2-gidroksi-1-naftaldegid (2-hnaf) bilan hosil qilgan kompleks birikmasining 0,02 % li eritmasi asosida dezinfeksiyalovchi vosita ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 2-gidroksi 1-naftaldegid va 
1,2-fenilendiaminlarning ba’zi 3d-metallar bilan hosil qilgan aralash ligandli kompleks birikmalari sintezi, kristall tuzilishi, xossalari va biologik faolliklari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[Zn2(2-hnaf)2(NO3)2(H2O)2] va [Co(2-hnaf)2(1,2-fen)2]Cl∙etOH kompleks birikmalarning kristall ma’lumotlari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (https://www.ccdc.cam.ac.uk/cons/retrievihg.html Cambridge Crystallographic Data Center: 2395105, 2471163). Natijada bazaga kiritilgan ma’lumotlar o‘xshash aralash ligandli kompleks birikmalarni xossalarini o‘rganishda ushbu ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan; 
2-gidroksi 1-naftaldegid ishtirokida sintez qilingan tarkibida Cu(II) ioni saqlagan [Cu(2-hnaf)2H2O] tarkibli aralash ligandli kompleks birikmaning 0,02% li eritmasi «NOVA FARM» MChJ O‘zbekiston-Xindiston qo‘shma korxonasida dezinfeksiyalovchi vositalar tayyorlashda amaliyotga joriy etilgan («NOVA FARM» MChJ O‘zbekiston-Xindiston qo‘shma korxonasining 2025-yil 
14-iyuldagi 35-son ma’lumotnomasi). Natijada tarkibida Cu(II) ioni saqlagan 
2-gidroksi 1-naftaldegidning aralash ligandli kompleks birikmasi o‘z xossalari va yuqori samaradorligi sababli, bakteriyalardan himoyalovchi yuqori samarali dezinfeksiyalovchi vositalar olish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish