Adilova Madina Sobirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi) “O‘zbekiston yirik shaharlari qirg‘oq bo‘yi hududlarining rekreatsiya imkoniyatlarini shaharsozlik jihatidan takomillashtirish (Toshkent shahri misolida)”, 18.00.02– Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/A34.
Ilmiy rahbar: Usmanov Muradhan Saidmahmudovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/2026.09.01.A.01.M.
Rasmiy opponentlar: Sadikova Sitora-bonu Nigmatjanovna, arxitektura fanlari doktori (DSc), dotsent; Qosimov Ilhom Ma’ribovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkentboshplan” LITI DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent shahri misolida yirik shaharlarning qirg‘oq bo‘yi hududlarida rekreatsion makonni shaharsozlik-landshaft tamoyillari asosida takomillashtirishga qaratilgan yangi modellarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston qirg‘oqbo‘yi hududlarini rivojlantirishning tabiiy-landshaft va antropogen tizimlar tengligini ta’minlovchi, qirg‘oqbo‘yi hududlarining ijtimoiy-madaniy salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan yaxlit shaharsozlik konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
Toshkent shahrining qirg‘oqbo‘yi hududlari uchun to‘rtta (A, B, V, G zonalari bo‘yicha) fazoviy-rejaviy echimlar modeli hamda ularning ierarxik taksonomiyasi ishlab chiqilib,  mazkur modellar suv oqimlariga tutash hududlarning o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda, rekreatsion hududlashtirish bo‘yicha landshaft-rejaviy tuzilmasini optimallashtirishga doir ekologik barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy-funksional samaradorlikni oshirish hamda suv bo‘yi hududlarining me’moriy-estetik jozibadorligini shakllantirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan; 
O‘zbekistonning iqlim sharoitiga moslashtirilgan sohilbo‘yi zonalarini kompleks landshaft-rejaviy tashkil etishning chiziqli-tugunli konsentratsiya va ritmik almashinuv kabi usullari shakllantirilib, rekreatsiyaning «mavsumiy barqarorligini» ta’minlashga qaratilgan hududlashtirish tamoyillari hamda qirg‘oqbo‘yi hududlarida barqaror ko‘kalamzorlashtirish tizimlarini yaratish bo‘yicha echimlar ishlab chiqilgan; 
foydalanish jadalligi, rekreatsiya faoliyati turlari (sport, sokin, mushohada, o‘yin) hamda ularning qirg‘oq chizig‘i bo‘ylab fazoviy tashkil etilishini hisobga oluvchi chiziqli rekreatsiya hududlarining funksiyalar va yosh toifalarini almashtirish orqali,  faol va passiv dam olish turlarining o‘zaro mutanosibligi hamda  mavsumiy transformatsiyalashuvchi ob’ektlarni kiritish orqali rekreatsion «barqarorlikni» ta’minlash kabi tabaqalashtirilgan zonalashtirish modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston yirik shaharlari qirg‘oq bo‘yi hududlarining rekreatsiya imkoniyatlarini shaharsozlik takomillashtirish (Toshkent shahri misolida)mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston qirg‘oqbo‘yi hududlarini rivojlantirishning tabiiy-landshaft va antropogen tizimlar tengligini ta’minlovchi, qirg‘oqbo‘yi hududlarining ijtimoiy-madaniy salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan yaxlit shaharsozlik konsepsiyasi ishlab chiqilgan takliflar «O‘zshaharsozlik LITI» DUKning ilmiy hamda loyihalash faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 24 dekabrdagi 34-06/15303-son ma’lumotnomasi; «O‘zshaharsozlik LITI» DUKning 2025 yil 18 dekabrdagi 1-02/1608-son dalolatnomasi). Natijada mazkur konsepsiyaning joriy etilishi ekologik talablarni shaharlarning ijtimoiy-demografik rivojlanish ehtiyojlari bilan birlashtiruvchi loyihalash tizimliligi ta’minlangan;
Toshkent shahrining qirg‘oqbo‘yi hududlari uchun to‘rtta (A, B, V, G zonalari bo‘yicha) fazoviy-rejaviy echimlar modeli hamda ularning ierarxik taksonomiyasi ishlab chiqilib,  mazkur modellar suv oqimlariga tutash hududlarning o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda, rekreatsion hududlashtirish bo‘yicha landshaft-rejaviy tuzilmasini optimallashtirishga doir ekologik barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy-funksional samaradorlikni oshirish hamda suv bo‘yi hududlarining me’moriy-estetik jozibadorligini shakllantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar «O‘zshaharsozlik LITI» DUKning ilmiy hamda loyihalash faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 24 dekabrdagi 34-06/15303-son ma’lumotnomasi; «O‘zshaharsozlik LITI» DUKning 2025 yil 18 dekabrdagi 1-02/1608-son dalolatnomasi). Natijada mazkur konsepsiyaning joriy etilishi ekologik talablarni shaharlarning ijtimoiy-demografik rivojlanish ehtiyojlari bilan birlashtiruvchi loyihalash tizimliligi ta’minlangan;
O‘zbekistonning iqlim sharoitiga moslashtirilgan sohilbo‘yi zonalarini kompleks landshaft-rejaviy tashkil etishning chiziqli-tugunli konsentratsiya va ritmik almashinuv kabi usullari shakllantirilib, rekreatsiyaning «mavsumiy barqarorligini» ta’minlashga qaratilgan hududlashtirish tamoyillari hamda qirg‘oqbo‘yi hududlarida barqaror ko‘kalamzorlashtirish tizimlarini yaratish bo‘yicha iqlim gradienti va barqarorlik stratifikatsiyasi tarkibiy echimlar ishlab chiqilganligiga oid takliflar Guliston shahridagi Do‘stlik kanali qirg‘oq bo‘yi hududi bo‘yicha loyiha taklifini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 24 dekabrdagi 34-06/15303-son ma’lumotnomasi; Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining 2024-yil 24-dekabrdagi 01-16-05/3036-son dalolatnomasi). Natijada arid zona sharoitlariga moslashtirilgan o‘simliklar assortimentini tanlash va ko‘kalamzorlashtirishning tarkibiy sxemalari optimallashtirildi, bu esa ko‘chatlarni sug‘orish va saqlash xarajatlarini kamaytirish imkoniyatiga erishilgan; 
foydalanish jadalligi, rekreatsiya faoliyati turlari (sport, sokin, mushohada, o‘yin) hamda ularning qirg‘oq chizig‘i bo‘ylab fazoviy tashkil etilishini hisobga oluvchi chiziqli rekreatsiya hududlarining funksiyalar va yosh toifalarini almashtirish orqali,  faol va passiv dam olish turlarining o‘zaro mutanosibligi hamda  mavsumiy transformatsiyalashuvchi ob’ektlarni kiritish orqali rekreatsion «barqarorlikni» ta’minlash kabi tabaqalashtirilgan zonalashtirish modeli yaratilganligiga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 24 dekabrdagi 34-06/15303-son ma’lumotnomasi; Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining 2024-yil 24-dekabrdagi 01-16-05/3036-son dalolatnomasi). Natijada jamoat kengliklarining ijtimoiy jozibadorligi oshirildi, bunga loyiha taklifida shahar aholisining turli ijtimoiy-demografik qatlamlari ehtiyojlariga moslashtirilgan hordiq chiqarish ssenariylarining xilma-xilligi ta’minlanganligiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish