Saitova Nilufar Djumaydillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh o‘zbek shoirlari ijodida lirik kechinma va badiiy ko‘chimlar uyg‘unligi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4355
Ilmiy rahbar: G‘aniev Ilhom Muzaffarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: Imomova Gulchehra Muhammadievna, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Normat Temirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzah davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek adabiyoti istiqlol davri yoshlar she’riyatida lirik kechinma va badiiy ko‘chimlarning ifodalanish usullari hamda olamni badiiy-falsafiy idrok etish dialektikasi, tarixiy-ijtimoiy voqelik in’ikosi, poetik mahorat va sintaksis masalalari xususan, Jontemir Jondor, Shahriyor Shavkat, Bek Ali, Madina Norchaeva, Tillaniso, Xurshid Abdurashid, Alisher Sabriy lirikasi misolida ilmiy tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Istiqlol davri yosh shoirlari (J.Jondor, Sh.Shavkat, M.Norchaeva, X.Abdurashid) ijodida olamni badiiy-falsafiy idrok etish dialektikasi, lirik kechinmaning transformatsiyasi va badiiy ko‘chimlar uyg‘unligi masalasi badiiy tafakkur evolyusiyasi kontekstida ilmiy-nazariy jihatdan tizimli ravishda tasniflangan;
yosh shoirlar she’riyatida (Tillaniso, Bek Ali, A.Sabriy) lirik kechinmaning estetik-psixologik tabiati, badiiy ko‘chimlar (trop) va she’riy butunlik mutanosibligi, shuningdek, zamonaviy voqelikni subektiv idrok etish va uni ramziy-majoziy shakllarda ifodalashning dominant tendensiyalari aniqlangan;
Istiqlol davri yoshlari ijodida milliy va umumbashariy (Sharq va G‘arb) an’analarining badiiy sintezi, ijtimoiy-axloqiy voqelikning metaforik in’ikosi, qolaversa, lirik kechinmaning poetik nutq strukturasida voqelanishi konkret misollar yordamida asoslangan;
yosh shoirlar she’riyatida individual uslubni shakllantiruvchi poetik izlanishlar, badiiy ko‘chimlar tarkibidagi mantiqiy-assotsiativ aloqadorlik, lirik kechinma talqinida intertekstuallik va badiiy mahoratning o‘ziga xos konseptual qirralari ilmiy jihatdan ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. J.Jondor, Sh.Shavkat, B.Ali, M.Norchaeva, T.Nuryog‘di, X.Abdurashid, A.Sabriy ijodi misolida zamonaviy o‘zbek adabiyotida ayollar she’riyatidagi yangicha poetik tafakkur, G‘arb va Sharq an’analarining badiiy sintezi, lirik kechinma va badiiy ko‘chimlarning she’riy butunlikning o‘zagi sifatida talqin qilish, shuningdek, poetik mahorat yo‘lidagi izlanishlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida olingan natijalar asosida:
O‘zbek adabiyotida yosh shoirlar she’riyati yaxlit adabiy hodisa sifatida tadqiq etilib, she’riyatdagi an’analarning yangilanish, lirik kechinma va badiiy ko‘chimlarning uyg‘unligi, G‘arb va Sharq she’riyatiga taqlid, olamni badiiy idrok etish, she’riy butunlik to‘g‘risidagi nazariy xulosalar umumlashtirilib, zamonaviy she’riyatda yosh shoirlar izlanishlariga xos poetik omillarning aniqlashga oid ilmiy xulosalaridan 2022-2024-yillarda Yaponiya akademik almashinuv xizmati IRCI tomonidan moliyalashtirilgan APC2C/10-sonli “Sustainable Collection of Research Data for the Protection of Intangible Cultural Heritage: Focus on Central Asia and Small Island Developing States (2022-2024 Fiscal Year)” nomli fundamental va amaliy-ilmiy loyihalarda foydalanildi. (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi 2025-yil 14.08 01/4-955-son ma’lumotnomasi) Natijada hozirgi yosh shoirlar she’riyatida poetik mahorat yo‘lidagi izlanishlar, badiiy ko‘chimlarda hayotiy asos va mantiq masalasi, lirik kechinma ifodasida intertekstuallik, uslub va mahorat masalalari o‘rganildi.
Badiiy ijodda an’ana va ijodiylik Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021- 2023-yillarga mo‘ljallangan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron
platformasini yaratish” grant loyiha ishini amalga oshirishda muhim nazariy manba
sifatida foydalanilgan. Natijada istiqlol davri yosh shoirlar she’riyatida Sharq va G‘arb an’analarining badiiy sintezi, tarixiy-ijtimoiy voqelikning in’ikos etishi, shuningdek, lirik kechinmaning ijroviy qahramon nutqida voqelanishi kabi xulosalari bilan boyigan;
yosh shoirlar she’riyatida poetik mahorat yo‘lidagi izlanishlar, badiiy ko‘chimlarda hayotiy asos va mantiq masalasi, lirik kechinma ifodasida intertekstuallik, uslub va mahorat masalalari talqiniga oid xulosalardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “El suv ichgan daryolar” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan. Natijada ko‘rsatuvning qiziqarliligi yanada oshishiga erishilgan.