Rizaeva Shalola Mamir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Inklyuziv ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik mas’uliyatini rivojlantirish metodikasi”. 13.00.03 - Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9589
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Murotmusaev Komiljon Bo‘riboevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03
Rasmiy opponentlar: Abidova Nilufar Zakirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Sattorova Moxira Aminqulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inklyuziya muhitida imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik mas’uliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari pedagogik mas’uliyatini inklyuziv ta’lim sharoitida rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘qituvchi faoliyatini androgogik diagnostika qilishning empatik instrumentlarini psixologik barqaror kasbiy harakatlar transformasiyasida maqbullashtirish asosida aniqlashtirilgan;
o‘qituvchilarda pedagogik mas’uliyatni rivojlantirishning androgogik modeli kasbiy qadriyatlar va tolerant munosabatlar integratsiyasiga asoslangan korreksion-rivojlantiruvchi didaktik tizimga akademik qulay muhitning ergonomik talablarini differensial monitoringda kiritish asosida takomillashtirilgan;
o‘qituvchilarda pedagogik mas’uliyatni rivojlantirish mexanizmlari malaka oshirish kurslari jarayonida imkoniyati cheklangan bolalar bilan personal metodikada ishlashga motivasiyalovchi kasbiy-identifikatsiya portofoliosini adaptiv o‘qitishning individual modifikatsiyalarida strukturali darajalash asosida takomillashtirilgan;
pedagogik mas’uliyatni rivojlantirish jarayonining korreksion-didaktik ta'minoti inklyuziv mobil faoliyatning emotsional moslashish va samarali realizatsiya funksiyalarini kasbiy-akademik o‘sish muhitiga metodik improvizatsiya ustuvorligida uzlyuksiz joriy qilish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inklyuziv ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik mas’uliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
inklyuziv ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik mas’uliyatini rivojlantirishning shaxsiy, kasbiy rivojlanish va qadriyatli munosabat komponentlari o‘qituvchi faoliyatini androgogik diagnostika qilishning empatik instrumentlarini psixologik barqaror kasbiy harakatlar transformatsiyasida maqbullashtirishga oid takliflari “Maxsus pedagogika va psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 55345-sonli guvohnoma). Natijada, o‘qituvchilar uchun inklyuziv ta’lim sharoitida mas’uliyatli faoliyat yuritishning metodik ko‘rsatmalarini keng joriy etilishiga erishilgan;
inklyuziv ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik mas’uliyatini rivojlantirish mexanizmlari uzlyuksiz malaka oshirish jarayonida innovatsion faoliyatga motivatsiyalovchi kasbiy portfolioni nogiron o‘quvchilar ehtiyojlariga moslashtirilgan adaptiv o‘qitishning individual modifikatsiyalarida strukturali darajalashga oid tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyat teleradiokompaniyasida efirga uzatilgan “Diyor yangiliklari” nomli informatsion dasturida foydalanilgan(“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil 12-noyabrdagi №1230/13-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishda o‘qituvchi mas’uliyatining ahamiyatini jamoatchlikka tushuntirish va targ‘ib etishga sharoit yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik mas’uliyatini rivojlantirish modeli kasbiy qadriyatlar va tolerant munosabatlar integratsiyasiga asoslangan korreksion-rivojlantiruvchi didaktik tizimga akademik qulay muhitni yaratishning ergonomik talablarini differensial monitoringda kiritishga doir tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Farg‘ona davlat universitetining “Ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bor va ko‘zi ojiz o‘quvchilarga mental arifmetika yordamida arifmetik amallarni o‘rgatish” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2026-yil 25-martdagi 04/2831-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, inklyuziv ta’lim ishtirokchilarining sinergetik faoliyatini tashkil etishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.
Ilmiy kengash raisi F.U.Qodirova
Ilmiy kengash kotibi I.D.Qodirov
Ilmiy rahbar K.B.Murotmusaev
Talabgor Sh.M.Rizaeva