Nurbaeva Xolniso Uralovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda gender madaniyatni rivojlantirishning etnopedagogik asoslari”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2024.4.PhD/Ped8540 
Ilmiy rahbar: Bozorova Muslima Qodirovna, pedagogika fanlari nomzodi, v/b professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat pedagogika institutida huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01.  raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Xudoyberdieva Xurriyat Karimberdievna, falsafa fanlari doktori (DSc), pedagogika fanlari professori, Erkabaeva Nigora Shermatovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda gender madaniyatni rivojlantirishning etnopedagogik asoslari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
 talabalarda gender madaniyatni rivojlantirishning etnopedagogik jihatlari analogiya usulini qo‘llash orqali an’anaviy milliy qadriyatlar va zamonaviy gender me’yorlari sintezini ta’minlovchi pedagogik hodisa sifatida ilmiy asoslangan;
talabalarda gender identifikatsiyani shakllantirishning aksiologik komponenti mazmuni determinantlar ta’sir etishiga ko‘ra an’anaviy etnopedagogik paradigma (patriarxal qarashlar va rollarning qat’iy taqsimlanishi) hamda zamonaviy gender strategiyalari (tenglikka yo‘naltirilganlik, shaxsiy o‘zini namoyon qilish) o‘rtasidagi ziddiyatlarni tahlil qilish orqali aniqlashtirilgan
aksiologik, kognitiv-huquqiy va faoliyatli-refleksiv komponentlarning ichki aloqadorligini ta’minlash, shuningdek, gender sensitizatsiya hamda kross-madaniy trening usullarining didaktogen imkoniyatlarini oshirish asosida talabalarda gender madaniyatni rivojlantirishning integrativ modeli ishlab chiqilgan
talabalarda gender madaniyatni rivojlantirishning pedagogik tizimi etnopedagogik materialni ijtimoiy-gumanitar fanlar sikliga integratsiyalash, milliy an’analar asosida gender yo‘naltirilgan tarbiyaviy muhitni yaratish hamda professor-o‘qituvchilar tarkibini gender tarbiyada etnopedagogik yondashuvni amalga oshirishga tayyorlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Talabalarda gender madaniyatni rivojlantirishning etnopedagogik asoslariga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
 talabalarda gender madaniyatni rivojlantirishning etnopedagogik jihatlari analogiya usulini qo‘llash orqali an’anaviy milliy qadriyatlar va zamonaviy gender me’yorlari sintezini ta’minlovchi pedagogik hodisa sifatida ilmiy asoslash orqali amaliy taklif va tavsiyalar “Ijtimoiy ish tarixi va xorijiy tajriba” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 7-fevraldagi 45-PO‘-son buyrug‘i, 45-PO‘-003-raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning gender muammolarini tahlil va talqin qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv–uslubiy materiallar mazmunida amaliy ifodasini topishga, tenglik va madaniy o‘ziga xoslik kabi umuminsoniy qadriyatlarni oliy ta’lim tizimiga singdirishga yaxlit ilmiy–pedagogik yondashuvni shakllantirishga xizmat qilgan;
talabalarda gender identifikatsiyani shakllantirishning aksiologik komponenti mazmuni determinantlar ta’sir etishiga ko‘ra an’anaviy etnopedagogik paradigma (patriarxal qarashlar va rollarning qat’iy taqsimlanishi) hamda zamonaviy gender strategiyalari (tenglikka yo‘naltirilganlik, shaxsiy o‘zini namoyon qilish) o‘rtasidagi ziddiyatlarni tahlil qilish orqali aniqlab, ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Ijtimoiy ish tarixi va xorijiy tajriba” nomli darsligini yaratishda foydalanilgan  (Termiz davlat universitetining 2025-yil 17-iyuldagi 219-PO‘-son buyrug‘i, 219-PO‘-006-raqamli guvohnomasi). Natijada, mazkur darslik etnopedagogik yondashuv asosida talabalarning gender madaniyatini shakllantirishning didaktik jihatlari nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
aksiologik, kognitiv-huquqiy va faoliyatli-refleksiv komponentlarning ichki aloqadorligini ta’minlash, shuningdek, gender sensitizatsiya hamda kross-madaniy trening usullarining didaktogen imkoniyatlarini oshirish asosida talabalarda gender madaniyatni rivojlantirishning integrativ modeli asosida amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi tomonidan tayyorlangan “Yoshlar va madaniyat”, “Talabalar hayoti”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Yoshlar minbari” kabi teleko‘rsatuvlarning ssenariylarni ishlab chiqishda foydalanilgan (2024-2025-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 18 iyul 2025 yil 05-09-1174-son ma’lumotnoma). Natijada, teng huquqli sheriklik tamoyillari asosida bag‘rikenglik, hamdardlik, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy o‘zaro hamkorlikka tayyorlik kabi shaxsiy fazilatlarni qayta ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yaxlit pedagogik tizim keng jamoatchilikka etkazilgan;
talabalarda gender madaniyatni rivojlantirishning pedagogik tizimi etnopedagogik materialni ijtimoiy-gumanitar fanlar sikliga integratsiyalash, milliy an’analar asosida gender yo‘naltirilgan tarbiyaviy muhitni yaratish hamda professor-o‘qituvchilar tarkibini gender tarbiyada etnopedagogik yondashuvni amalga oshirishga tayyorlash orqali ishlab chiqilgan ilmiy–amaliy tavsiyalardan “Ijtimoiy ish tarixi va xorijiy tajriba” nomli darslikda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 17-iyuldagi 219-PO‘-son buyrug‘i, 219-PO‘-006 raqamli guvohnomasi). Natijada, darslikning nazariy va uslubiy asoslari kengaytirib, ko‘p millatli jamiyatda gender sezgir ta’lim muhitini amaliy shakllantirish, gender jarayonlari haqidagi bilimlarni kognitiv egallash imkoniyati yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish