Yunusova Nafosat Abduhamidovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Burun, burun yon bo‘shliqlari va burun halqum xavfsiz o‘smalari bilan kasallangan bemorlarda eshitish funksiyasining holati, 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3290.
Ilmiy rahbar: Lutfullaev G‘ayrat Umrilloevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12. Tib.17.02.
Rasmiy opponentlar: Nasretdinova Mahzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djamaludinov  Yunuskadi Asxabalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot instituti  (Tojikiston  Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: burun, burun yon bo‘shliqlari va burun halqumning xavfsiz o‘smalari bilan kasallangan bemorlarda eshitish analizatori xolatini kompleks taxlil qilish asosida eshitish funksiyasi xolatini aniqlashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
burun-halqumning xavfsiz o‘smalarida o‘rta quloq bo‘shlig‘ida manfiy bosimning shakllanishi eshitish naychasi (tuba auditiva)ning o‘sma tomonidan barqaror mexanik obstruksiyasi natijasida uning ventilyasion funksiyasi izdan chiqishi bilan bog‘liq ekanligi patogenetik jihatdan asoslangan; 
ilk bor burun halqum xavfsiz o‘smalari va polipoz jarayonlar bilan bog‘liq konduktiv qattiqquloqligi bo‘lgan bemorlarda miya javoblarini qayd etishda Chirp-stimullaridan foydalanishda yuqori javob amplitudasini ta’minlashi, bazilyar membranadagi faza siljishini samarali kompensatsiya qilishi hamda diagnostik aniqlikni saqlagan holda eshitish bo‘sag‘asini aniqlash vaqtini 25–30% ga qisqartirishi kabi afzalliklari asoslangan;
standart otoskopiyada aniqlanmaydigan, ammo eshitish naychasi o‘sma bilan obstruksiyalangan hollarda eshitish suyakchalari zanjirining inersion xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tovush o‘tkazuvchi tuzilmalarning o‘ziga xos ya’ni bolg‘acha harakat amplitudasining kamayishi, evstaxiy nayining torayishi xamda nog‘ora pardaning tortilishi kabi morfologik belgilari funksional mul`tispiral kompyuter tomografiya orqali aniqlangan;  
ilk bor burun va burun halqumning xavfsiz o‘smalari bo‘lgan bemorlarda tovush o‘tkazuvchi apparat holatini operatsiyadan oldin va keyin har tomonlama baholash imkonini beruvchi, vizualizatsiya usullari hamda yuqori texnologiyali ob’ektiv audiologik tekshiruvlarni integratsiya qilgan ko‘p bosqichli diagnostik sxema ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/21-sonli  xulosasiga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: burun-halqumning xavfsiz o‘smalarida o‘rta quloq bo‘shlig‘ida manfiy bosimning shakllanishi eshitish naychasi (tuba auditiva)ning o‘sma tomonidan barqaror mexanik obstruksiyasi natijasida uning ventilyasion funksiyasi izdan chiqishi bilan bog‘liq ekanligi patogenetik jihatdan asoslangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Urgut tumani Tibbiyot birlashmasining 2025 yil 04 martdagi 17-sonli va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 17 fevraldagi 25-sonli  buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/21-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: eshitish buzilishlarining klinik xususiyatlari, kasallikning davomiyligi va o‘smaning tarqalish darajasi o‘rtasidagi aniqlangan bog‘liqlik patologiyaning rivojlanish dinamikasini chuqurroq tushunishga va tashxisotga individual yondashuvni shakllantirish imkoniyatini ta’minlashga imkon beradi Iqtisodiy samaradorligi:  Eshitish buzilishlarining klinik ko‘rinishlarini o‘sma jarayonining bosqichi bilan bog‘liqligi haqida olingan ma’lumotlar tashxisotning aniqligini oshirishga va eng samarali terapiya taktikasini tanlashga imkon bergan. Natijada har bir bemor uchun o‘rtacha 2850000 so‘m tejashga erishilgan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni amaliyotda qo‘llash, davolash-diagnostik yordam samaradorligini oshirish bilan bir vaqtda byudjet va byudjetdan tashqari zahiralardan oqilona foydalanish imkoniyati yaratilgan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor burun halqum xavfsiz o‘smalari va polipoz jarayonlar bilan bog‘liq konduktiv qattiqquloqligi bo‘lgan bemorlarda miya javoblarini qayd etishda Chirp-stimullaridan foydalanishda yuqori javob amplitudasini ta’minlashi, bazilyar membranadagi faza siljishini samarali kompensatsiya qilishi hamda diagnostik aniqlikni saqlagan holda eshitish bo‘sag‘asini aniqlash vaqtini 25–30% ga qisqartirishi kabi afzalliklari asoslangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Urgut tumani Tibbiyot birlashmasining 2025 yil 04 martdagi 17-sonli va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 17 fevraldagi 25-sonli  buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/21-sonli  xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur toifadagi bemorlarda eshitish analizatorini har tomonlama o‘rganish eshitish o‘zgarishlarini erta tashxislash, buzilishlarning klinik xususiyatlarini aniqlash va tashxisot etishga individuallashtirilgan yondashuvdan foydalanishga imkon bergan. Ushbu holat eshitish funksiyasini tiklashga, asoratlarni oldini olishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va aholining nogironlik darajasini pasaytirishga hissa qo‘shadi. Iqtisodiy samaradorligi:  Ilmiy yangilik o‘z vaqtida tashxis qo‘yish tufayli qimmat jarrohlik aralashuvlar va uzoq muddatli davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga imkon bergan. Ishlab chiqilgan diagnostika algoritmining joriy etilishi har bir bemor uchun o‘rtacha 2650000 so‘m tejashni ta’minlagan. Xulosa: Mazkur holat byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan oqilona foydalanish, davolash xarajatlarini kamaytirish va sog‘liqni saqlash tizimiga iqtisodiy yuklamani pasaytirishga hissa qo‘shadi.
uchinchi ilmiy yangilik: Standart otoskopiyada aniqlanmaydigan, ammo eshitish naychasi o‘sma bilan obstruksiyalangan hollarda eshitish suyakchalari zanjirining inersion xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tovush o‘tkazuvchi tuzilmalarning o‘ziga xos ya’ni bolg‘acha harakat amplitudasining kamayishi, evstaxiy nayining torayishi xamda nog‘ora pardaning tortilishi kabi morfologik belgilari funksional mul`tispiral kompyuter tomografiya orqali aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Urgut tumani Tibbiyot birlashmasining 2025 yil 04 martdagi 17-sonli va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 17 fevraldagi 25-sonli  buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/21-sonli  xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi:ushbu lokalizatsiyalarda o‘smalari bo‘lgan bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda yuzaga keladigan eshitish buzilishlarini davolashning kompleks usulini takomillashtirish eshitish funksiyasini tiklash, bemorlarning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash va ularning hayot sifatini oshirishni ta’minlagan. Klinik ko‘rinishlarni hamda o‘smaning tarqalish bosqichini hisobga oladigan diagnostikaga individuallashtirilgan yondashuv asoratlarni o‘z vaqtida bartaraf etishga va bemorlarning funksional sog‘lig‘ini saqlashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks davolashning takomillashtirilgan usuli operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanish ehtimolini pasaytirishga, uzoq muddatli terapiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga va eshitish qobiliyatini tiklash xarajatlarini qisqartirishga imkon bergan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu yondashuvni qo‘llash har bir bemorga o‘rtacha 2600000 so‘m tejashga imkon bergan. Xulosa: ushbu holat diagnostika natijalarini yaxshilash bilan bir vaqtda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanish uchun sharoit yaratadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor, burun va burun halqumning xavfsiz o‘smalari bo‘lgan bemorlarda tovush o‘tkazuvchi apparat holatini operatsiyadan oldin va keyin har tomonlama baholash imkonini beruvchi, vizualizatsiya usullari hamda yuqori texnologiyali ob’ektiv audiologik tekshiruvlarni integratsiya qilgan ko‘p bosqichli diagnostik sxema ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Urgut tumani Tibbiyot birlashmasining 2025 yil 04 martdagi 17-sonli va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 17 fevraldagi 25-sonli  buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/21-sonli  xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: burun yon bo‘shliqlari va burun halqumning xavfsiz o‘smalari bilan kasallangan bemorlarda eshitish analizatori holatini har tomonlama baholash asosida klinik-diagnostik tadbirlar algoritmini yaratish eshitish buzilishlarini erta aniqlash, o‘zgarishlarning tabiatiga muvofiq individuallashtirilgan tashxisotni tayinlashni ta’minlashga imkon bergan. Ushbu holat eshitish funksiyasini saqlashga, asoratlar rivojlanishini oldini olishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan diagnostika sxemasini operatsiyadan oldingi tayyorgarlik algoritmiga kiritish eshitish buzilishlarini erta aniqlash samaradorligini oshirishga va bemorlarning tezlashtirilgan reabilitatsiyasi tufayli o‘rtacha o‘rin-kunini 3,2±0,4 kunga qisqartirishga imkon bergan. Xulosa: Operatsiyadan keyingi davrda eshitish disfunksiyasini davolash usullarini takomillashtirish diagnostika jarayonining samaradorligini oshirishni ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish