Haydarova Dilafruz Inoyatulloevnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida kechirim nutqiy aktining pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari” 10.00.01 - O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1488
Ilmiy maslahatchi: Davlatova Ra’no Haydarovna filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: DSc. 03/2025.27.12.Fil.11.05
Rasmiy opponentlar: QarDU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.d. (DSc) Yo‘ldasheva Xalida Qo‘zievna, Farg‘ona davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Muhammadjon Hakimovlar
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tilshunoslikda nutqiy etiketning mohiyati, ekspressivlar mazmun va mohiyati, xushmuomalalik va nutqiy etiket munosabatini aniqlash, tilshunoslikda kechirim nutqiy akti talqini, pragmatik tabiati, lingvokulturologik xususiyatlari, kechirimga asoslangan maxsus manbalarning statistik tahlili masalalarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: ‒ nutqiy etiket birliklarining lisoniy tabiati, ularning bevosita muloqotda amalga oshiriladigan nutqiy faoliyat ekanligi, insoniy munosabatlar tizimida xushmuomalalik va uning nutq madaniyati, nutqiy etiket kabi tushunchalar bilan aloqasi, xushmuomalalikning etiketdan keng tushuncha ekanligi dalillandi.
- nutqiy aktlar tizimida ekspressivlar, so‘zlovchining ekspressiv nutqiy aktlar orqali vaziyatga o‘z emotsional munosabatini, ya’ni ichki holati, hissiyotlari, tuyg‘ularini ifodalash imkoniga egaligi, "emotivlik" va "ekspressivlik" tushunchalari o‘rtasidagi bog‘liqlik, kechirim nutqiy aktining ekspressivlar tizimiga qarashligi asoslandi.
-kechirimning umuminsoniy hodisa bo‘lishi bilan birga milliy xususiyatga egaligi, kechirim nutqiy aktida madaniy qadriyatlar, me’yorlar va xushmuomalalik an’analarining aks ettishi, "kechirim" tushunchasi bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta semantik (ayb, afsus va so‘rash) komponentli murakkab mohiyatiga aniqlik kiritildi.
‒ tilshunoslikda kechirim nutqiy akti talqini va uning o‘zbek tilida lingvistik/ekstralingvistik vositalar; eksplisit / implisit usulda ifodalanishi hamda maxsus manbalar, jumladan diniy matnlarda kechirim nutqiy aktining ifodalanishi misollar asosida statistik tahlil qilinib, pragmatik (deyktik, presuppazision, baho va konnotativ) va lingvokulturologik xususiyatlariga oydinlik kiritildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida kechirim nutqiy aktining ifodalanishi, kechirimga asoslangan maxsus manbalar pragmatik xususiyatlariga oid materiallar tahlilidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-2023-yillarda bajarilgan IL-21091506 “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024 - yil 24 – sentyabrdagi № 04/1-2582-son malumotnomasi). Natijada tilshunoslikda nutqiy aktning bir turi bo‘lgan kechirim aktining mohiyati yoritib berildi, uni ifodalovchi nutqiy etiket birliklari aniqlandi. Kechirim nutqiy aktining pragmatik va lingvokulturologik tahlili amaliy loyiha ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan.
Kechirim nutqiy aktining mohiyati, vazifalari, milliy-madaniy xususiyatlari, nutqiy aktlar tizimidagi orni, ekspressivlar mazmun va mohiyati, xushmuomalalik va nutqiy etiket munosabatini aniqlash, pragmatik tabiati, lingvokulturologik xususiyatlarining o‘zbek tilshunoslikdagi tahlilidan olingan nazariy xulosalardan 2022-2023 yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs sanatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) toplami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek milliy raqs sanati harakatlari nomlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Davlat Xoreografiya Akademiyasining 2024-yil 10-sentyabrdagi № 1/04-121-son ma’lumotnomasi).
Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Imkoniyat”, “Assalom yangi kun!”, “Diyor 24” kabi ko‘rsatuv va radioeshittirishlarida kechirim nutqiy aktining yuzaga chiqish shart-sharoitlari, omillari va uning milliy tilimizdagi o‘rni to‘g‘risidagi qarashlar bilan chiqishlar qilindi. (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 30-maydagi 01-10/86-son ma’lumotnomasi).