Norov Abdisait Muradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek lingvistikasining kompyuterga yo‘naltirilgan modellari», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T687.
Ilmiy rahbar: Aripov Mersaid, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Musaev Muhammadjon Mahmudovich, texnika fanlari doktori, professor; Hakimov Muftoh Hamidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
o‘zbek lingvistikasining matnni avtomatik tahrir va intellektual tahlil qilishga oid kompyuterga yo‘naltirilgan modellari, lingvistik bazalari, algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy tillarni avtomatik tahrirlashga oid Lyan-Knut algoritmidan foydalangan holda o‘zbek tilidagi polisillabik so‘zlar uchun avtomatik bo‘g‘in ajratish va bo‘g‘in ko‘chirish usullari hamda algoritmlari ishlab chiqilgan;
o‘zbek tilidagi gaplarning semantik-sintaktik tuzilmalari va so‘zlarning fonetik xossalariga ko‘ra matn birliklariga oid lingvistik bazalar yaratilgan va til ob’ektlarining lingvistik modellari ishlab chiqilgan;
o‘zbek tilining orfografik, grammatik va fonetik qoidalariga binoan matnni avtomatik tahrir va intellektual tahlil qilishga oid lingvo-matematik modellar yaratilgan;
o‘zbek lingvistikasining matnni avtomatik tahrir va intellektual tahlil qilishga oid lingvistik va lingvo-matematik modellari asosida interfaol dasturiy vositalar uchun algoritmlar ishlab chiqilgan va dasturiy majmua yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbek lingvistikasining kompyuterga yo‘naltirilgan modellari, avtomatik matn tahriri va tahliliga oid transliteratsiya, bo‘g‘in ajratish, bo‘g‘in ko‘chirish, fonetik tahlil qilish usullari va algoritmlariga asoslangan «Matnni avtomatik tahrirlash» dasturiy majmuasi negizida:
tabiiy tillarni avtomatik tahrirlashga oid Lyan-Knut algoritmidan foydalangan holda o‘zbek tilidagi polisillabik so‘zlar uchun avtomatik bo‘g‘in ajratish va bo‘g‘in ko‘chirish usullari va algoritmlari, gaplarning semantik-sintaktik tuzilmalari va so‘zlarning fonetik xossalariga ko‘ra ishlab chiqilgan lingvistik bazalar va lingvistik modellar, matnni avtomatik tahrirlashga oid lingvo-matematik modellar asosida yaratilgan «Smart Transliteration» va «Sillabema» dasturlari Qashqadaryo viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi huzuridagi «Nasaf» nashriyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2019 yil 13 dekabrdagi 06-5191-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nashriy materiallar matnini tahrir qilish bo‘yicha nashriyot umumiy ish faoliyatining foydali ish koeffisienti 7-9 foizga oshgan;
o‘zbek tilining orfografik, grammatik, fonetik qoidalariga binoan matnni avtomatik tahrirlash va intellektual tahlil qilishga oid lingvistik va lingvo-matematik modellar hamda interfaol dasturiy vositalar uchun ishlab chiqilgan algoritmlar asosida yaratilgan «O‘zbekcha so‘zlarning fonetik tahliliga oid dasturiy ta’minot», «Sillabema» va «Smart Transliteration» dasturlari Navoiy viloyati «Do‘stlik bayrog‘i» va «Znamya drujbi» gazetalari tahririyati davlat korxonasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2019 yil 13 dekabrdagi 06-5191-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nashriy materiallar matnini tahlil qilish bo‘yicha tahririyat umumiy ish faoliyatining foydali ish koeffisienti 11-13 foizga oshgan.