Fayzullaev Jovharbek Sulton o‘g‘lining
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Tarqoq parametrli va nochiziq magnit bog‘langan elektromagnit zanjirlar va o‘zgartirgichlar”,
05.05.02 – “Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/T974
Ilmiy maslahatchi F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xalikov Abdulxaq Abdulxairovich, t.f.d., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.10/2025.27.12.T.01.03.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pirmatov Nurali Berdiyarovich – texnika fanlari doktori, professor; Ishnazarov Oybek Xayrullaevich – texnika fanlari doktori, professor;Sadullaev Nasrullo Nematovich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarqoq parametrli va nochiziq magnit bog‘langan zanjirlar nazariyasini rivojlantirish hamda axborot-energetik xarakteristikalari yaxshilangan elektr va noelektr kattaliklar elektromagnit o‘zgartirgichlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor tarqoq parametrli va nochiziq magnit bog‘langan zanjirlar nochiziq differensial tenglamalari tarkibiga magnit oqimlarning zanjir uzunligi bo‘yicha ikkinchi hosilasini nolga teng bo‘lishi shartini hamda zanjirning tarqoq parametrlarini tavsiflovchi biror geometrik o‘lchami yoki qo‘zg‘atuvchi chulg‘am o‘ramlari soni pog‘on qiymatini zanjir uzunligi koordinatasining funksiyasi sifatida kiritish orqali nochiziq differensial tenglamalarning aniq analitik echimlarini topish usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor tarqoq parametrli va nochiziq magnit bog‘langan elektromagnit zanjirlar ishchi magnit oqimlari chiziqli taqsimlanishini ulardagi uzun ferromagnit o‘zaklar enining zanjir uzunligi bo‘ylab o‘zgarish qonuniyatini tanlash orqali oshirish usuli ishlab chiqilgan;
ishchi magnit oqimlari chiziqli taqsimlangan elektromagnit o‘zgartirgichlarni yaratish imkoniyatini beruvchi ularning tarqoq parametrli va nochiziq magnit bog‘langan zanjirlarida tegishli geometrik o‘lchamlari hamda qo‘zg‘atish chulg‘amlari parametrlarini zanjir uzunligi koordinatasiga bog‘lovchi analitik ifodalari hosil qilingan;
tarqoq parametrli va nochiziq magnit bog‘langan differensial elektromagnit zanjirlarni tadqiq etish uslubi ulardagi magnit hamda geometrik neytral kesimlari orasidagi farqni inobatga olish orqali takomillashtirilgan;
ilk bor sezgirligi va aniqligi yuqori hamda chiziqli o‘zgartirish tavsiflariga ega bo‘lgan tok, mexanik kuchlanish, siljish, tezlik, tezlanish va vibratsiya parametrlarini o‘lchovchi o‘zgartirgichlarning yangi konstruksiyalari ishlab chiqilgan;
qo‘zg‘aluvchan qismi turini va tarqoq parametrli hamda nochiziq magnit bog‘langan zanjirlardagi ishchi magnit oqimlarini zanjir bo‘ylab taqsimlanish chiziqliligini oshirish usullarini inobatga olgan holda yangi elektromagnit o‘zgartirgichlarning matematik modellari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat:
Tarqoq parametrli va nochiziq magnit bog‘langan elektromagnit o‘zgartirgichlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
katta chiziqli siljishlarni o‘lchovchi transformator o‘zgartirgichi qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining ixtiroga patenti olingan (№IAP 07521, 2023 y.). Natijada, statik xarakteristikasi chiziqli bo‘lgan katta siljishni elektr kuchlanishga o‘zgartiruvchi qurilmani ishlab chiqish imkonini bergan;
katta chiziqli siljishlarni o‘lchovchi transformator o‘zgartirgichi qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining ixtiroga patenti olingan (№IAP 7953, 2023 y.). Natijada, sezgirligi yuqori va o‘zgartirish funksiyasi chiziqli bo‘lgan katta siljishlarni elektr kuchlanishga o‘zgartiruvchi qurilmani ishlab chiqish imkonini bergan;
burchak siljishlarni o‘lchovchi transformator o‘zgartirgichi qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining ixtiroga patenti olingan (№IAP 8010, 2025 y.). Natijada, o‘zgartirish funksiyasi chiziqli va bir vaqtning o‘zida ikkita obekt burilish burchaklari hamda ular orasidagi farqni elektr kuchlanishlarga o‘zgartirish orqali funksional imkoniyatlari kengaytirilgan qurilmani ishlab chiqish imkonini bergan;
katta chiziqli siljishlarni o‘lchovchi transformator o‘zgartirgichi qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining ixtiroga patenti olingan (№IAP 8312, 2025 y.). Natijada, statik xarakteristikasi chiziqli bo‘lgan katta siljishlarni elektr kuchlanishga o‘zgartiruvchi qurilmani ishlab chiqish imkonini bergan;
tok va burchak siljishlarni o‘lchovchi ferrodinamik o‘zgartirgich qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining ixtiroga patenti olingan (№IAP 8359, 2026 y.). Natijada, sezgirligi va aniqligi yuqori hamda o‘zgartirish funksiyasi chiziqli bo‘lgan tok va burchak siljishlarni elektr kuchlanishga o‘zgartiruvchi qurilmani ishlab chiqish imkonini bergan;
burchak siljishlarni o‘lchovchi transformator o‘zgartirgichi qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining ixtiroga patenti olingan (№IAP 8447, 2026 y.). Natijada, o‘zgartirish funksiyasi chiziqli va aniqligi yuqori hamda bir vaqtning o‘zida ikkita obekt burilish burchaklari hamda ular orasidagi farqni elektr kuchlanishlarga o‘zgartirish orqali funksional imkoniyatlari kengaytirilgan qurilmani ishlab chiqish imkonini bergan;
sezgirligi va aniqligi yuqori hamda statik xarakteristikasi chiziqli bo‘lgan burchak siljishlar farqini elektr kuchlanishga o‘zgartiruvchi tarqoq parametrli va nochiziq magnit bog‘langan zanjirli yangi elektromagnit o‘zgartirgich qurilmasi “Temiryo‘linfratuzilma” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Toshkent” elektr ta’minoti distansiyasi “Rahimov” kontakt tarmog‘i rayonida o‘tkazuvchi tayanchdagi konsollarni gorizontal tekislikda og‘ish burchagini nazorat qilish va uning nosozligini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026 yil 11 fevraldagi 4/E193-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘tkazuvchi tayanch konsollari holatini nazorat qilish va uning nosozligini o‘z vaqtida aniqlash hisobiga 363,25 mln so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.