Mardonova Guljaxon Amanovnaning

fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oilada bolalarni alla vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped110.

Ilmiy rahbar: Yakubbekova Munavvar Muxamadovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:  oilada bolalarni alla vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

allaning tarbiyaviy shakllanishi mazmuni  (alla so‘zining etimologiyasi “balu-balu”, “allala”, “alang”, “ala” so‘zlari fonetik o‘zgarishlarga bog‘liqligi) tarixiy, ensiklopedik, pedagogik-psixologik hamda xalq og‘zaki ijodi manbalaridagi bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda qo‘llanilgan gnoseologik metodlarning faollashtiruvchi, motivatsiya uyg‘otuvchi komponentlariga ustuvorlik berish asosida aniqlangan;

bolalarning alla vositasida psixologik-ma’naviy rivojlanish (chaqaloqlikdan uch yoshgacha erkalash, ardoqlash; uch yoshdan yaxshilikka yo‘naltiruvchi, o‘git-nasihat; to‘rt yoshdan  orzu-umidga yo‘g‘rilgan; besh yoshdan didaktik allalar) xususiyatlari alla turlarining didaktik, mantiqiylik, innovatsionlik tamoyillariga hamohang ravishda aniqlangan;

oila–mahalla–maktabgacha ta’lim muassasasi hamkorligida alla vositasida ma’naviy-axlokiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish mexanizmi ko‘rgazmali-faoliyatiy fikrlash, allaning sinxron ta’siri (fonematik tovushlar) va xalq og‘zaki ijodining alla, maqol, topishmoq, matal, tez aytish, ertak kabi kichik janrlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;

oilada bolalarning alla vositasida tadrijiy ma’naviy-axloqiy rivojlanishini baholash indikatorlari retrospektiv davriylik talablariga muvofiq milliy va umuminsoniy qadriyatlar tamoyillariga ko‘ra takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Oilada bolalarni alla vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:

oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, o‘g‘il va qizlarni oilaparvarlikka tayyorlashga doir takliflardan Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 5 martda tasdiqlangan “Oilada farzand tug‘ilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan marosimlardagi dabdababozliklarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ning 1.5-bandi: farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq milliy marosimlar haqida maqola, tezis va bukletlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 23 apreldagi 01-02/2-2-/27-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarni alla vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda onalarning metodik tavsiyalar bilan ta’minlanishiga hamda bolalarning alla to‘g‘risidagi tushuncha va bilimlari boyishiga erishilgan;

bolalarning alla vositasida psixologik-ma’naviy rivojlanish  xususiyatlari alla turlarining didaktik, mantiqiylik, innovatsionlik tamoyillariga hamohang ravishda aniqlanishiga oid taklif va tavsiyalar amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2019 yil  24 maydagi 524-son ma’lumotnomasi). Natijada oilada bolalarni alla vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda onalarning metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanish samaradorligi ortgan;

oilada bolalarning alla vositasida tadrijiy ma’naviy-axloqiy rivojlanishini baholash indikatorlari retrospektiv davriylik talablariga muvofiq milliy va umuminsoniy qadriyatlar tamoyillariga ko‘ra takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar amaliyotga joriy qilingan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 21 maydagi 02/09-604-19-son ma’lumotnomasi). Natijada onalarning oilada bolalarni alla vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda bilim, ko‘nikma, malakalarini rivojlantirish, bolalarda yoshga nisbatan ma’naviy etuklikni shakllantirish samaradorligi oshgan; 

oila–mahalla–maktabgacha ta’lim muassasasi hamkorligida bolalarni alla vositasida tarbiyalash mexanizmi ko‘rgazmali-faoliyatiy fikrlash, allaning sinxron ta’siri  va xalq og‘zaki ijodining alla, maqol, topishmoq, matal, tez aytish, ertak kabi kichik janrlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar amaliyotga joriy etilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2019 yil 20 maydagi 02-01/274-son ma’lumotnomasi). Natijada mahallalarda ota-onalar va  bolalar bilan amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlarning samaradorligi va onalarda allaning mazmun-mohiyati, uning tarbiyaviy ahamiyatini tushunish va tarbiya jarayonida qo‘llash imkoniyati oshgan;

tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan allaning tarbiyaviy shakllanishi mazmuni tarixiy, ensiklopedik, pedagogik-psixologik hamda xalq og‘zaki ijodi manbalaridagi bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda qo‘llanilgan gnoseologik metodlari “Tarbiya” ensiklopediyasiga kiritilgan (“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyotining 2019 yil 20 maydagi 01-189-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarnialla vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda onalarning mas’uliyatini kuchaytirish, ularning bilim, malakasini oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish