Safarov Azamat Rasul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i nomi): «4-aminobenzoy kislota va tiadiazol hosilalari asosida Zn2+, Cd2+ metallokomplekslar sintezi, tuzilishi, biologik faolligi», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K969.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Aziz Baxtiyorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.K.01.13.M.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Torambetov Batirbay Smetovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.  
II.Tadqiqotning maqsadi: 4-aminobenzoy kislotasi va tiadiazol hosilalari asosida yangi metall komplekslari sintezi, tuzulishi, biologik faolligini tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 4ABK va tiadiazolning Zn(II) va Cd(II) ionlari bilan monoyadroli va polimer tuzlishli, monoligandli va aralash ligandli 7 ta koordinatsion birikma sintez qilingan;
RTT, IQ-spektroskopiya, UB-spektroskopiya, DTA tekshirish usullari orqali olingan koordinatsion birikmalarning tarkibi, tuzilishi va xossalari aniqlanib, ulardan [Zn2(4ABK)2(H2O)2Cl2]n, [Cd(4ABK)(Ch3COO)H2O]n, ([Cd(4ABK)2(Ch3COO)H2O]H2O)n komplekslari 4-aminobenzoy kislotasi asosida polimer tuzulishli, [Zn(4ABK)2Cl2] kompleksi 4-aminobenzoy kislotasi asosida [Cd(AMTT)3(NO3)2] kompleksi tiadiazol hosilasi asosida monoligandli, [Zn(4ABK)2(ATD)2] va  [Zn(4ABK)2(AMTT)2] komplekslari esa 4-aminobenzoy kislotasi va tiadiazol hosilalari asosida aralash ligandli koordinatsion birikmalar ekanligi, Zn asosli komplekslar geometriyada tetragonal, Cd asosli komplekslar esa oktaedr ekanligi aniqlangan;
ilk bor sintez qilingan Zn asosli [Zn(4ABK)2Cl2], [Zn(4ABK)2(ATD)2] va  [Zn(4ABK)2(AMTT)2] koordinatsion birikmalarning barqarorlik konstantalari spektroskopik usullar bilan o‘rganildi va eritmalardagi eng barqaror birikma [Zn(4ABK)2(ATD)2] ekanligi isbotlangan;
sintez qilingan [Zn2(4ABK)2(H2O)2Cl2]n, [Cd(4ABK)2(Ch3COO)H2O]n, ([Cd(4ABK)2(Ch3COO)H2O]H2O)n, [Zn(4ABK)2Cl2], [Cd(AMTT)3(NO3)2], [Zn(4ABK)2(ATD)2] va  [Zn(4ABK)2(AMTT)2] koordinatsion birikmalarning kristallografik ma’lumotlaridan foydalanib Hirshfeld sirt xususiyatlari  aniqlangan;
ilk bor sintez qilingan koordinatsion birikmalarning patogen bakteriyalarga qarshi yuqori sellektiv ta’sirga ega ekanligi aniqlangan. “In silico” yondashuvi yordamida [Zn(4ABK)2(ATD)2] va [Zn(4ABK)2(AMTT)2]tarkibli komplekslarning patogen bakteriyalar oqsiliga bogʻlanish natijalari an’anaviy “in vivo” usul bilan tasdiqlangan;
 sintez qilingan barcha koordinatsion birikmalar bakteriyalarga qarshi biologik faol hamda 4-sinf “kam zaharli” kimyoviy birikmalar toyifasiga kirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 4-aminobenzoy kislota va 1,3,4-tiadiazol hosilalari asosida yangi metallokompleks birikmalar sintezi, tarkibi va tuzilish xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[Zn(4ABK)₂Cl₂], [Zn(4ABK)₂(ATD)₂], [Zn(4ABK)₂(AMTT)₂] va [Cd(AMTT)₃H(NO₃)₂] tarkibli kompleks birikmalarning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (CCDC raqamlari mos ravishda 2445020, 2491482, 2491483, 2444988). Natijada, o‘xshash yangi koordinatsion birikmalarni sintez qilish va ularning tuzilishini tavsiflash uchun ishonchli kristallografik ma’lumotlar bazasi yaratilgan;
4-aminobenzoy kislota va 1,3,4-tiadiazol hosilalari asosidagi Zn(II) va Cd(II) komplekslarining sintezi, kristall tuzilishi hamda fizik-kimyoviy xossalariga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi hamda AL-7623031231-sonli “Siklopentadienil temir dikarbonil dimer asosida uglerodli nanonaylar sintez qilish va ularni fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rganish” (2024–2025 yy.) fundamental loyihasi doirasida olib borilgan ilmiy izlanishlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2025 25-iyundagi 4/1255-1567-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, metall tarkibli yangi birikmalarni sintez qilish, ularning kristall tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuvlar boyitildi, olingan ilmiy natijalar esa istiqbolli funksional materiallarni yaratish va ularning xossalarini baholashga oid tadqiqotlarda qo‘llash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish