Qo‘chqorova Dilfuza O‘ktam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy va poliefir tolali aralash matolarni Apis Mellifera xitozani ishtirokida bo‘yash jarayonlarining jihatlari», 02.00.06 - Yuqori molekulyar birikmalar, 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4PhD/K668.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.K.01.13.M raqamli kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Islamov Baxtiyor Xaydarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Orziqulov Bunyod Toshmirzaevich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Apis Mellifera xitozanini kriogen usulda olish hamda tabiiy va poliefir tolali aralash matolarni xitozan ishtirokida bo‘yash jarayonlarini tahlil qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy xomashyo jonsiz asalari Apis Melliferadan olingan xitozan biopolimerini viskozimetriya va gel xromatografiya usullari bilan molekulyar massalarini hisoblash uchun K= va α=0,794 qiymatlari aniqlangan;
jonsiz asalari Apis Mellifera xitozani ishtirokida paxta-poliefir tolali aralash matoni bo‘yash jarayonida  xitozan  bilan  bo‘yovchi moddalar  orasidagi  funksional faol -NH2, -OH, sulfo (-SO3) guruhlar ion va vodorod bog‘lar hosil qilish mexanizmi isbotlangan;
paxta-poliefir aralash mato uchun Apis Mellifera xitozani asosida dispers va faol bo‘yovchi moddalar bo‘yash jarayoniga eritma pH qiymati va  elektrolit ta’sir etishi tahlil qilinib, elektrolisiz bo‘yash usuli ishlab chiqilgan; 
bo‘yash eritmasi komponentlarining optimal nisbatlari xitozanning 1-1,5% li konsentratsiyasida rang intensivligi (K/S) 7,21; bo‘yovchi modda fiksatsiyasi 52,2-84,5% ko‘rsatkichlarga erishilgan hamda paxta-poliefir aralash tolali matoni ekologik toza xitozan ishtirokida bo‘yashning resurstejamkor texnologiyasi takomilashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy jonsiz asalaridan olingan xitozan yordamida paxta-poliefir tolali aralash matolarni bo‘yash texnologiyasini takomillashtirish va bo‘yalgan matolarning rang sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha olingan  natijalar asosida:
paxta-poliefir matolarni uzlukli usulda faol va dispers bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash jarayoni “Parvoz-Humo ravnaq trans” Buxoro MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilindi (“O‘zto‘qimachilik” uyushmasining 2025 yil 27 oktyabrdagi 02/25-2560-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mato xitozan bilan modifikatsiya qilinishi hisobiga rang intensivligi 20-30% ga oshish imkoniyati yaratilgan;
Apis Mellifera xitozan modifikatoridan foydalanish texnologiyasi joriy qilindi (“O‘zbekiston asalarichilar” uyushmasi 2025 yil 12 noyabrdagi 210/11-sonli ma’lumotnomasi). Paxta-poliefir matolarni bo‘yash uchun xitozandan foydalanish natijasida bo‘yalgan matolarning rang-sifat ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlari yaxshilandi, shu bilan birga elektrolit miqdori 60 g/kg/- ga kamayishi hamda qimmatbaho bo‘yovchi moddalar 27-30% ga tejash imkoniyati yaratilganligi bilan izohlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish