Yuldashov Sarvarxon Akmaljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tireotoksikoz fonida ko‘z olmasining klinik morfologik xususiyatlari», 14.00.02 – Morfologiya, 14.00.02 – Oftalmologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3722.
Ilmiy rahbar: Axmedova Sayyora Muxamadovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nozimov Axmadjon Erkin o‘g‘li, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jalalova Dilfuza Zuxriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘sh davlat universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: tireotoksikoz fonida rivojlanuvchi endokrin oftalmopatiyada ko‘z olmasi va uning yordamchi qismlaridagi morfologik o‘zgarishlarni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ultratovush diagnostikasi va ekzoftalmometriyadan kompleks foydalanish, ishonchli klinik-eksperimental korrelyasiyalarni olish asosida, endokrin oftalmopatiyada patogenetik jihatdan asoslangan diagnostika mezonlari sifatida ko‘zni harakatlantiruvchi mushaklarning qalinlashishi, yallig‘lanish infiltratsiyasi va funksional cheklanishining ahamiyati isbotlangan;
tireotoksikoz sharoitida qondagi qalqonsimon bez gormonlari darajasi va orbita yumshoq to‘qimalarining morfometrik ko‘rsatkichlari o‘rtasida sezilarli korrelyasiya bog‘liqliklari: erkin T3 mushak diametri (r=+0,86; p<0,001) va erkin T4 kollagen zichligi (r=+0,78; p<0,01) o‘rtasida kuchli ijobiy korrelyasiya, shuningdek, TSI (tireoid stimullovchi immunoglobulin)  va mushak diametri (r=-0,72; p<0,01) va kollagen zichligi (r=-0,80; p<0,001) o‘rtasida kuchli salbiy korrelyasiya aniqlangan;
ilk bor endokrin oftalmopatiyali bemorlarda yallig‘lanish va shish darajasi ko‘zni harakatlantiruvchi mushaklardagi ultratovush morfometrik o‘zgarishlari asosida miqdoriy baholanib, B-skanerlash belgilar kasallik faolligining obektiv ko‘rsatkichi ekanligi isbotlangan;
ilk bor xorioideya qalinligi, xorioid qon tomir kompleksi (SVI) va OKT-angiografiya ko‘rsatkichlarini kompleks baholash endokrin oftalmopatiyada mikrovaskulyar-ishemik buzilishlarni aniqlash imkonini berishi va ko‘z olmasi shikastlanishining diagnostik markerlari sifatida foydalanish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tireotoksikoz fonida rivojlanuvchi endokrin oftalmopatiyada ko‘z olmasi va uning yordamchi qismlaridagi morfologik o‘zgarishlarni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ultratovush diagnostikasi va ekzoftalmometriyadan kompleks foydalanish, ishonchli klinik-eksperimental korrelyasiyalarni olish asosida, endokrin oftalmopatiyada patogenetik jihatdan asoslangan diagnostika mezonlari sifatida ko‘zni harakatlantiruvchi mushaklarning qalinlashishi, yallig‘lanish infiltratsiyasi va funksional cheklanishining ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 24-fevralda 02-25/498-t-son bilan tasdiqlangan “Tireotoksikoz fonida endokrin oftalmopatiyaning klinik-morfologik tekshirish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 17.05.2025 yildagi 50-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 15.03.2025 yildagi 46-M-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/43-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot tajribaviy qismi natijalari tireotoksikoz fonida ko‘ruv a’zosida rivojlanuvchi morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, erta tashxislash, profilaktika va davolashga qaratilgan usullarni yaxshilash uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tireotoksikoz fonida endokrin oftalmopatiya rivojlanishining erta davrida kuzatiladigan morfologik o‘zgarishlarni bilish, shuningdek, yuzaga keluvchi oftalmopatiyani davolash va oldini olish orqali kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish orqali byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: tireotoksikoz sharoitida qondagi qalqonsimon bez gormonlari darajasi va orbita yumshoq to‘qimalarining morfometrik ko‘rsatkichlari o‘rtasida sezilarli korrelyasiya bog‘liqliklari: erkin T3 mushak diametri (r=+0,86; p<0,001) va erkin T4 kollagen zichligi (r=+0,78; p<0,01) o‘rtasida kuchli ijobiy korrelyasiya, shuningdek, TSI (tireoid stimullovchi immunoglobulin)  va mushak diametri (r=-0,72; p<0,01) va kollagen zichligi (r=-0,80; p<0,001) o‘rtasida kuchli salbiy korrelyasiya aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 24-fevralda 02-25/498-t-son bilan tasdiqlangan “Tireotoksikoz fonida endokrin oftalmopatiyaning klinik-morfologik tekshirish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 17.05.2025 yildagi 50-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 15.03.2025 yildagi 46-M-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/43-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tireotoksikoz bilan kasallangan bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning sifatini oshirish uchun tireotoksikozda kuzatiladigan ko‘z olmasi va orbital yumshoq to‘qimalardagi morfologik o‘zgarishlarini modeli yaratilgan. Olingan natijalar, yuzaga keluvchi endokrin oftalmopatiya, uni davolash va oldini olish tartibini bashoratlash orqali samarali davolash tartibini tatbiq etish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: gormon darajasi va morfologik o‘zgarishlar o‘rtasidagi korrelyasiya (masalan, T4 darajasi va kollagen zichligining bir vaqtda ortishi) og‘ir asoratlarning oldini olishga imkon berib, qimmat jarrohlik aralashuvlarga (masalan, orbital dekompressiya) ehtiyojni 30-40% ga kamaytirish va endokrin oftalmopatiyaning eksperimental modellarida aniqlangan korrelyasiyalar kelajakda rejalashtirilgan klinik tadqiqotlar bosqichlarini qisqarish natijasida umumiy xarajatlar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor endokrin oftalmopatiyali bemorlarda yallig‘lanish va shish darajasi ko‘zni harakatlantiruvchi mushaklardagi ultratovush morfometrik o‘zgarishlari asosida miqdoriy baholanib, B-skanerlash belgilar kasallik faolligining obektiv ko‘rsatkichi ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 24-fevralda 02-25/498-t-son bilan tasdiqlangan “Tireotoksikoz fonida endokrin oftalmopatiyaning klinik-morfologik tekshirish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 17.05.2025 yildagi 50-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 15.03.2025 yildagi 46-M-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/43-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: endokrin oftalmopatiya tashxisli bemorlarda ko‘z olmasi va orbita yumshoq to‘qimalarining ultratovush diagnostikasi nisbatan sezgir, arzon va oddiy texnik bazani talab qiluvchi tekshiruv usuli hisoblanib, mazkur patologiyani erta bosqichlarida aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: B-skan asosida ekstraokulyar mushaklarining ultratovush morfometrik tahlilidan foydalanish endokrin oftalmopatiyada yallig‘lanish va shish darajasini aniqlashga sarflanadigan 225000 so‘m (orbital MRTning o‘rtacha narxi 300000 so‘m, B-skan ultratovush diagnostikasi narxi esa 75000 so‘m) byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor xorioideya qalinligi, xorioid qon tomir kompleksi (SVI) va OKT-angiografiya ko‘rsatkichlarini kompleks baholash endokrin oftalmopatiyada mikrovaskulyar-ishemik buzilishlarni aniqlash imkonini berishi va ko‘z olmasi shikastlanishining diagnostik markerlari sifatida foydalanish mumkinligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 24-fevralda 02-25/498-t-son bilan tasdiqlangan “Tireotoksikoz fonida endokrin oftalmopatiyaning klinik-morfologik tekshirish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 17.05.2025 yildagi 50-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 15.03.2025 yildagi 46-M-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 2 dekabrdagi 30/43-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: optik kogerent tomografiya (OKT) va OKT-angiografiya yordamida endokrin oftalmopatiyaning dastlabki bosqichlarida xorioideya hamda to‘r pardadagi subklinik o‘zgarishlar aniqlanadi, bu esa ko‘rish funksiyalarini erta bosqichda saqlab qolish imkonini oshiradi. Kompression optik neyropatiya va ishemik asoratlarni prognozlash orqali bemorlarning hayot sifati va funksional faolligini tiklash uchun zarur sharoit yaratiladi. Natijada nogironlik darajasi, ijtimoiy tibbiy xizmatlar va reabilitatsiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada kamayadi. Shuningdek bu usullar skrining va monitoringga mos – invaziv bo‘lmagan, tezkor va bemor uchun qulay usul sifatida profilaktik dasturlarda qo‘llashga tavsiya etiladi. Iqtisodiy samaradorligi: endokrin oftalmopatiyani erta aniqlash uchun skrining usullarini diagnostika va davolash protokollariga OKT tekshiruvini integratsiya qilish orqali joriy etish endokrin oftalmopatiya bilan kasallangan bemorlarni to‘liq diagnostikasi va klinik dinamik kuzatish uchun o‘rtacha yillik 750000 so‘mlik va konservativ davolash muolajalariga sarflanadigan 1,2-1,5 million so‘mlik xarajatlarning 50%gacha iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish