Xalmuratov Baxram Ziuatdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shahar muhitida shovqinning zararli ta’sirini gigienik baholash va uni kamaytirish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3529.
Ilmiy rahbar: Tashpulatova Guzal Alievna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasaliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaredinov Damir Aripovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: shovqin manbalari va ularning aholi salomatligiga ta’sirini kompleks gigienik baholash asosida Toshkent shahri aholi yashash joylarining shovqin bilan ifloslanish darajasini pasaytirish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turar-joy hududlari va xonadonlarda turli shovqin manbalari tomonidan yaratilgan akustik yuklamani aniq miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida baholanib, har bir manba uchun ruhsat etilgan eng yuqori shovqin darajalari (RED), er usti metro liniyalari, ko‘ngilochar joylar, sanoat korxonalari, qurilish maydonchalari, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining oqimli-so‘ruvchi ventilyasiya hamda sovutish uskunalari shovqinining turar-joy muhitiga ta’siri va xavf darajasi aniqlangan;
antropogen shovqin yuklamasi yuqori bo‘lgan hududlarda yashovchi aholining psixologik va fiziologik holatiga akustik omillarning salbiy ta’siri tufayli shovqin ekspozisiyasi bilan neyrovegetativ va somatik disfunksiyalarning (uyqu dizontogenezi, arterial gipertenziya, sensoronevral defisit) rivojlanishi o‘rtasida ishonchli korrelyasiyalar, patologik o‘zgarishlarning og‘irligi va kognitiv pasayish darajasi hamda kumulyativ ta’siri davomiyligi hamda shovqinning spektrografik tarkibi o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslangan;
ilk bor zarafshon archasi (mojjevelnik) ning ekvivalent tovush darajasini 16-17 dBA gacha pasaytirishi tufayli biomuhandislik shovqin ekrani sifatidagi yuqori akustik samaradorligi miqdoriy jihatdan hamda tovush darajasi (dBA) va tovush bosimining (dB) pasayishi bilan daraxt va butazorlarning strukturaviy konfiguratsiyasi va qalinligi o‘rtasidagi izchil bog‘liqlik isbotlangan;
archaning shovqindan himoya qilish samaradorligini ko‘p mehnat talab qiladigan tabiiy o‘lchovlar va murakkab hisob-kitoblarsiz tezkor aniqlashni ta’minlaydigan maxsus ekspress-baholash nomogramma ishlab chiqilib, urbanizatsiyalashgan hududlarida salbiy shovqin ta’sirining oldini olish va aholi salomatligini muhofaza qilishda biomuhandislik ekranlaridan foydalanishning gigienik ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shahar muhitida shovqinning zararli ta’sirini gigienik baholash va uni kamaytirish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: turar-joy hududlari va xonadonlarda turli shovqin manbalari tomonidan yaratilgan akustik yuklamani aniq miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida baholanib, har bir manba uchun ruhsat etilgan eng yuqori shovqin darajalari (RED), er usti metro liniyalari, ko‘ngilochar joylar, sanoat korxonalari, qurilish maydonchalari, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining oqimli-so‘ruvchi ventilyasiya hamda sovutish uskunalari shovqinining turar-joy muhitiga ta’siri va xavf darajasi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar SGKK ITI Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 8 mayda 32-son bilan tasdiqlangan «Katta shaharlardagi turar-joy hududining akustik ifloslanishini gigienik baholashning yagona usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritildi. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 26.06.2025 yildagi 42-son, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqolpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘yicha 01.07.2025 yildagi 32-P-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi bo‘yicha 23.08.2025 yildagi 214-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 2 dekabrdagi 30/53-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shovqin ta’sirini Laekv/LAmax bo‘yicha bir xil mezonlarda baholash uyqu buzilishi, stress, YQT xavflarini kamaytirish, bolalar o‘qish natijalarini yaxshilash, «Akustik noqulaylik zonalari» orqali himoyaga muhtoj guruhlarni ustuvor himoya qilish imkonini beradi. Shovqin xaritasi va GAT “sokin hududlar” hamda transport siyosatini maqsadli rejalashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: doimiy bo‘lmagan shovqinda minimal kuzatish (≥20 daqiqa/≥3 sikl), fon tuzatmalari va nuqtani tanlashning standart mezonlari ortiqcha o‘lchovlarni bartaraf etib, o‘lchov jarayonlarida bir nuqtaning o‘lchov vaqtini 45 daqiqadan 25 daqiqaga qisqartirish (100 nuqta o‘lchanganda 33,3 soat/oy tejashga teng) natijasida soatlik to‘liq tannarx 120000 so‘m bo‘lsa, oyiga 4,0 mln. so‘m yoki yiliga 48 mln. so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: antropogen shovqin yuklamasi yuqori bo‘lgan hududlarda yashovchi aholining psixologik va fiziologik holatiga akustik omillarning salbiy ta’siri tufayli shovqin ekspozisiyasi bilan neyrovegetativ va somatik disfunksiyalarning (uyqu dizontogenezi, arterial gipertenziya, sensoronevral defisit) rivojlanishi o‘rtasida ishonchli korrelyasiyalar, patologik o‘zgarishlarning og‘irligi va kognitiv pasayish darajasi hamda kumulyativ ta’siri davomiyligi hamda shovqinning spektrografik tarkibi o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslanganligi bo‘yicha takliflar SGKK ITI Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 14-oktabrdagi t-01/2-son qarori bilan tasdiqlangan «Atrof-muhitning shovqinli ifloslanishini monitoring qilishning uslubiy yondashuvlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritildi. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 26.06.2025 yildagi 42-son, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqolpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘yicha 01.07.2025 yildagi 32-P-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi bo‘yicha 23.08.2025 yildagi 214-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 2 dekabrdagi 30/53-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shovqin monitoringini ilmiy asosda standartlash, manbalarni aniqlash–xaritalash–gigienik baholash–pasaytirish zanjirini yo‘lga qo‘yish, barqaror shahar rejalashtirishini qo‘llash; salomatlik xavflari va ijtimoiy-iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish, jamoatchilik xabardorligi va ekologik madaniyatni oshirish, me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirishbilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: monitoring–bashorat–himoya choralarining joriy etilishi kasallanishni va tibbiy xizmatlarga ehtiyojni qisqartirish va moddiy zarar 10,5% ga kamaytirish, ish unumdorligini oshirish, turizm jozibadorligi va ko‘chmas mulk qiymatini oshirish, ma’muriy, muhandislik, rejalashtirish choralari uzoq muddatli foyda va o‘sishni ta’minlash natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor zarafshon archasi (mojjevelnik) ning ekvivalent tovush darajasini 16-17 dBA gacha pasaytirishi tufayli biomuhandislik shovqin ekrani sifatidagi yuqori akustik samaradorligi miqdoriy jihatdan hamda tovush darajasi (dBA) va tovush bosimining (dB) pasayishi bilan daraxt va butazorlarning strukturaviy konfiguratsiyasi va qalinligi o‘rtasidagi izchil bog‘liqlik isbotlanganligi bo‘yicha takliflar SGKK ITI Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 14-oktabrdagi t-01/3-son qarori bilan tasdiqlangan «Aholi yashash hududlaridagi akustik ifloslanishdan himoyalanish chora-tadbirlarini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritildi. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 26.06.2025 yildagi 42-son, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqolpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘yicha 01.07.2025 yildagi 32-P-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi bo‘yicha 23.08.2025 yildagi 214-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 2 dekabrdagi 30/53-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shovqin pasayishi yurak-qon tomir kasalliklari, stress, uyqusizlik va ruhiy buzilishlar xavfini kamaytirish, bolalarda diqqat va o‘zlashtirishni oshirish, keksalar hamda nogironlar uchun inklyuziv, qulay muhit yaratish, psixo-emotsional taranglikni kamaytirish, past shovqin fonida xodimlar samaradorligini va masofaviy mehnat sharoitlarini yaxshilash, talaba va tadqiqotchilarda kognitiv-ijodiy faoliyat uchun optimal sharoit yaratish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: shovqinni kamaytirish choralari yordamida kasallanish darajasini 30% ga pasaytirish natijasida yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini davolash uchun 1 nafar bemorga sarflanadigan o‘rtacha 2000000 so‘m mablag‘lar (yillik tejamkorlik = (10000 × 0,05 × 2000000) × 0,3 = 300000000 so‘m/yil) iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: archaning shovqindan himoya qilish samaradorligini ko‘p mehnat talab qiladigan tabiiy o‘lchovlar va murakkab hisob-kitoblarsiz tezkor aniqlashni ta’minlaydigan maxsus ekspress-baholash nomogramma ishlab chiqilib, urbanizatsiyalashgan hududlarda shovqin salbiy ta’sirining oldini olish va aholi salomatligini muhofaza qilishda biomuhandislik ekranlaridan foydalanishning gigienik ahamiyati asoslanganligi bo‘yicha takliflar SGKK ITI Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 14-oktabrdagi t-01/3-son qarori bilan tasdiqlangan «Aholi yashash hududlaridagi akustik ifloslanishdan himoyalanish chora-tadbirlarini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritildi. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 26.06.2025 yildagi 42-son, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Qoraqolpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘yicha 01.07.2025 yildagi 32-P-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi bo‘yicha 23.08.2025 yildagi 214-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 2 dekabrdagi 30/53-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shovqin pasayishi yurak-qon tomir kasalliklari, stress, uyqusizlik va ruhiy buzilishlar xavfini kamaytirish, bolalarda diqqat va o‘zlashtirishni oshirish, keksalar hamda nogironlar uchun inklyuziv, qulay muhit yaratish, psixo-emotsional taranglikni kamaytirish, past shovqin fonida xodimlar samaradorligini va masofaviy mehnat sharoitlarini yaxshilash, talaba va tadqiqotchilarda kognitiv-ijodiy faoliyat uchun optimal sharoit yaratish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: shovqinni kamaytirish choralari yordamida kasallanish darajasini 30% ga pasaytirish natijasida yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini davolash uchun 1 nafar bemorga sarflanadigan o‘rtacha 2000000 so‘m mablag‘lar (yillik tejamkorlik = (10000 × 0,05 × 2000000) × 0,3 = 300000000 so‘m/yil) iqtisod qilinadi.