Fozilova Nozila Inoyatilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Surunkali yiringli o‘rta otitning asoratli shakllarini erta tashxislashni takomillashtirishda immunogenetik va klinik omillarning roli, 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3502.
Ilmiy raxbar: Xushvakova Nilufar Jurakulovna tibbiet fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.02.
Rasmiy opponentlar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dobresov Konstantin Grigor`evich, tibbiet fanlari doktori, professor (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: Marat Ospanov nomidagi G‘arbiy-Qozog‘iston tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yiringli o‘rta otitning asoratlangan shakllarini klinik-otoskopik, audiologik va immunogenetik omillar asosida erta tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali yiriңgli o‘rta otitning asoratlangan va asoratlanmagan shakllari bilan kasallangan bemorlarda qiyosiy klinik-funksional tadqiqot asosida tubotimponal va attikoantral shakllarning uchrash chastotasida ishonchli farqlar aniqlangan;
surunkali yiriңgli o‘rta otitda suyak destruksiyasiga individual moyillikning shakllanishida TNF-α geni G308A va IL-10 geni G1082A genetik polimorfizmlarining patogenetik roli, xamda TNF -α genining A alleli va IL-10 genining G alleli tashuvchanligi o‘rta quloq suyak to‘qimasi rezorbsiyasini tezlashtiradigan sitokin profilining nomutanosibligi aniklangan;
prognostik xavf omillarining eng muhim kombinatsiyasi aniqlangan va ilmiy asoslangan va mahalliy IgG va IgA darajasining pasayishi va xolesteatoma mavjudligi fonida AA genotipi (TNF-α) va GG genotipi (IL-10) kombinatsiyasi destruktiv asoratlar rivojlanish ehtimolini 3,5 baravar oshirishi bu esa bemorlarni xavf guruhlari bo‘yicha tabaqalashtirishga imkon berishi isbotlangan;
klinik-audiologik ko‘rsatkichlar hamda TNF-α geni G308A va IL-10 geni G1082A genetik polimorfizmlarining integratsiyasiga asoslangan, surunkali yiringli o‘rta otit asoratlari rivojlanish xavfini erta prognoz qilish va davolash taktikasini individuallashtirish imkoniyatini beradigan tashxislash ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/14-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali yiriңgli o‘rta otitning asoratlangan va asoratlanmagan shakllari bilan kasallangan bemorlarda qiyosiy klinik-funksional tadqiqot asosida tubotimponal va attikoantral shakllarning uchrash chastotasida ishonchli farqlar aniqlangan; ilmiy ahamiyati: olingan ma’lumotlar SYO‘O klinik kechishining og‘irligini aniqroq baholash, asoratlarni bashorat qilish va davolash taktikasini, shu jumladan jarrohlik aralashuvini tanlashni individuallashtirish imkonini beradi; amaliyotga joriy etish: ilmiy xulosalar SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi va G‘ijduvon tuman birlashmasi bazasida 2025 yil "03" maydagi 70-son, 3592-2-34-TB/2025 va 3394-2-34-TB/2025-son buyruqlari bilan davolash amaliyotiga joriy etilgan; ijtimoiy samaradorligi: bemorlarni klinik-immunologik va genetik belgilar bo‘yicha tabaqalashtirish terapiyani kompleks tanlash, residivlarning oldini olish va hayot sifatini yaxshilashga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: individuallashtirilgan diagnostika algoritmini joriy etish takroriy kasalxonaga yotqizishlar sonini kamaytirish orqali bir bemor uchun kuniga 200000 so‘mgacha xarajatlarni optimallashtirish imkonini beradi. Xulosa. kasallikning turli klinik shakllarining tarqalish qonuniyatlari aniqlangan. Attikoantral turning uchrash chastotasi destruktiv asoratlar rivojlanishida sezilarli darajada yuqori ekanligi isbotlangan, bu esa ushbu shakllarni jarayonning agressiv kechishi uchun yuqori xavf omillari sifatida ko‘rib chiqish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali yiriңgli o‘rta otitda suyak destruksiyasiga individual moyillikning shakllanishida TNF-α geni G308A va IL-10 geni G1082A genetik polimorfizmlarining patogenetik roli, xamda TNF -α genining A alleli va IL-10 genining G alleli tashuvchanligi o‘rta quloq suyak to‘qimasi rezorbsiyasini tezlashtiradigan sitokin profilining nomutanosibligi aniklangan; ilmiy ahamiyati: SYUOning genetik variantlari va yallig‘lanish va klinik ko‘rinishlarining og‘irligi o‘rtasidagi aniqlangan bog‘liqlik kasallikning asoratlari xavfini va bemorlarning immun-yallig‘lanish javobi darajasi bo‘yicha stratifikatsiyasini samarali bashorat qilish imkonini beradi; amaliyotga joriy etish: ilmiy xulosalar SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi va G‘ijduvon tuman birlashmasi bazasida 2025 yil "03" maydagi 70-son, 3592-2-34-TB/2025 va 3394-2-34-TB/2025-son buyruqlari bilan davolash amaliyotiga joriy etilgan; ijtimoiy samaradorligi: SYUO bilan og‘rigan bemorlarni tekshirishda immunogenetik mezonlardan foydalanish diagnostika aniqligini oshirdi, samarali terapiyani tanlash vaqtini qisqartirdi, kasallikning qaytalanish chastotasini kamaytirdi va bemorlarning hayot sifatini yaxshiladi; iqtisodiy samaradorligi: immunogenetik yondashuvni qo‘llash diagnostika chora-tadbirlarini optimallashtirdi, samarasiz aralashuvlar va takroriy kasalxonaga yotqizishlar sonini kamaytirdi, bu esa takroriy audiometriya, KT, residivda konservativ terapiya xarajatlarini hisobga olgan holda bir bemor uchun o‘rtacha xarajatlarni 1000000 so‘mgacha kamaytirdi. Xulosa: TNF -α (G308A) va IL-10 (G1082A) genlarining ma’lum allel variantlarining mavjudligi yallig‘lanish jarayonining rivojlanish vektorini va suyak destruksiyasining ifodalanganlik darajasini belgilaydi, bu esa audiologik va otoskopik tekshiruvlar ma’lumotlari bilan o‘zaro bog‘liqligi bilan tasdiqlanadi.
uchinchi ilmiy yangilik: prognostik xavf omillarining eng muhim kombinatsiyasi aniqlangan va ilmiy asoslangan va mahalliy IgG va IgA darajasining pasayishi va xolesteatoma mavjudligi fonida AA genotipi (TNF-α) va GG genotipi (IL-10) kombinatsiyasi destruktiv asoratlar rivojlanish ehtimolini 3,5 baravar oshirishi bu esa bemorlarni xavf guruhlari bo‘yicha tabaqalashtirishga imkon berishi isbotlangan; ilmiy ahamiyati: xavf allellarining tashuvchanligi va SYO‘Oning asoratlangan shakllarining rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan. Bu erta bosqichda asoratlar rivojlanishini yoki kasallikning og‘ir kechishini bashorat qilish va bemorlarni profilaktik stratifikatsiya qilish imkonini bergan. amaliyotga joriy etish: ilmiy xulosalar SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi va G‘ijduvon tuman birlashmasi bazasida 2025 yil "03" maydagi 70-son, 3592-2-34-TB/2025 va 3394-2-34-TB/2025-son buyruqlari bilan davolash amaliyotiga joriy etilgan; ijtimoiy samaradorligi: genetik tahlil asoratlar xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni aniqladi, bu shaxsiylashtirilgan terapiyani o‘z vaqtida tayinlash imkonini berdi va natijada kasallikning qaytalanish xavfini kamaytirdi va bemorlarning hayot sifatini yaxshiladi; iqtisodiy samaradorligi: genetik tahlilni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lmagan terapevtik chora-tadbirlar va takroriy kasalxonaga yotqizishlar sonini kamaytirdi, bir bemor uchun xarajatlarni o‘rtacha 800000 so‘mgacha qisqartirdi. Xulosa: TNF-α (G308A) va IL-10 (G1082A) genlarining ma’lum allel variantlarining mavjudligi yallig‘lanish jarayonining rivojlanish vektorini va suyak destruksiyasining ifodalanganlik darajasini belgilaydi, bu esa audiologik va otoskopik tekshiruvlar ma’lumotlari bilan korrelyasiya orqali tasdiqlanadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik-audiologik ko‘rsatkichlar hamda TNF-α geni G308A va IL-10 geni G1082A genetik polimorfizmlarining integratsiyasiga asoslangan, surunkali yiringli o‘rta otit asoratlari rivojlanish xavfini erta prognoz qilish va davolash taktikasini individuallashtirish imkoniyatini beradigan tashxislash ishlab chiqilgan. ilmiy ahamiyati: taklif etilgan algoritm klinik-audiometrik, otoskopik, immunogenetik ko‘rsatkichlar asosida bemor holatini kompleks baholash imkonini bergan. Bu kasallikning kechishini to‘g‘ri bashorat qilish, olib borish taktikasini aniqlash va terapevtik yondashuvni shaxsiylashtirish imkonini bergan. Amaliyotga joriy etish: ilmiy xulosalar SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi va G‘ijduvon tuman birlashmasi bazasida 2025 yil "03" maydagi 70-son, 3592-2-34-TB/2025 va 3394-2-34-TB/2025-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan; ijtimoiy samaradorligi: klinik amaliyotda algoritmni qo‘llash diagnostika aniqligini oshirdi, asoratlar va qaytalanishlar chastotasini kamaytirdi, bemorlarning eshitish funksiyasi va hayot sifatini yaxshiladi; iqtisodiy samaradorligi: algoritmni klinik amaliyotga joriy etish natijasida asoratlarning oldini olish, muolajalar sonini kamaytirish va takroriy kasalxonaga yotqizish xarajatlarini kamaytirishi aniqlandi. Bir bemor uchun xarajatlar kuniga 250000 so‘mgacha qisqardi. Xulosa: uishlab chiqilgan stratifikatsiya algoritmining yuqori samaradorligi aniqlandi, bu SYO‘O kechishini dastlabki bosqichlarda farqlash imkonini beradi. Suyak-havo oralig‘ining ifodalanishi, perforatsiya turi va sitokin genlarining (TNF-α, IL-10) o‘ziga xos polimorfizmlarining umumiy tahlili asoratlangan shakllarning bashoratlashni ta’minlaydi va jarroxlik aralashuvi muddatini optimallashtiradi.