Uralova Dilafruz Ulug‘bek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek millatiga mansub bolalarda markaziy erta jinsiy rivojlanishning molekulyar-genetik o‘ziga xosliklari», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3493.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.10.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Gulnara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kalanxodjaeva Shaxnoza Baxtiyarovna, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek millatiga mansub bolalarda markaziy erta jinsiy rivojlanishning klinik-gormonal va molekulyar-genetik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek millatiga mansub bolalarda markaziy erta jinsiy rivojlanishning kompleks klinik-gormonal va molekulyar-genetik tadqiqoti o‘tkazilib, MKRN3 genining SNP-variantlari (c.1034G>A, c.1229G>A, c.331G>T) tahlil qilingan hamda genotip-fenotip o‘zaro bog‘liqliklari aniqlangan;
ilk bor MKRN3 genining tadqiq etilgan variantlari (c.1034G>A, c.1229G>A va c.331G>T) markaziy erta jinsiy rivojlanishga ega bemorlarning 21,7% ida uchrashi, MKRN3 variantlarini tashuvchi o‘g‘il bolalarda UTT da urug‘donlar hajmi, qonda testosteron darajasining ishonchli ravishda yuqoriligi, biroq gonadotrop gormonlar darajasi, suyak yoshining ilgarilashi bo‘yicha ahamiyatli farqlar kuzatilmagani aniqlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyada ROC-tahlil usuli orqali markaziy erta jinsiy rivojlanish prediktori sifatida bazal lyuteinizirlovchi gormon uchun (LG ≥ 0,43 mEd/l) va suyak yoshi va xronologik yosh o‘rtasidagi farq uchun (ΔBA ≥ 0,75 yil) lokal validlangan va yuqori spesifiklikka ega bo‘lgan bo‘sag‘a qiymat aniqlangan;
ilk bor kompleks klinik-gormonal, rentgenologik va molekulyar-genetik tahlil asosida qizlar va o‘g‘il bolalarda erta jinsiy rivojlanishning differensial-diagnostik algoritmlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2026 yil 16 fevraldagi 3-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha №03/39 sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor mintaqa va mamlakatda markaziy EJR aniqlangan bolalarda MKRN3 genining s.G1034A, c.G1229A variantlarining roli aniqlanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 15 may 3-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda erta jinsiy rivojlanishni baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif bo‘yicha akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 09.06.2025 yildagi 43/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan hamda akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 03.07.2025 yildagi 29-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: markaziy erta jinsiy rivojlanishga erta bosqichlarda tashxis qo‘yish va davolashni boshlash, ruhiy va metabolik asoratlar rivojlanishining oldini olish, bo‘y ko‘rsatkichini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 6850000 so‘m mablag‘lar taklif etilgan algoritm yordamida diagnostika taktikasini optimallashtirish va terapevtik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish natijasida iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: markaziy erta jinsiy rivojlanish tashxisi qo‘yilgan bolalarda MKRN3 genining s.G1034A, c.G1229A variantlari aniklangan va aniqlanmagan bolalarda klinik, gormonal, instrumental taxlil natijalari solishtirilganligi va bu asosida fenotip-genotipik korrelyasiyalar aniqlanganligi va ushbu korrelyasiyalarning markaziy EJR diagnostikasida muxim ahamiyatga ega ekanligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.X.Turakulov nomidagi RIEIATMning ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 15 may 3-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda erta jinsiy rivojlanishni baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif bo‘yicha akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 09.06.2025 yildagi 43/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan hamda akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 03.07.2025 yildagi 29-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: markaziy erta jinsiy rivojlanishga chalingan bolalarda MKRN3 genining variantlariga asoslangan fenotip-genotipik korrelyasiyalarni aniqlash kasallikni erta bosqichlarda ishonchli tashxis qilish imkonini kengaytiradi va psixoemotsional buzilishlar, ijtimoiy moslashuv qiyinchiliklari hamda metabolik asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishga, shuningdek bolalarning o‘sish va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga olib keladi, natijada bemorlarning hayot sifati oshadi va jamiyatga to‘liq integratsiyasi ta’minlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan diagnostik va terapevtik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish markaziy erta jinsiy rivojlanishni aniqlash va davolash jarayonini optimallashtirib, ortiqcha laborator va instrumental tekshiruvlar hajmini qisqartirish, tashxis qo‘yish muddatini tezlashtirish va statsionar davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini beradi, buning natijasida bir bemor uchun statsionar sharoitida davolanishga sarflanadigan o‘rtacha 6850000 so‘m mablag‘ tejaladi hamda sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan samarali foydalanish hisobiga umumiy iqtisodiy samaradorlik oshadi.
uchinchi ilmiy yangilik: qizlarda va o‘g‘il bolalarda markaziy erta jinsiy rivojlanishni erta bosqichda tashxislash maqsadida klinik, antropometrik, gormonal, rentgenologik va molekulyar-genetik ko‘rsatkichlarni kompleks baholash asosida ROC-tahlil usuli qo‘llanildi. Natijada ushbu ko‘rsatkichlarning diagnostik va prognostik ahamiyati ilmiy jihatdan asoslanib, markaziy erta jinsiy rivojlanish xavfini baholashda ROC-tahlildan foydalanishning maqsadga muvofiqligi eksperimental ravishda isbotlanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.X.Turakulov nomidagi RIEIATMning ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 15 may 3-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda erta jinsiy rivojlanishni baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif bo‘yicha akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 09.06.2025 yildagi 43/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan hamda akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 03.07.2025 yildagi 29-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: markaziy erta jinsiy rivojlanishni erta aniqlashda klinik, antropometrik, gormonal, rentgenologik va molekulyar-genetik ko‘rsatkichlarni kompleks baholash hamda ROC-tahlil usulini qo‘llash yuqori xavf guruhidagi bolalarni ilk bosqichlarda saralash va kasallikning rivojlanish ehtimolini oldindan bashorat qilish imkonini beradi, bu esa profilaktik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, kasallikning og‘ir kechishi va asoratlarini cheklash, bolalarning jismoniy va funksional rivojlanishini barqaror saqlash hamda uzoq muddatli salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur yondashuv asosida tashxis jarayonida ROC-tahlildan foydalanish diagnostik qaror qabul qilishning aniqligini oshirib, keraksiz va kam samarali tekshiruvlarni qisqartirish imkonini yaratadi, natijada statsionar davolanish hajmini kamaytirish va tibbiy xizmatlar xarajatlarini optimallashtirish orqali bir bemor hisobiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha 6850000 so‘m mablag‘ni tejashga erishiladi hamda sog‘liqni saqlash tizimida resurslar taqsimoti samaradorligi oshadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik-antropometrik, gormonal, instrumental va molekulyar-genetik taxlil natijalarini hisobga oluvchi, erta jinsiy rivojlanish turli shakllarini differensial diagnostika qilish imkonini beruvchi diagnostik algortimlar ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.X.Turakulov nomidagi RIEIATM ning ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 15 may 3-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda erta jinsiy rivojlanishni baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif bo‘yicha akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 09.06.2025 yildagi 43/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan hamda akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 03.07.2025 yildagi 29-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 16 fevraldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik-antropometrik, gormonal, instrumental va molekulyar-genetik ko‘rsatkichlarni kompleks hisobga olgan holda ishlab chiqilgan diagnostik algoritmlar erta jinsiy rivojlanishning turli shakllarini aniq va tez differensial tashxislash imkonini yaratadi, bu esa noto‘g‘ri tashxis qo‘yish holatlarini kamaytirish, davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash va ortiqcha yoki asossiz terapevtik aralashuvlarning oldini olishga xizmat qiladi, natijada bolalarda kasallikning kechishini nazorat qilish samaradorligi oshadi, asoratlar rivojlanish xavfi pasayadi va bemorlarning umumiy hayot sifati yaxshilanadi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 6850000 so‘m mablag‘lar taklif etilgan algoritm yordamida diagnostika taktikasini optimallashtirish va terapevtik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish natijasida iqtisod qilinadi.