Raxmatkarieva Gulchexra Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy televideniening sotsiomadaniy samaradorligi, badiiy resurslari va xususiyatlari”, 17.00.08–San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/San2.
Ilmiy rahbar: Xamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSs.27.06.2017.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Teshaboev Jo‘ra, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Ramazonova Shoira Rixsiboevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: televideniening san’at turi va audiovizual ommaviy axborot vositasi sifatida sotsiomadaniy samaradorligi, badiiy zaxiralarini ochib berishdan iborat .
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy media jarayonlarida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va uning strukturasidagi teleradiokanallarning mahsulotlarida sifat o‘zgarishlarining zaruratiga ko‘ra san’atshunoslik sharhlari, hujjatli materiallar ulushini ko‘paytirish dolzarblashayotgani asoslab berilgan;
televidenie janrlari ssenariy, sahnalashtirish va ijro madaniyatini qamrab olgan ijodiy ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq holda rivojlanishi dalillangan;
ma’lum tarixiy bosqichda mazmun va shakl ustida izlanishlar, texnika taraqqiyoti sababli telespektakl`, telefil`m, videofil`m, serial formatlari yuzaga kelgani isbotlangan;
milliy televidenieda badiiy axborotni yaratish, tarqatish, saqlash jarayonlari kommunikativ, estetik, rekreativ kabi ijtimoiy funksiyalar hamda ijodiy faoliyat bilan bog‘liq tarzda amalga oshishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi.
Milliy televideniening sotsiomadaniy samaradorligi, badiiy resurslari va xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy media jarayonlarida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va uning strukturasidagi teleradio kanallarning mahsulotlarida sifat o‘zgarishlariga ko‘ra san’atshunoslik sharhlari, hujjatli materiallar ulushini ko‘paytirish dolzarblashayotgani hamda milliy televidenie ijodiy resurslari haqidagi ma’lumotlar 2012–2015 yillarda amalga oshirilgan O‘zR FA San’atshunoslik institutining A-1-FA-0-19116 raqamli “Mustaqil O‘zbekiston kino san’ati: ijtimoiy funksiyalari va poetikasi” mavzuidagi davlat grantining amaliy loyihasi tadqiqotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 1 apreldagi 3/1255-1001-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalardan foydalanish O‘zbekiston kichik ekran san’ati tarixini o‘rganishda ahamiyatli bo‘lib, badiiy televidenie nazariyasiga oid bilimlarni kengayishiga xizmat qilgan;
televidenie janrlari ssenariy, sahnalashtirish va ijro madaniyatini qamrab olgan ijodiy ishlab chiqarish jaryoni bilan bog‘liq holda rivojlanishi dalillangan xulosadan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali (2019 y.) ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 01-12-03-1739-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish milliy televideniening audiovizual ommaviy axborot vositasi sifatida badiiy resurslar va xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
ma’lum tarixiy bosqichda mazmun va shakl ustida izlanishlar, texnika taraqqiyoti sababli telespektakl`, telefil`m, videofil`m, serial formatlari yuzaga kelgani isbotlangan xulosadan 2012–2015 yillarda amalga oshirilgan O‘zR FA San’atshunoslik institutining A-1-FA-0-19116 raqamli “Mustaqil O‘zbekiston kino san’ati: ijtimoiy funksiyalari va poetikasi” mavzuidagi davlat grantining amaliy loyihasi tadqiqotida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 1 apreldagi 3/1255-1001-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalardan foydalanish O‘zbekiston televideniesida janr-uslubiy izlanishlarni tahlil qilishda ahamiyatli bo‘lib, badiiy televidenie nazariyasiga oid bilimlarni kengayishiga xizmat qilgan;
milliy televidenieda badiiy axborotni yaratish, tarqatish, saqlash jarayonlari kommunikativ, estetik, rekreativ kabi ijtimoiy funksiyalar hamda ijodiy faoliyat bilan bog‘liq tarzda amalga oshishi aniqlangan xulosadan «Oilaviy» telekanalining «Perviy shag» loyihasida, uning studiyadan tashqari olingan ko‘rsatuvlarning maxsus sonlari ssenariysida va sahnalashtirish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradio kompaniyasi “Oilaviy” Davlat unitar korxonasining 2018 yil 26 apreldagi 39-39-641-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar teleefirning tarbiyaviy xususiyatlari oshishiga, bolalar auditoriyasini kengayib borishiga xizmat qilgan.